Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Tutning ildiz chirish kasalliklari
Download 65.5 Kb.
|
Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Tutning ildiz chirish kasalliklari. Bu kasalliklar Italiya, Yaponiya, Shimoliy Kavkaz, Kavkaz orti davlatlarida keng tarqalgan. Kasallik tufayli tut daraxti qurib qoladi. Kasallikning kelib chiqishida to‘rtta zamburug‘ qatnashadi: Armillaria mellea Quel -armillyarioz; xaltachali zamburug‘ Rosellinia necatrix (Hart) Berl va Mycelia sterilla (steril mitseliyli zamburug‘); aurikulyariyalar vakili Helicobasidium Mompa Jchikawa-"Mossino", Armillaria mellea Quel - armillyariozli ildiz chirish kasalligini keltirib chiqaruvchi plastinkalilar oilasi vakili hisoblanib, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya davlatlarida keng tarqalgan. Kasallik tufayli 20-60% daraxtlar qurib qoladi.
Kasallik bahor faslini oxirida aprel, may, iyun oylarida namoyon bo‘lib, kasallangan o‘simlik barglari so‘liydi, lekin tushib ketmaydi. Daraxt tuplari qo‘l bilan qimirlatilganda u oson chayqaladi va tupidan sinib ketadi. O‘simlik ildizining po‘stlog‘ini ostida zamburug‘ning mitseliysi qoplami hosil bo‘ladi. Plyonkalar qoplami oq rangda bo‘lib, yapoloq yelpig‘ichsimon, qalinligi 3- 5 mm ni tashkil qiladi. Mitseliy rangi jigar rangda ko‘rinadi. Zamburug‘ qalpoqchasi ildiz bo‘g‘zidan yuqoriga ko‘tarilib yoz faslini oxirida hosil bo‘ladi. Qalpoqchasining diametrya 3- 10 sm, tashqi tomonidan sarg‘ish, sur rangdagi tangachalar bilan qoplanadi. Zamburug‘ tuproq orasida bir biri bilan chalkashib ketgan rizomorflarni hosil qilib, to‘q jigar rangda qo‘rinadi. Kasallik zamburug‘ hosil qilgan rizomorflar vositasida tarqalib boshqa o‘simliklarni ham zararlashi mumkin. Kasallikning tarqalishida qalpoqchada hosil bo‘lgan sporalar rol o‘ynaydi. Zamburug‘ning rivojlanishi uchun optimal harorat 20 -25°С ni tashkil qilsa, maksimum 35°С, minumum 6°С ni tashkil kiladi. Zamburug‘ mitseliysi maksimum 26°S da, minumum 8°С da yomon rivojlansa, 17°С haroratda normal rivojlanadi. Zamburug‘ 60 % namlikda normal rivojlansa, namlik miqdori kamayganda yomon rivojlanadi. Namlik miqdori 20% da bo‘lganda 18 kun davomida saqlanganda mitseliy yana nam joyga qo‘yilgandi tezda rivojlangan. Namlik miqdori 40% dan kamayganda mitseliy hosil bo‘lishi to‘xtaydi. Zamburug‘ mitseliysining po‘stloq va ildiz -qoldiqlaridagi bo‘laklari bilan zararlantirilganda ikki oydan keyin kasallik belgilari hosil bo‘lgan. Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling