Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat
Download 153.21 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorug’lik
Tashqi muhit deganda biz yorug’lik, issiqlik, namlik, tuproq va havodan iborat faktorlarni tushunamiz. Ana shu omillar yetarli bo’lsa, o’simlik yaxshi o’sadi va rivojlanadi. Aksincha, shu omillardan birortasi o’simlikning talabini qondira olmasa, o’sishdan to’xtaydi va ko’rib qoladi yoki tabiatini o’zgartirib, tashqi muxitga moslashishga majbur bo’ladi.
Agrobiologiya fanining ma’lumotiga asoslanib aytish mumkinki, tashqi muhitning barcha omillari o’simlik hayotiga baravar ta’sir etadi, ammo biri ikkinchisining o’rnini almashtira olmaydi. Masalan, issiqlik yorug’likning o’rnini bosa olmaydi. Lekin issiqlik vaqtincha yetishmay qolgan taqdirda o’simlik yorug’likni ko’proq talab qiladi. Demak, o’simlik organizm uchun zarur bo’lgan tashqi muxit omillari bir- biridan ajralmasdir. Tut daraxtlarinig aksariyat qismi O’zbekistonning pillachilik mintaqa rayonlaridagi eskidan sug’orib kelinayotgan yerlarda o’sadi. Shu sababli sug’oriladigan yerlarda namlikning yetarli bo’lishi katta ahamiyatga egadir. Tuproqda namlik yetish-masa tutning o’sishi sekinlashadi, barg hosili va bargdagi oqsil modda kamayadi, dag’allashadi, uning oziqlik sifati pasayadi. Me’yordan ortiq sug’orilgan va botqoq yerlardagi tutlar kam yomon o’sadi. Tutning normal o’sishi uchun suv uning yoshiga va naviga, ekish qalinligi hamda Shakl berilishiga, tuproq xususiyatiga, bargli novdalarini kesish miqdoriga qarab belgilanishi lozim. Tut daraxtiga ta’sir qiladigan asosiy tashqi muxit omillari bilan alohida - alohida tanishib chiqamiz. Yorug’lik yashil bargli o’simliklar, shu jumladan tut daraxtining xayoti uchun zarur bo’lgan eng muxim omillardan biri bo’lib, fotosintez uchun energiya manbai xisoblanadi. Yorug’lik o’simlikning o’sishiga anatomik tuzilishiga, bug’lanishiga va mineral moddalar bilan oziqlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatib, yorug’lik bosqichini o’tishiga xam yordam beradi. Issiqlik - o’simlik xayotida asosiy omillardan biri xisoblanib, Uning o’sishi, rivojlanishi va xosilni oshishida aktiv rol o’ynaydi. Tuproq va xavo xarorati mo’tadil darajada bo’lsagina o’simlikda xar xil fiziologik va bioximik jarayonlar kerakli me’yorda o’tadi. Boshqa o’simlik kabi tut daraxtida xam talabga mos keladigan xarorat bo’lgandagina xar xil jarayonlar optimal darajada ro’y beradi. Masalan, tut urug’inig unishi rivojlanish va o’sish fenofazasi fotosintez, suvning bug’lanishi gullarnig ochilishi, mevalarning yetilishi, barg, tana va ildizda oziq moddalarning to’planishi uchun xar xil issiqlik talab qilinadi. Tut tez o’sib, mo’l va sifatli barg hosili berishi uchun mintaqada iliq kunlar ko’p bo’lishi kerak. Tut daraxtiga issiq havo (garmsel) ayniqsa yomon ta’sir qiladi. Issiq shamollar O’zbekistonning ayirim viloyatlari va Tojikistonning Vaxsh vodiysida ko’p bo’lib turadi. Ayrim yillarda garmsel ta’sirida tut barglari va xatto novdalari ko’rib qoladi, natijada kelgusi yil barg hosili juda kamayib ketadi. Ba’zan quyosh nurlari ta’siridan yosh tutlarning tanasi po’kaklashib, keyinchalik daraxt butunlay ko’rib qoladi. Ularni garmseldan saqlash uchun tutzorlarning atrofiga bir necha qator qilib ixota daraxtlar o’tkazish zarur. Ixota daraxtlar issiq shamolni to’sish bilan birga, tuproqdagi namlikning bug’lani-shini kamaytiradi. Tut daraxtlarining tanasi oxak bilan oqlash kerak. Bu tananing oftob urishidan saqlaydi. Tutning normal o’sishida tuproqning xarorati ham ma’lum darajada bo’lishi kerak. Chunki tut ildizlarida suv kelib turishi, ildizlarning mineral moddalar bilan oziqlanishi, o’sishi, nafas olishi va x.k. lar. tuproqning xaroratiga bog’liqdir. Tuproqning xarorati 5-6 C bo’lgan da tut ildizida shira xarakati boshlanadi. Tuproq issiqligi 20-27 C ga yetganda tutning ildizi juda yaxshi o’sa boshlaydi. Shuni xam aytish kerakki, tuproq xarorati turli chuqurlikda turlicha bo’ladi. Tuproqning yuza qatlamida xarorat keskin o’zgarib turadi. Download 153.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling