Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat
-mavzu:Tut ipak qurtining morfologiyasi, anatomiyasi va fiziologiyasi - 2 soat
Download 153.21 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua
9-mavzu:Tut ipak qurtining morfologiyasi, anatomiyasi va fiziologiyasi - 2 soat.
Reja: Tut ipak qurtining morfologik tuzilishi. Tut ipak qurtining anatomik tuzilishi. Tut ipak qurti fiziologiyasi (ovqat xazm qilishi, nafas olishi, qon aylanishi, nerv sistemasi, ipak chiqaruvchi bezlarning faoliyati). Tayanch iboralar: Ipak qurti morfologiyasi, ichki tuzilishi, metamorfozlar, qurt, g’umbak, kapalak, urug’, rivojlanish davri, bosh qismi, ko’krak qismi, qorin qismi, po’sti, muskullari, ichaklari,nerv sistemasi,nafas olishi, qon aylanishi, ipak chiqaruvchi bezlar, ipak yo’li, pilla. Morfologiya - tananing tashqi xamda ichki tuzilishini o’rganadi. Tut ipak qurtida xam tangacha qanotli kapalaklar turkimining vakillariga o’xshash, lichinkalik davri mavjud. Bu davrda u o’sadi, rivojlanadi va keyingi rivojlanish davrlari uchun zapas oziq yotadi. Chunki tut ipak qurtlari faqat lichinkalik davrida oziqlanadi. Bu davrda jinsiy organlari shakllanadi va ularda jinsiy xujayralar G’umbaklik davriga kelib to’liq rivojlanib shakllanadi. Tut ipak qurtining morfologik belgilari beshinchi yoshda to’liq shakllanadi. Tanasi cho’zinchoq, silindrik shaklda, qorin tomoni biroz yassiroq, yelka tomoni esa yarim oy shaklida - yumalok, bo’rtib chiqqan bo’ladi. Qurt tanasi uch- bosh, ko’krak va qorin qismlaridan iborat. Boshi katta emas, yarim yumaloq-no’xatning yarim pallasiga o’xshash, qo’ng’ir jigar rangda (5 yoshda). Bosh qismida bir muncha qattiq-xitin modda xosil bo’lgan bo’lib, ikki bo’lma bir-biriga xarakatsiz birikkan. Qurtning bosh qismi mayda tukchalar bilan qoplangan. Boshining ustki qismida ko’z, mo’ylov, og’iz apparati va ipak ajratish naychasi joylashgan. Boshning ikki yon tomonida btadan 12 ta oddiy ko’zchalari bo’ladi. Ipak qurtining ko’krak va qorin kisimlari bo’g’imlaridan tuzilgan. Ko’krak qismi nisbatan kalta, 3 ta bo’g’imdan iborat: Bo’g’im chegarasi faqat qorin tomondan ko’rinib, birinchi ko’krak bo’g’imi boshi bilan yumshoq keng biriktiruvchi parda orqali birikkan. Xar bir ko’kragining ostki tomonidan bir juftdan oyog’lari joylashgan bo’lib, ularning xar biri o’z navbatida uch bo’g’imdan iborat. Bu oyoqchalar tuklar bilan qoplangan, oxirgi bo’g’im qattiq tirnoq bilan tugaydi. Bu oyoqlar «xaqiqiy oyoqlar» deb aytiladi. Chunki ular kapalaklik davrida xam saqlanib qoladi. Ko’krak oyoqlari asosan qurtlar oziqlanayotganda bargni tutib turish uchun xizmat qiladi. Ko’krak bo’g’imlarining orqa va yon tomonidan teri yirik burmalar hosil qiladi, bular ostida kapalak qanotning boshlang’ich murtaklari joylashgan. Ko’krak bo’g’imining har bir yon tomonida oval shaklida qora dog’ ko’rinishidagi bittadan nafas teshigi bor. Qorin -ipak qurti tanasining bir muncha uzun qismi bo’lib, tananing oltidan besh qismini tashkil etib, 9 ta bo’g’imdan iborat. qorinning birinchi bo’g’imi ko’krakning keyingi uchi bilan harakatsiz birikan ikkinchi va uchinchi bo’g’imlar eng katta bo’g’imlardir. Keyingi bo’g’imlar asta-sekin kichiklashib va yassilashib boradi. Umuman qurtning tana qismi (unda ovqat hazm qilish sistemasi joylashgan) gavda bo’shlig’ining katta qismini tashkil qiladi. Shuning uchun gavdasining tashqi ko’rinishi va ba’zi qismining katta kichikligiga ovqat hazm qilish sistemasining kundalang tuzilishiga bog’liq. Hashorotlarning teri qoplami ularning mexanik va kimyoviy ta’sirlardan kimoya qiladi va tashqi skelet vazifasini bajaradi. Terining ichki tomonida muskullar joylashgan bo’lib, ular kasharotni maxkam tutib turadi. Umurtqali hayvonlarning organizmi skeleti bilan birga o’sib rivojlanadi, kasharotlarda esa teri qoplamini deyarli o’zgarmaydi, chunki kutikula chuzilmaydi. Shuning uchun organizm o’sib rivojlangan sari vaqti vaqti bilan hasharot eski terisini tashlaydi va yangi teri o’sib chiqadi. Tut ipak qurti lichinkali davrida 4 marotaba po’st tashlaydi. 5- po’st tashlash lichinkani G’umbakka o’tish davrida va 6-po’st tashlash esa G’umbakda kapalakka aylanish davrida, ya’ni pilla ichida sodir bo’ladi. Ipak qurtining xar bir po’st tashlash davri qurtning yoshi deb aytilib, u besh yoshdan iborat. Ipak qurtining teri qoplami 3 ta asosiy: kutikula gipoderma va bazal membrana qatlamidan iborat. Hashorotlarda kutikula yoki po’st- terining ustki qatlami bo’lib, gipodermanmng maksuli hisoblanadi va u hujayraviy tuzilishga ega emas. Kutikula kam o’z navbatida uchta qavat: tashqi - epikutikula, o’rta-ekzokutikula va ostki- endokutikuladan iborat. Epikutikula juda yupqa, yog’simon aralashma va mumsimon moddalar- kutikulindan iborat bo’lib, qurtni tashqi ta’sirlardan saqlaydi. U suv o’tkazmaydi, kislota va ishqor eritmalaridan ta’sirlanmaydi. Shuningdek bir muncha cho’zilish imkoniga ega. Ekzokutikula biroz qalin bo’lib, kutikulin, melonin vaxitin moddalardan tuzilgan. Bu qavatning tarkibi uning bir muncha mustahkam va qattiq bo’lishini ta’minlab, tananing mexanik asosi vazifasini bajaradi. Endokutikula qalin, mustahkam bo’lib, asosan erimaydigan oqsil moddalar aralashgan xitindan iborat. Kutikula ostki qavatining tagida tirik hujayralar qavati-gipoderma yotadi. Bu hujayralar qavati kitikula qavatlarini hosil qiladigan moddalar ishlab chiqaradi. Gipoderma ostida 15 juft po’st tashlash bezlari joylashgan bo’lib, ular ko’krak bo’g’imlarining xar birida va qorinnning sakkizinchi bo’g’imida 2 juftdan, qorinning oldingi yettita bo’g’imida bir juftdan joylashgan. G’umbaklarda bu bezlar biroz kam, chunki oxirgi ikki juft bezlari butunlay yo'qolgan. Kapalaklarda esa po’st tashlash bezlari bo’lmaydi. Po’st tashlatish bezlari suyuklik ajratuvchi naychalar orqali kutikula ostiga ochilib, shu joydan yangi terini xosil qiladi. Bazal membrana qatlami qurtning gavda bo’shlig’ida gipoderma ostida yupqa parda shaklida joylashgan. Yangi teri xosil bo’lishda dastlab yupqa yuqorigi qavat, so’ngra o’rta qavat xosil qiladi. Po’st tashlash suyo’qligi bo’yin nayidan o’tib, yangi xosil bo’lgan yuqorigi qavat bilan eski terining ostki qavati o’rtasidagi bushlikni to’ldiradi. Natijada muskullar va kon bosimi ta’sirida ko’krak bo’g’imlarining orqa tomonidan eski teri yoriladi. Qurt po’st tashlash oldidan ipak tolalari yordamida qorin oyoqlarini o’zi turgan novda yoki bargga yopishtiradi, po’st yorilgandan keyin eski teri ichidan asta sekin o’rmalab chiqadi. Yangi po’stning yuzasi tezda quriydi va kotib qoladi. Shu bilan po’st tashlash jarayoni tugaydi. Tut ipak qurtining o’sishi faqat gavdasining kattaligi bilangina emas, tana bo’laklarining nisbati tukchalarining o’siqligi, yolg’on oyoq tovonidagi ilgakchalarining soni, jag’laridagi tishchalarining soni va rangining o’zgarishi bilan ham aniqlandi. Bosh kapsulasi, xar bir po’st tashlanganda keyin 1,5 barobar kattalashadi, lekin gavdasiga nisbatan kichik bo’ladi. Birinchi yoshda qurtning teri bo’rtikchalarida 2 tadan 4 tagacha zich tukchalar joylashgan. Ikkinchi yoshidan boshlab, faqat yon chizig’ining pastki tomonidan tillasimon tukchalar saqlanib qoladi. Ipak qurtining rangi xam ular o’sgan sari o’zgarib boradi. Birinchi yoshida boshi yaltiroq qora tusda, tanasi gilamsimon xoshiyali qoramtir to’q jigar rangda bo’ladi. Ikkinchi yoshida ayniqsa ko’krak qismi oqarib boradi, lekin tanasidagi gilamsimon dog’lari saqlanib qoladi va xatto birmuncha ravshanlashadi. Tukli bo’rtiklar yo’qolib ketadi, lekin tanasida kuz bilan ko’rib bo’lmaydigan kalta, ingichka tuklar bilan qoplangan bo’ladi. Uchinchi yoshida qurtning rangi xam yana oqaradi va qurtning doimiy rangi xosil bo’ladi. Ipak qurtlari asosan oddiy: zebrasimon, gilamsimon, ko’p oysimon, baxmalsimon va oq rangli bo’ladi. Bundan tashqari tabiatda kul rang sarg’ish, kukish-yashil va boshqa ranglardagi qurtlar xam uchraydi. Qurt tanasining odatdagi rangi oq bo’lib, ikkinchi va beshinchi bo’g’imlarida ikki juftdan yarimoysimon dog’i bor. Ipak qurtlari tanasining rangi terining xujayrali qavatidagi va konining tarkibidagi pigment moddalarga bog’liq. Hayvonlarning xamma xarakatlari muskullar yordamida amalga oshiriladi. Xayvonlarda silliq va kundalang-targ’il, xasharotlarda esa fakat kundalang-targ’il muskullar mavjud. Hashorotlarning muskullari tuzilishi jixatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Umurtqali xayvonlarda muskul tolalari biriktiruvchi to’qima qavati bilan qoplangan bo’lib, ayrim guruxni tashkil qiladi va turlicha kuchga ega bo’lgan muskullar to’plamini hosil qiladi. Hashorotlarda esa har bir muskul tolasi bir biridan aloxdda-aloxdda joylashgan. Muskul bog’lamlarining ayrim birikmalari umumiy yoki alohida paylar yordamida biror nuqtaga birikadi va bundan yelpotich holida chiqib, qarama-qarshi tomonlarda joylashgan bir nechta nuqtaga birikadi. Ipak qurtlarida to’g’ri chiziq buylab joylashgan muskul tolalari paylar orqali terining ikki qarama-qarshi nuqtasiga birlashgan. Paylarning uchlari teri qoplamining ichki qavatidan o’tadi va kutikulaga birikadi. Bu yerda u teri qavati bilan birga tayanch sistemasini hosil qiladi. Ko’krak va qorin bo’g’imlarida uch qavat: tashqi , o’rta va ichki muskullar joylashgan. Tashqi qavat kundalang muskullardan, o’rta qavat qiyshiq va ichki qavat uzunasiga joylashgan muskullardan iborat. Vazifasiga ko’ra eguvchi, bukuvchi, uzatuvchi, buruvchi, tushuruvchi va boshqa muskullar bo’ladi. Tashqi qavatning qisqa muskullari tana bo’g’imlarining chekkalaridan egadi, ular tashqi o’simtalarni eguvchi va bukuvchi, traxeyalarni bog’lab turuvchi, nafas teshiklari orasining kisuvchi muskullardir. O’rtadagi muskullar tanani yon tomonga egadi. Ichki qavatdagi uzunasiga ketgan muskullar bir bo’g’imdan ikkinchi bo’g’imga o’tadi, ya’ni ularning uchlari qo’shni bo’g’imlarda joylashgan nuqtalarga birikadi, bu muskullar qisqarganda bir bo’g’im ikkinchisiga tomon cho’ziladi, bular bir tomonlama qisqarganda qurt tanasi bir tomonga buqiladi. Qurtda xammasi bo’lib, 268 ta kundalang, 168 ta qiyshiq va 110 ta uzunasiga ketgan muskul bo’lib, ularning ish faoliyati o’zaro bog’liq. Qurtning bosh tomonida uning o’simtalari, mo’ylovi, jag’lar, ostki lab, paypaslagichlar va boshqalarni harakatga keltiruvchi muskullar joylashgan. Ovqat hazm qilish sistemasida ichakning buylama (uzunasiga) va halqali muskullari, xamda yurak ish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan qanotsimon muskullar mavjud. Muskullarning ishlashi nerv sistemasi faoliyati bilan bevosita bog’liq, shuning uchun muskullarda nerv tugunlari juda ko’p bo’ladi. Muskullar ishlayotgan vaqtda juda ko’p oziq moddasi va kislorod talab qiladi. Shuning uchun ham ularga juda ko’p miqdorda mayda nafas tolalari-traxeolalar tutashgan, bundan tashqari har bir muskulga gemolimfa oqib keladi va undagi oziq moddalar biriktiruvchi to’qima pardasi orqali o’tadi. Voyaga yetgan (imago) davridagi hashorotning gavda bushliFi ichki organlari bilan to’ldirilgan bo’lib, ikki yupqa tusik parda-diafragma yordamida uchta ketma-ket joylashgan bo’limga yoki sinusga bo’linadi. Uni kundalang kesik ko’rinishida yaxshi ajratish mumkin. Ustki diafragma-tana bo’shlig’ini ustki yoki kardial old, ya’ni yurak old bo’limiga ajratadi, bu bo’limda kon aylanish organi, bel naychasi joylashgan. Ostki diafragma esa ostki yoki neyral old, ya’ni nerv oldi bo’limiga ajratadi. Bu bo’limda markaziy nerv sistemasining qorin nerv zanjiri joylashgan. Ustki va ostki diafragmalar oraliqi keng, o’rta yeki visseral bo’limni hosil xiladi. Bu bo’limda yog’ tanachalari, ovqat xazm qilish sistemasi va ko’payish organlari joylashgan. Nafas olish sistemasi xavo o’tkazish paylari, traxeya va traxeolalardan iborat bo’lib, mayda qilsimon traxeolalar barcha ichki organlarga yetib borib, butun gavda bo’shlig’ida tarmoqlangan bo’ladi. Yog’ tanachalari ipak qurtining o’rta bo’shlig’ida, ya’ni muskullar bilan ovqat xazm qilish organi oralig’idagi bo’shliqni to’ldirib turadi. Yog’ tanachalari asosan ustki teri qoplamiga yaqin joyda va ichki-ovqat xazm qilish sistemasining atrofida joylashgan tanachalardan iborat bo’ladi. Ustki yog’ tanachalari aniq bo’lmagan yaproqchasimon yoki tasma shaklida to’plangan bo’lib, xujayralari parrakchalarga o’xshash, nisbatan yirikroq, kattaroq yadroli bo’ladi. Ichki yog’ tanachalari ichakka yaqin joylashgan. Parrakchalar tuzilishi jixatidan xujayralari mayda, yumaloq yadroli, oqish, ustki yog’ tanachalari esa och sarg’ish rangda bo’ladi. Yog’ tanachalarining parrakchalari asosiy traxeya nayi buylab ketuvchi naylar shakliga o’xshash bo’ladi. Qurt o’sgan sari yog’ tanachalari ko’payib xujayralarning kengayishi xisobiga kattalashib boradi. Yog’ tanachalarida murakkab ximiyaviy jarayonlar sodir bo’lishi xisobiga ularda turli moddalar to’planadi. Shuning uchun bu organ organizmning o’ziga xos «omborxonasi» bo’lib, asosiy funksiyasi-xasharotlarning kelajagidagi oziqlanmaydigan davrlari uchun oziq moddalar to’plashdan iborat. Yog’ tanachasining ustki qismi gemolimfani siydik kislotadan tozalaydi, ichki qismi esa asosan oziq moddalar to’playdi. Muxokama uchun savollar: Ipak qurtining ichki organlariga qaysilari kiradi? Ipak qurtining kon aylanish sistemasi qanday tuzilgan? Ipak qurtining nafas olish sistemasi qanday tuzilgan? Nerv sistemasi va sezgi organlari xaqida tushuncha. 5.Chiqarish va ichki sekresiya organlari xaqida tushuncha. 6.Ipak chiqarish organlari, ularning tuzilishi va faoliyati 10-mavzu: Ipak qurti embriologiyasi - 2 soat. Reja: Embriologiya xaqida tushuncha. Tuxumdon va urug’donning tuzilishi. Tuxumda embrionning xosil bo’lishi va rivojlanishi. Urug’da embrionning rivojlanish bosqichlari. Tayanch iboralar: Embriologiya, ipak qurti, tuxumdon, urug’don, embrionning hosil bo’lishi, rivojlanishi, ta’sir etuvchi omillar, embrion rivojlanish bosqichlari, jonlanish. Ipak qurti embriologiyasi. Embriologiya-grekcha so’z bo’lib, embrio-embrion (murtak), logos-fan degan ma’noni bildiradi. Kapalak tuxum qo’ygan kundan boshlab, 10-12 kecha kunduz mobaynida embrionning rivojlanishi tugallanadi va yozgi avlod qurtlari tuxumdan chiqadi. Qishlovchi urug’ning rivojlanishi uch davrdan iborat. Birinchi davrda embrion rivojlanishining birinchi bosqichi kechadi. Bu davr kapalak tuxum qo’ygan vaqtdan boshlab, uch kun davom etadi va seroz pardada qoramtir pigment xosil bo’lishi bilan tugallanadi. Ikkinchi davr birmuncha uzoq davom etadi. Bu davrda urug’ qoraya boshlab keyingi yil baxorida tugallanadi. Ikkinchi davr embrion rivojlanish jarayonining vaqtincha to’xtab qolishi xarakterlanadi va diapauzali (tinchlik) davr deb ataladi. Uchinchi davr urug’ning baxorgi uyg’onish vaqtidan boshlanib, tuxumdan qurt chiqishi bilan tugallanadi. Bu davr urug’ini muzlatgichdan chiqarilishidan boshlab, butun inkubatsiyani o’z ichiga oladi. Embrion rivojlanishining birinchi davri. Kapalak tuxum kuyganidan taxminan uch soat o’tgach tuxum yadrosi bo’linib ikki, to’rt, sakkiz, o’n olti, o’ttiz ikki va xokazo yadrochalar- blastomerlar hosil qiladi. Blastomerlarning soni ortib borgan sari ularning bir qismi porotoplazmaning yadroga yondoshib turgan joyi bilan birga tuxum chetiga chiqib ketadi, bu yerda ular bo’linishda davom etib, embrion pardasini hosil qiladi. Yon tomonlarning birida embrion pardasi uzunroq xujayralarning bir vaqtidan iborat yo’llar ko’rinishida yo’g’onlashgan joy xosil bo’ladi. Ana shu yo’g’onlashgan joy embrion diski xisoblanadi. Embrion diski noto’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib, u kapalaklar tuxum qo’ygandan 16-18 soat o’tgach xosil bo’ladi. Embrion rivojlanishining ikkinchi davri. Embrion rivojlanishning bu davri diapauza davri deb ataladi va eng uzoq vaqt davom etadi. Qishlovchi urug’lardan bu davr 9-9,5 oygacha davom etadi. Diapauza davri butasmom tinch o’tishi bilan xarakterlanadi, bu davr mobaynida urug’ning tashqi nafas olish jrayoni pas darajada bo’ladi, embrion o’sish va rivojlanishdan to’xtaydi. Tut ipak qurti urug’ining diapauza davri erkak va urg’ochi kapalaklar juftining tomoq osti gangliylari faoliyati natijasidapaydo bo’ladi. Tomoq osti gangliylari, ayni vaqtida, ichki sekresiya bezi ham hisoblanadi. Bu bez diapauza garmoni chiqara oladi. Diapauza garmoni chiqish jarayonini tomoq osti nerv tugunlari (miya) boshqaradi. Diapauza garmoni qurt G’umbakka aylanadigan taxminan ikki kecha-kunduz o’tgach 24-25 haroratda ajraladi. Monovoltin zot ipak qurtlarida «miya» garmon ajralib chiqishiga qarshi ta’sir ko’rsatmaydi, shuning uchun bunday zot qurtlarida diapauza kamma vaqt urg’ochi va erkak kapalaklar juftining yashash sharoiti bilan bog’liq bo’lmagan holda paydo bo’ladi. Bivoltin zot ipak qurtlarida urug’ ochirish davrida miya past harorat ta’sirida tomoq osti gangliysini sekret ajratib chiqarish funksiyasiga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Bunday holda diapauza garmoni ajralib chiqmaydi va urg’ochi kapalak qurt urug’lari o’z-o’zidan jonlanadigan bo’lib qoladi. Embrion rivojlanishining uchinchi davri - urug’ning bahorgi rivojlanishi. Urug’ning diapauza davri tamom bo’lgan dan keyin, bahorda urug’ rivojlanishining uchinchi davri boshlanadi, bu davr sharoitga qarab 10-12 kun davom etadi va urug’dan qurt chiqishi bilan tugallnadi. Bahorgi davrning boshlarida embrion bir qavat xujayralardan iborat cho’ziq plastinka kolida bo’ladi. Embrion plastinkasining oxirida ko’pakchalar shaklidagi kengaygan joyi bor. Urug’da embrionning rivojlanish bosqichlari. Urug’ embrion rivojlanishning tut daraxti kurtagining o’sishiga bog’lab olib borish yoki inkubatsiyaga qo’yilgan urug’larni muddatidan ilgari yoki kech jonlanayotganini bilish maqsadida embrionni rivojlanish bosqichlarini bilishimiz zarur. Urug’ning bahorgi rivojlanish davrida embrion tuxum ichida 14 ta bosqichda rivojlanadi. Har bir bosqichda embrion ma’lum morfologik belgilarga ega bo’ladi. Rivojlanish bosqichlari ana shu belgilarga qarab aniqlanadi. Rivojlanish bosqichlari quyidagicha: Download 153.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling