Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


Download 153.21 Kb.
bet17/37
Sana22.04.2023
Hajmi153.21 Kb.
#1379459
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Birinchi xil tutlar asosan yo’l, zovur (kanal), ariq yokalariga, shuningdek paxtazor yoki boshqa ekin maydonlarining atrofiga bir yoki ikki - uch qatorlab ekiladi. Albatta ikki yoki uch qator qilib ekiladigan bo’lsa, tutlarga shakl berishda tanasini pakanalashtiradi. Bu xildagi qatorlab ekilgan tutlar xozirgi paytda Respublikada 75-80% ni tashkil etadi.
Ikkinchi xilga aloxida katta maydonlar ajratilib baland va buta tutzorlar tashkil etadi. Bunday maydonlarning kattaligi bir gektardan 10 gektargacha bo’lishi mumkin. Bu xildagi tutzorlar respublikamizda 20-25% ni tashkil etadi xolos. Agarda pillachiligi rivojlangan Xitoy, Xindiston, Yaponiya mamlakatlarini misol qilib oladigan bo’lsak, ularda 100% bu xildagi tutzorlar, shu bilan birga 100% navdor tutlardan tashkil topgan. Bizda bu ko’rsatgich ya’ni navdor tutzorlar atigi 1-2% ni tashkil qiladi.
Uchinchi xilga tut daraxtini boshqa daraxtlar bilan ixota uchun ekiladi. Shuningdek shaxarlarda manzara uchun xam ekiladi.
Tut tanasining past balandligiga qarab uch guruxga bo’linadi.
Birinchi guruxga tanasining ildiz bug’izidan shox-shabbasigacha balandligi 1,0-1,2 m bo’lgan tut daraxtlari kiradi.
Ikkinchi gurux-tanasining ildiz bug’izidan shox shabbachasigacha bo’lgan balandligi 0,5-0,7 m bo’lgan buta tut daraxtlari.
Uchinchi gurux tanasining ildiz bug’izidan shox shabbachasigacha balandligi 0,3 m dan past bo’lgan buta tutlar.
Tut daraxtini yo’l, kanallar, xamda ariq buylariga bir qatorlab ekilganida, albatta baquvvat ikki yillik tanasining ildiz bug’izidan shox-shabbachasigacha bo’lgan balandligi 120 sm kam bo’lmagan ko’chatlar ekilishi shart. Agarda bu aytilgandan past bo’lsa, hali yosh ulFayib ulgurmagan daraxtlarni uy xdyvonlari yeb kuritadi. Ana shunday hodisalar respublikamizda juda ko’p.
Ko’chatning tanasi 120 sm bo’lsa, uning uchta shoxi 40-50 sm bo’ladi, natijada daraxtning barg qismi 160-170 sm joylashadi, bunday tut daraxtlarini mol yeb yo’q qila olmaydi.
Qatorlab ekiladigan tutlarning oralig’i 2,5-3 metrdan kam bo’lmasligi, ekiladigan joyning chuqurligi 50 sm, kengligi 70 sm bo’lishi kerak. Ekilayotgan vaqtda ko’chat ildizining uchi va lat yegan qismi o’tkir pichok yoki bog’ qaychi bilan qirqiladi. Ko’chat chuqo’rni
o’rtasiga o’tkazilib avval tuproqning yuza qismi, so’ngra tagidan olingan qismi ko’miladi. Tuproq ko’chat ildiz bug’izidan kuzda 4-5 sm, bahorda 2-3 sm yuqorida bo’lgan ida yaxshi bo’ladi. Agar ko’chatlar bahorda ekilsa darxol suv berilishi kerak. Ko’chatlar yaxshi ko’qarib ketguncha tez-tez suv qo’yiladi. Birinchi yili 7-9 marta suv, 3 marta yumshatilib, 2 marta mineral o’g’itlar bilan oziqlantiriladi.
Baland tanali tutzorlar barpo etishda yer tanlashga katta e’tibor berish kerak. Chunki tutning navi qanchalik yaxshi bo’lmasin tuprog’i shur, yer osti ustlari yaqin, tuproq unumdorligi yomon toshli bo’lgan yerlarda barg hosili kam va sifati yomon bo’ladi.
Shuning uchun (yer ostki) sizot suvlari kamida 1 m dan pastda bo’lishi shurlanmagan yoki juda kam shurlangan va sug’orish uchun qulay bo’lgan joylarda tutzorlar barpo etsa tezda rivojlanib ipak qurti uchun tuyimli barg olish mumkin.
Baland tanali tutlar orasi 4x4 m yoki 5x5 m qilib ekilishi kerak, agarda 3x3 m, 3x4 m qilib ekilsa, u xolda quyosh tushishi kam, demak yorug’lik kam va xavo yurishi yomon bo’lishi natijasida barg sifati va hosili kamayadi.
Ko’chatlar uchun yer yakka qator tutlari kovlangandek bo’lib, ekishda ko’chat ekish taxtasidan foydalanilsa to’g’ri bo’ladi. Qazishda «Belarus» traktoriga osiladigan KPYa-100 chuqur qazigichdan foydalanish mumkin.
Baland tanali tutzorga ham ikki yillik baquvvat ko’chatlar ekilishi kerak. Tutlar ekilib bulgach juyaklar olib darhol birinchi suv beriladi.
Mavsum davomida ikki marta mineral o’g’itlar gektariga N 20, R60-90 K30 kg beriladi, 3-4 marta traktor bilan oralig’i yumshatilib, daraxt atrofi ketmon bilan 10-15 sm chuqurlikda ag’dariladi, 7-9 marta sug’oriladi.
Baland tanali tutlar ekilgan yildan boshlab 3 yil davomida shakl berib borish mumkin, ko’pincha adabiyotlarda tutlarga bargidan foydalanish vaqtidan boshlab shakl berib borish kerak degan fikrlar aytiladi. Lekin, juda ko’p holda 95-98 % tutlarga hech qanday shakl berilmaydi, sababi ipak qurtini boqish davrida vaqt yetishmaydi, so’ngra barg qirquvchini o’zi bilmaydi, nechta novda va qancha balandlikda qoldirib qirqishni, shuning uchun eng yaxshisi yakka qator qilib baland tanali tutzorlardagi tutlarni ekilgandan boshlab shakl berish kerak, ana shunda olti kallakli 2 yarusli, 12 kallakli 3 yarusli tutlar o’stirish mumkin.
Bunday shakl berilgan tutlar kuchli bo’ladi, kasallanmaydi, barg xosili sifatli va mo’l bo’ladi.
Demak birinchi yoki ikkinchi yili 3 ta shoxda 2 tadan novda qoldirib, qolganini yo’lib olib ipak qurti uchun foydalaniladi, kelgusi yili bunday tutlarni shu xolatda qoldirilsa, 6 kallakli bo’ladi, agar yana shakl berish davom ettirilsa 6 ta novda yana 2 tadan baquvvat o’sgani qoldirilsa 3 yarusli 12 kallakli tut bo’ladi. Hozirgi paytda respublikamizda shakl berilgan tutlar qancha bor desa, biron kishi aniq ayta olmaydi, xar bir viloyatda barmoq bilan sanay oladigan darajada mavjud. Demak, tutlarga shakl berishni xar bir xo’jalikda 1 yoki 2 ta kishi shuFullansa yetarli.

Download 153.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling