Tutash muhit meхanikasining umumiy хarakteristikasi. Asоsiy gipоtezalar


MASSA VA ZICHLIK.EYLER KOORDINATALARIDA MASSANING SAQLANISH QОNUNI


Download 1 Mb.
bet18/30
Sana05.01.2022
Hajmi1 Mb.
#219807
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
TUTASH MUHIT MEХANIKASINING UMUMIY

MASSA VA ZICHLIK.EYLER KOORDINATALARIDA MASSANING SAQLANISH QОNUNI

Ixtiyoriy koordinatalar sistemasi va istalgan vaqt uchun individual ajratilgan tutash muhit massasi o’zgarmasdir - bu massaning saqlanish qonunidir. Albatta, absolut qattiq jism uchun massaning saqlanish qonuni deformatsiyalanish xossasiga ega bo’lgan tutash muhit massasining saqlanish qonunidan hosil qilish mumkin: buning uchun harakat jarayonida individual hajm va uning ixtiyoriy bo’laklarini o’z ichiga olgan moddiy jismlar ham o’zgarmasligi kerak.

Agar individual hajmdagi massani desak,

yoki

tenglamalarni yoza olamiz.



Tutash muhit biror vaqtda hajmda massaga ega deylik. U holda shu moment uchun , ya’ni o’rtacha zichlikni kiritish mumkin:

Tutash muhit egallagan hajmning bo’lagi sifatida hajm yetarli darajada kichik qilib olinsa, har bir hajmdagi o’rtacha zichlik turlicha bo’lishi mumkin va bu miqdor muhit massasining o’zi egallagan hajm bo’ylab qanday taqsimlanganligini o’rtacha xarakterlaydi. Haqiqiy zichlik quyidagicha aniqlanadi:



.

Cheksiz kichik hajmdagi muhit uchun deb yozish mumkin. Agar muhit hajmni egallasa, uning massasini, ravshanki, quyidagicha hisoblash mumkin:



O’zgaruvchan hajm bo’yicha olingan integralni hisoblash formulasidan foydalanib, massaning saqlanish qonunini yoza olamiz:



Yozilgan formula har bir individual hajm uchun o’rinli bo’lganligidan:



yoki baribir



Bu tenglama Eyler koordinatalarida yozilgan massaning saqlanish qonuni tenglamasi yoki uzluksizlik tenglamasi deyiladi.

Massaning saqlanish qonunining quyidagi xususiy hollarini ko’raylik.


  1. Zichlik maydoni vaqtga bog’liq bo’lmagan hol:

.

2. bo’lgan hol:



.

Bundan ixtiyoriy koordinata sistemasida



bo’ladi. Bu tenglama siqilmaydigan tutash muhit uchun massaning saqlanish qonuni yoki uzluksizlik tenglamasi deyiladi.




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling