Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat
- uzun bo’linmaga 8 ta tur
Download 153.21 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Qisqa ustunchali bo’linmaga 16 ta tur
- Muxokama uchun savollar: Birinchi bo’lib, qaysi olim ilmiy asosda o’simliklar dunyosining sistematikasini yaratdi
- Hamada sistematikasi bo’yicha nechta tur tutsimonlar oilasiga mansub
- uzun bo’linmaga 8 ta tur:
- Morus arabica Koidz - Morus mongolica Schn - Morus nigribormis Koidz - Morus notabilis Schn - Morus bombycis Koidz - Morus rotyndiloba Koidz - Morus acidosa Griff - Morus Kagayamae Koidz - Qisqa ustunchali bo’linmaga 16 ta tur: - Morus serrata Roxb - Morus nigra Linn - Morus Tiliafolia Mokino - Morus cathayana Hemsl - Morus mesozygia Stapf - Morus laevigata Wall - Morus insignis Bur - Morus macroura Mig - Morus rubra Linn - Morus mollis Rusby - Morus celtidifolia Kunth - Morus boninensis Koidz - Morus miczophulla Buckl - Morus multicaulis Pen- - Morus alba Linn - Morus atropurpurea Roxb. Har bir bo’linma ichida bir tur ikkinchisidan urg’ochi gul tumshuqchasining ichki tuzilishi, barg, to’pgul va tup mevalarining tashqi tuzilish belgilariga qarab farqlanadi. Shu bilan bir qatorda miqdor ko’rsatkichlari - barg, barg bandi, to’pgul va to’pmeva kattaligi xamda qo’shimcha ko’rsatkich qilib novdaning shoxlanish darajasi va po’stloq rangi xam xisobga olinadi. Koydzumi turkumlashi tut daraxtining sistematikasini tuzishda ilgarigilarga nisbatan birmuncha ustunlikka ega bo’lsa xam, lekin umumiy sistematikaga qo’yilgan talabga to’liq javob bera olmaydi. Chunki bunda tutning asosan tashqi belgilari va qo’shimcha ravishda tut organlarining miqdor ko’rsatkich (kata - kichikligi)lari inobatga olingan. Tutga qo’llanadigan agrotexnik tadbirlar va unga sun’iy ta’sir qilish tufayli xromosomalar to’plamining oshishi darajasi (poliploidiya) xamda novdalarni kesish usullariga qarab bu ko’rsatkichlar aksariyat xolatda o’zgarib turadi. Shuni xam aytish kerakki, tut daraxti ikki uylilar toifasiga kirganligi uchun, ular osonlik bilan juda ko’plab duragaylar berish xususiyatiga ega. Binobarin tut navlarining urg’ochi gullari tuzilishiga qarab u yoki bu turga ajratish juda mushkul va xatto uni xal qilish mumkin emas degan fikrni A.I.Fedorov (1954) o’z kitobida bayon etadi. Koydzumi sistematikasidagi kamchiliklar, keyingi yillardagi tutchilik genetikasida xromosomalar bo’yicha fan yangiliklarini xisobga olgan xolda Yapon olimi S.Xamada 1971 yili tutning yangi sistematikasini tuzdi. G.E.Eviadadzening ko’rsatishicha (1987) bu darajalashda tut daraxti 35 ta turga bo’linib, u yoki bu turning xromosomalar miqdori yig’indisi asos qilib olingan. Shu bilan birga bu turkumlash sistematikasida xam Morus avlodi, ya’ni tutning urg’ochi gulining uzun bo’yinli bo’linmasiga 12 tur va kalta bo’yinli bo’linmasiga 23 tur birlashtiriladi. S.Xamada tuzgan 35 ta turning ichida Koydzumi ta’riflagan 4 ta (26, 31, 32, 34 - nomerli), Hatto aniqlagan 5 ta (2, 10, 11, 12, 35 - nomerli), Gomelton, Planxol va Xondelni xar biri bittadan ta’riflagan tegishlicha 3 ta (29, 30, 33- nomerli) yangi turlari mavjuddir. S.Xamada sistematikasi bo’yicha turlarni bo’lishda tutning urg’ochi gullari bo’ynining uzun-qisqaligi bilan bir qatorda tut daraxti organlarining tashqi tuzilish belgilari, jumladan barg shapalog’ining shakli, uning asosi, uchi, barg tishlarining ko’rinishi, tomirlanish darajasi, barg bandining ko’rinishi, gul xamda meva to’plamining katta- kichikligi, novda po’stining rangi, novdaning shoxlanish darajasi va xakozolar xam e’tiborga olingan. Ushbu sistematikada turlarning kelib chiqishiga katta axamiyat berilgan bo’lib,ular quyidagi gruppalardan iborat: Yaponiyaning janubiy - Farbiy qismi va Osiyo qit’asi; Yava va Sumatra orollari; Omon va Arabistonning sharqi - janubiy qismi; Kavkaz, Turkiya, Garbiy Osiyo; Garbiy Afrika; Shimoliy va Janubiy Amerika. Yuqoridagilardan tut turlarini kelib chiqishi va joylanishi markazlari I.Vavilov (1935) tomonidan aniqlangan o’simliklarning geografik taqsimlanish qonuniyatiga ko’p jixatdan asoslanganligi ko’rinib turibdi. Koydzumi - Xatto - Xamada (1971) sistematikasi bo’yicha ko’pchilik turlarning xromosomalar yig’indisi 2 ploidli ( 2p - 28 ta) bo’lib, Morus Tiliaefolia turi (№2 15) 6 ploidli - geksaploid (2 p= 84 ta), Morus Laevigata turi (J№ 18) 8 ploidli- oktoploid (2 p -112), Morus nigra turi (№2 14) 22 ploidli- viginti diaploid ( 2p= 308), ya’ni ko’p ploidli tutlardan iborat. Shuni ham aytish kerakki, Xamada, Koydzumi (1923) sistematikasida Morus mulicaulis turi nima uchundir keltirilmagan. Muxokama uchun savollar: Birinchi bo’lib, qaysi olim ilmiy asosda o’simliklar dunyosining sistematikasini yaratdi? O’rta Osiyoda kim tomonidan o’simliklarning shifobaxsh xususiyatlari ko’rsatilgan? Tutsimonlar oilasiga Koydzumi sistematikasi bo’yicha nechta tur kiradi? Hamada sistematikasi bo’yicha nechta tur tutsimonlar oilasiga mansub? Umuman tutsimonlar oilasiga nechta avlod va nechta tur kiradi? 4-mavzu:Tut daraxtining tashqi muhitga bo’lgan talabi - 2 soat. Reja: . Tashqi muhit to’g’risida tushuncha va ularning o’simliklarga ta’siri. Tut o’simligining yorug’likka va issiqlikka munosabati. Tutni yoshiga qarab suvga bo’lgan talabi. Tut bargining sifati va hosiliga tuproq unumdorligining ta’siri. Tut daraxti hayot kechirishida havoning (roli) ahamiyati. Tayanch iboralar: tashqi muhit, namlik, issiqlik, yorug’lik, namlik, o’sish va rivojlanish, tana, o’simlik, dag’al, botqoq yerlar, oziqlik sifati, agrobiologiya, tuproq xususiyati, mo’tadil harorat, moslashish, to’qimalar. Tirik organizmning hayoti, tashqi muhit o’rtasidagi modda almashinuvidan iborat. Har bir o’simlik o’z tanasini tuzish ayrim organlarini o’stirish va rivojlantirish uchun zarur bo’lgan elementlarni tashqi muhitdan oladi. Download 153.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling