Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


Download 153.21 Kb.
bet8/37
Sana22.04.2023
Hajmi153.21 Kb.
#1379459
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Erkak gul - to’rtta yashil bargchadan tuzilgan gultevaragidan, to’rtta xonali sarg’ish changdondan va ularni ushlab turadigan changdon ipidan iborat, 20 dan 40 tagacha aloxida erkak gullari gulbandi yordamida sirg’asimon (ko’chala) to’pgulga yig’ilgan. Har bir changdon ichida juda ko’p mayda och sariq rangli, to’garak yoki qisman qirrali changlar bo’ladi. Changdon pishib yetilgandan keyin bo’yiga qarab yoriladi va ichidagi changlari shamol yoki xasharotlar yordamida tuzib, urg’ochi gullarning tumshuqchasiga tushadi va uni changlantiradi.
Har bir gul changi 20 dan 38 millimikrongacha kattalikda bo’lib, ikki qavat (sirtki va ichki) yupqa parda bilan o’ralgan. Sirtki pardani ekzina deyiladi. U changdagi namlikni bug’lanib ketishidan va changni shikastlanishdan saqlaydi. Ekzina po’sti ustida bitta yoki bir nechta teshikcha bo’ladi. Bulardan chang naychalari o’sib chiqadi va natijada intina bo’rtmasini xosil qiladi. Ekzina qavati kutin moddasiga o’xshash maxkam to’qimadan tuzilgan bo’lib, suvni o’ziga yaxshi shimadi. Changning ichki pardasini intina (ichki pektin) deyiladi. Yetilgan chang donasining yadrosi ikkita xujayradan iborat. Bu ikkita xujayra sellyuloza po’sti bilan ajratilgan bo’ladi. Intina qavatining ichidagi bittasi (kattarog’i) vegetativ va ikkinchisi (nisbatan maydaroq) erkak jinsiy - generativ xujayra deb ataladi. Jinsiy xujayra chang donasining chetrog’ida joylashadi va o’z yadrosi xamda protoplazmasiga egadir. Vegetativ xujayrada yadro va xujayra plazmasi bo’lib, bu xujayraning asosiy vazifasi changda oqsil, uglevod, yog’, pektin moddalari va xilma-xil fermentlar kabi zapas- oziq moddalarni saqlashdir.
Changning o’sishi uchun qulay sharoit (5-10 % li shakar eritmasi) tug’ilganda intina qavati naycha xolida bo’rtadi. Vegetativ xujayra shu naychaning ichiga kirib oladi, generativ (jinsiy) xujayra esa naychaning oxiriga yoki o’rtasiga borganda ikkita erkak xujayraga (erkak gametaga yoki spermaga) bo’linadi. Vegetativ xujayraning yadrosi keyinchalik buziladi va u spermiyalarning urug’lanishida ishtirok etadi. Chang naychalari xemotropizm xodisasiga, ya’ni ovqat moddalari mavjud tomonga qarab o’sish xossasiga ega bo’ladi.

Download 153.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling