Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Download 65.5 Kb.
|
Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Po‘kak zamburug‘lari. Polyporeceae oilasiga mansub zamburug‘larning mevatanalari tut daraxti tanasining tashqi qismida uchburchak shaklidagi o‘simtalar shaklida hosil bo‘ladi. Zamburug‘ning mevatanasi daraxt tanasining ichida, po‘stloq ostida rivojlanib, mitseliy tarqalgan tuqimalar chiriy boshlaydi va daraxt butunlay qurib koladi. Bu kasallik Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonda keng tarqalgan bo‘lib, daraxtning trutovik zararlagan qismidagi tanasi chirib tushib keta boshlaydi va chuqurlar hosil bo‘ladi. Kasallik ayrim yillari 40% daraxtlarda tarqaladi.
Kasallik asosan shamol yordamida tarqalgan sporalarning daraxtlarning yaralari orqali kirib kelishidan hosil bo‘ladi. Bu sporalardan hosil bo‘lgan zamburug‘ mitseliysi daraxtlarning po‘stlog‘i ostida rivojlanib, hosil qilgan fermentlari vositasida daraxt tanasini parchalay boshlaydi va hosil bo‘lgan oziqa hisobiga oziqlanib, fitotoksinlar vositasida to‘qimalarni nobud qiladi. Kasallik tufayli kelib chiqadigan chirishlar rangiga qarab ularni oq chirish va qo‘ng‘ir chirish turlariga bo‘linadi. Zamburug‘ mitseliysining kirib borgan joylarida yuzaga keladigan chirishlar daraxtlarning o‘zagida, yog‘ochlik qismida va po‘stloq ostida hosil bo‘lishi mumkin. Tutning trutoviklar bilan kasallanishida quyidagi turlar qatnashadi: Polyporus hispidus Fr., Fomes fomentarius (L) Gill. Zamburug‘ning Polyporus hispidus Fr., turi tutda jigar rangdagi yoki qo‘ng‘ir chirishni keltirib chiqaradi. Zamburug‘ning mevatanasi bir yillik bo‘lib, shakli yostiqsimon yoki tuyoqsimon bo‘lib, o‘lchami 10- 30 sm uzunlikda. Zamburug‘ qalpog‘ining ustki qismi to‘q jigar rangda bo‘lib, tuklar bilan qoplangan. Mevatananing tanasi jigar rangda bo‘lib, tolalari nursimon, naylari uzun, sariq rangda, kuzga borib qizg‘ish jigar rangga kiradi. Zamburug‘ silliq, jigar rangdagi sporalarni hosil qiladi. Sporalarning o‘lchami 6-12x5-7 mkm ni tashkil qiladi. Zamburug‘ tutning o‘zagini chiritib, chirigan to‘qimalar sarg‘ish oq rangda ko‘rinadi. Zamburug‘ning Fomes fomentarius (L) Gill turi tutda oddiy chirishni keltirib chiqaradi. Zamburug‘ning mevatanasi ko‘p yillik bo‘lib, shakli tuyoqsimon bo‘lib, o‘lchami 5-30 sm uzunlikda, 5-10 sm qalinlikda bo‘ladi. Zamburug‘ qalpog‘ining ustki qismi baxmalsimon, ko‘ndalang pushtalar hosil qilib, to‘q qo‘ng‘ir rangda bo‘lib, yuzasi g‘adir budir. Mevatananing ichki tanasi jigar rangda bo‘lib, tolalari nursimon, naylari qisqa. Zamburug‘ uzunchoq ellipssimon, och jigar rangdagi sporalarni hosil qiladi. Sporalarning o‘lchami 14-124 x 5-8 mkm ni tashkil qiladi. Zamburug‘ tutning tanasini chiritib, chirigan to‘qimalar sarg‘ish oq rangda ko‘rinadi. Kasallikka qarshi kurashish uchun amalga oshiriladigan tadbirlar qatoriga agrotexnik, profilaktik tadbirlarni kiritish mumkin. Kasallik asosan zararlangan to‘qimalar orqali o‘simlikka kirib kelgani uchun daraxt tanasini chorva mollari tomonidan zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Daraxtlarning qurigan shoxlarini o‘z vaqgida yig‘ishtirib olib tashlash kerak. Qurib qolgan daraxtlarni tezda yig‘ishtirib olib tashlash kerak. Kasallik belgilari paydo bo‘lgan darxtlardagi trutovik tanasini yoshligida olib tashlab, o‘rnini (1:100 ) formalin bilan yuvib, shpaklevka bilan surkab qo‘yish kerak. Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling