Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat
Download 153.21 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-mavzu: Ipak qurtining kasalliklari va zararkunandalari -4 soat.
Tayanch iboralar: Seleksiya, naslchilik, urug’chilik, naslli ipak qurtlari, monovoltin, bivoltin, polivoltin, papilonaj, aborigen zotlar.
Seleksiya - tanlash va chatishtirish yo’li bilan o’simliklar navini, hayvonlar zotini yaxshilash, yangi zot va duragaylar yaratishdir. Xayvonot dunyosi qism, tip, sinf turkum, avlod, tur va zotlarga bo’linadi. Tut ipak qurti umurtqasiz hayvonlar qismiga, bo’g’imoyoqlilar tipiga, hasharotlar sinfiga, tangacha qanotlilar yoki kapalaklar turkumiga, pillakashlar oilasiga, xaqiqiy ipak qurtlar avlodiga va tut ipak qurtiga munosib bo’lib, uning 300ga yaqin zoti voltin, bivoltin va polivltin zotlar. Monovoltin zotlar bir yilda bir marta; bivoltin zotlar o’z vatanida (Janubiy Xitoy, Yaponiya) tabiiy sharoitda ikki marta; polivoltin zotlar esa bir yildan uchtadan yettitagacha avlod beradi. Lekin bivoltin zotlarning tuxumini xarorat +15 - +16S, namlik 60-70% bo’lib, qorong’ulikda jonlantirilsa kapalaklari uz-o’zidan diapauzasiz jonlanadigan tuxum (urug’) quyishi mumkin. Agar 25-26S, 80-85 namlikda 68 soat davomida yorug’likda jonlantirilsa, kapalaklari qishlovchi tuxum qo’yadi. Polivoltin zotlarning yilda avlod berish miqdori ona tuxumining jonlantirish harorati va asosan qurtning boqish sharoiti uamda G’umbakning rivojlanish sharoitiga bog’liq. Monovoltin zotlari hamma rivojlanish davrida tuxumdan kapalakkacha yirik bo’ladi, qurtlik davri 30-35 kun davom etadi, turli xil kasalliklarga tez chalinadi, noqulay ekologik sharoitlarga chidamsiz. Polivotin zotlari esa tez yetiladi, qurtlik davri 20-23 kun davom etadi, pillalari kichik ipak miqdori kam (8-9%). Yuqori harorat va yuqumli kasalliklarga chidamli. Bivoltin zotlari hamma biologik va xo’jalik ko’rsatgichlari bo’yicha monovoltin va polivoltin zotlarning oralig’ida turadi. Ular noqulay ekologik sharoitlarga va yuqumli kasalliklarga chidamli, tezpishar hamda hayotchanligi yuqori. Shuning uchun yuqori ko’rsatgichlarga ega bo’lgan oq pillali zotlarning yaratishda duragaylash usulidan foydalaniladi. Hozirgi tut ipak qurtlarining zotlari ikki guruxga bo’linadi. 1.Eski aborigen zotlar, bular xalq seleksiyasi natijasida bunyod bo’lgan . 2.Yangi zotlar, ilmiy seleksiya yullarini bir necha yillar davomida qo’llash natijasida yaratilgan. Aborigen zotlar guruxining pillalari turli xil sariq , ko’k, qizg’ish va boshqa ranglarda bo’ladi. O’ziga xos xususiyati ularning ipakchanligi past - 14 - 16%. Bularga xamma eski mono, bi-va polivoltin zotlar kiradi. O’zining kelib chiqishi bo’yicha eski monovoltin zotlar Xitoy, Yaponiya, Koreya, Garbiy Yevropa, Kichik va O’rta Osiyo, Kavkaz guruxlariga bo’linadi. Eski bivoltin zotlar Xitoy va Yaponiya, polivoltin zotlar esa Xitoy va Hind guruxlariga bo’linadi. Respublikamizda tumanlashtirilgan duragaylar va ularning tarkibiga kiruvchi zotlar ipakchilikda amaliy qo’llash uchun ko’paytirish naslchilik ishlari deb ataladi. Naslchilik ishlari asosan naslchilik ishlaridan maqsad ipak qurtlarining mavjud zotlarini yaxshilash, nasldor elita zotlar yaratish va ko’paytirish va sermaxsul duragaylarning birinchi avlodini olishdir. Naslchilik ishlari quyidagi kompleks ishlarini o’z ichiga oladi. Ipak qurtlarining yangi zotlarini yaratish va mavjud zotlarni tubdan yaxshilash, eng maxsuldorlarning birinchi avlodini olish maqsadida chatishtiriladigan zotlarni tanlash, yangi yaratilgan duragaylarni tanlov sinovidan o’tkazish. Yangi yaratilgan zotlar va duragaylarni davlat tanlov sinovi xamda ishlab chiqarish sinovidan o’tkazib, tumanlashtirilgan ipak qurti zotlariga takkoslab kurib va bu sinovlar yakuniga asoslanib, ipak qurtining yangi zotlari xamda duragaylarini respublikamizning xar xil iqlim zonasida tumanlashtirish. Ipak qurti maxsuldor zotlarini ko’paytirish (urchitish) va ularni xo’jalik axamiyatiga ega bo’lgan xossalarini saqlab qolish, shuningdek, zotlarni qisman yaxshilashdir, bu esa qurt urug’i tayyorlaydigan zavodlarni a’lo sifatli, sermaxsul nasldor zot uruglari bilan ta’minlash imkoniyatini tugdiradi. Bu ish bilan ko’pincha ipak qurtlarining nasldor zotlarini yetishtiradigan ipakchilik stansiyalari, ba’zi respublikalarda esa qurt urug’i tayyorlaydigan zavodlarning tegishli sexlari shugullanadi. Elita zotiga munosib ipak qurtlarini boqish, ipak qurti zotlarini chatishtirib, tamanlashtirilgan nasldor duragaylar olish uchun gumbagi tirik pillalarni ko’plab tanlash. Bu ishlar bilan urug’ tayyorlaydigan zavodlar shugullanadi. Ipak qurti urug’ini tayyorlashda urug’ zavodlari quyidagi ishlarni bajaradi: naslchilik xo’jaliklarida elita uruglaridan ochilgan qurtlarni boqishni tashkil etish, yuqori sifatli tirik pillalarni qurt urug’i tayyorlaydigan zavodlarga junatish, zavodda pillalarni sarxilash, ularning turli kasalliklar bilan zararlangan - zararlanmaganligini tekshirish, tirik pillalarni jinsga ajratish, pillalardan kapalaklarni chiqarish, ularni chatishtirish, urug’ini olish, soglom uruglarni tanlab olish maqsadida kapalaklarning kasalliklarga chalingan - chalinmaganligini mikroskopda tekshirish, yuqori ko’rsatgichlarga ega bo’lgan urug’larni tanlab olish, tozalash, yuvish, saralash va xo’jaliklarga tarqatilgungaqadar saqlash. Qurt boqish agrotexnikasi ipagi sanoat uchun muljallangan qurtlarning boqish agrotexnikasiga (ipak qurtini boqish agrotexnikasi bobi) uxshash, farqi qurt boqish maydoni bir quti qurt uchun beshinchi yoshida kamida 70m , tabiiy dastalar soni 400, sun’iy dastalar 200-250 dona, xavoning xarorati 24-25S, nisbiy namligi 60-70% bulmoFi lozim. Qurtlar yalpi pilla urashga kirishganining 7-8 kuni pillalar teriladi, bunda pilla ichidagi qurt to’la G’umbakka aylangan bo’lishi shart. Pilladan kapalak chiqarish, ularni juftlashtirish, ajratish va urug’ (tuxum) olish jarayonlari papilonaj deb ataladi. (papul - kapalak, anas - kapalaklar bilan ishlash ma’nosini bildiradi). Zavodda papilonaj davrida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: Papilonaj inventarlarini joylashtirish va pillalardan kapalaklar chiqishi uchun qulay sharoit yaratib berish. Pilladan chikka kapalaklarni kuzatish, terib olish, juftlashtirish. Juftlashgan kapalaklarni ajratish (urg’ochisini erkagidan ajratish, erkaklarini qayta juftlashga saqlash). Urtochi otalangan kapalaklarni aloxdda-aloxdda qilib pergament xaltachalariga solish va saqlash. Mikroskopda tekshirish uchun kapalaklardan o’rtacha namuna olish. Tuxum (urug) tayyorlash va saqlash. Muhokama uchun savollar: Ipak qurti seleksiyasining asosiy vazifalari nimalardan iborat? Ipak qurti naslchiligini qanday tushunasiz? Naslli qurtlarni boqish xususiyatlarini va papilonajni ayting. 15-mavzu: Ipak qurtining kasalliklari va zararkunandalari -4 soat. Reja: Kasalliklarni tug’diruvchi mikroorganizmlar xaqida tushuncha. Ipak qurtining bakterial, virus va zamburug’ kasalliklari. Ipak qurtining zararkunandalari va ularga qarshi kurash chora- tadbirlari. Download 153.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling