Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


Tut daraxti generativ organlarining tuzilishi


Download 153.21 Kb.
bet7/37
Sana22.04.2023
Hajmi153.21 Kb.
#1379459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Tut daraxti generativ organlarining tuzilishi. Tut daraxtining jinsiy organlariga guli, mevasi va urug’i kiradi. Gullash o’simlik xayotida eng muxim xodisalardan biri bo’lib, daraxtning vegetativ organlarida yetarli miqdorda oziq moddalar - uglevod, oqsil, yog’ va boshqalar to’plangandan keyin ro’y beradi. O’simlik gullaguncha bir qancha rivojlanish bosqichlarini o’taydi.
Tut guli va to’pgullari. Umuman gul qisqargan poyada turuvchi shoxlanmagan va o’zgaruvchan novdadir. Novdaning barglari gulning ayrim qismlariga aylanib qolgan bo’lib, uning xar qaysisi jinsiy jarayon uchun bevosita yoki bilvosita xizmat qiladi. Gul barcha gulli o’simliklarning jinsiy ko’payish organi xisoblanib, meva va urug’ni xosil qiladi.
Tut gullarining tevaragi yashil bargchalardan tuzilgan oddiy (bir qavatli) gul kosachasiga o’xshaydi, unda gultoj bo’lmaydi.
Ko’pchilik normal o’sgan tut daraxtlari ikki uyli bir jinslidir, ya’ni bir daraxtda faqat urg’ochi onalik gullari bo’lsa, ikkinchi daraxtda esa yolg’iz otalik - erkak gullari bo’ladi. Lekin ayrim tut daraxtlarida xam erkak, xam urg’ochi gullari uchratish mumkin. Bu xildagi tutlar bir uyli ikki jinsli xisoblanadi. Shu bilan bir qatorda bitta to’pgulda xam erkak, xam urg’ochi gullar bo’lishi mumkin. Bunday to’pgullarning yuqoridagi tomonida ko’pincha erkak, ostki tomonida esa urg’ochi gullar joylashadi. Tut daraxtining bu xildagi jinsiy o’zgaruvchanligini A.I.Federov tashqi muxitning ta’siridan bo’lishi kerak, deb taxmin qiladi. M.I.Grebinskayaning (1981) ma’lumotiga qaraganda O’rta Osiyoda o’sadigan maxalliy Xasak tutning 53% ini erkak gullari, 33% ini urg’ochi gullari va 14 % ini ikkala jinsli gullari bo’lgan daraxtlar tashkil etadi. Meva beradigan urug’chi urg’ochi Balxi tutda urg’ochi tup gullari bilan bir qatorda qisman erkak to’pgullari xam uchraydi.
Tut daraxtining erkak to’pgullari barg yozilishidan 8-10 kun oldin, urg’ochi to’pgullari esa barg bilan bir vaqtda chiqadi.

Download 153.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling