Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


Download 153.21 Kb.
bet11/37
Sana22.04.2023
Hajmi153.21 Kb.
#1379459
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Muxokama uchun savollar:

  1. Pillachilikning oziq bazasi sifatida ekiladigan tutlar qanday bo’lishi kerak?

  2. Tut daraxtining hayot kechirishini shartli ravishda necha davrga bo’lish mumkin?

  3. Tut daraxtining bargida ipak qurtining yashashi uchun qanday moddalar mavjud?

  4. Tut daraxti morfologiyasini o’rganish qanday axamiyatga ega?

  5. Tut ildizlari hosil bo’lishi jixatidan necha guruhga bo’linadi?

  6. O’suvchi ildizlar o’zining tuzilishi va bajaradigan vazifasi jixatidan necha guruhga bo’linadi?

  7. Tutzorlarni qanday tuproqlarda barpo qilish maqsadga muvofiqdir?

  8. Tuproq xususiyatlari va sizot suvlarining joylanish chuqurligi ildiz rivojlanishiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

  9. Urg’ochi va erkak gulning tuzilishi.

  10. Urug’lanish hodisasi qanday ro’y beradi?

  11. Qo’sh urug’lanish deb nimaga aytiladi?

  12. Tut mevalarining tuzilishini navlar bo’yicha ta’riflang?

3-mavzu:Tut daraxtining biologiyasi va navlari - 2 soat.


Reja:

  1. Sistematikaning maqsadi va vazifasi.

  2. Tut daraxtining sistematikasi va geografik tarqalishi.

  3. Tut daraxtining o’simliklar umumiy sistematikasida tutgan o’rni.

  4. Tutgullilar oilasi va uning ta’rifi.

  5. Tut (Morus) avlodining sitematikasi.

Tayanch iboralar: Tut sistematikasi, turkumi, sinfi, tipi, oilasi, avlodi, turi, navlari, kelib chiqishi, tarqalishi.
Xozirgi vaqtda yer yuzida o’sayotgan juda ko’p o’simlik turlarini o’simliklar sistematikasi vositasi bilangina o’rganib olish mumkin. Sistematikaning asosiy maqsadi va vazifasi, o’simliklar turlari, avlodlari, oilalari, tartiblari, sinf va tiplari o’rtasida qarindoshlik borligini aniqlash o’simliklar dunyosining filogenetik sistematikasi (o’simliklar dunyosi rivjlanishidagi ketma-ketlik tartibi)ni tuzish imkoniyatini beradi. Filogenetik sistema sun’iy turkumlashdan shu bilan farqlanadiki, bunda o’simliklar o’rtasidagi qarindoshlik to’g’ri kelgan birorta belgisi bilan emas, balki juda ko’p o’ziga xos belgilar yakuniga asoslangandir.
O’simlik sistematikasini birinchi marta shved olimi Karl Linney 1735 yilda ishlab chiqqan. Bunga qadar o’simliklarning aniq ismi va morfologik terimini yo’q edi, ya’ni ma’lumotlar tartibsiz holda edi. Linney «avlod» va «tur» tushunchasini kiritib, o’simliklarga aniq ilmiy nom berdi. Lekin, bu sun’iy tartib edi, chunki Linney sistematikasida o’simliklarning kelib chiqishi va qarindoshligi inobatga olinmay, balki ixtiyoriy ravishda ular otalik gullarining soniga, o’rnashishi va o’zaro birikish usuliga qarab sinflarga bo’linadi. K.Linney ta’rifiga ko’ra, o’zaro bir-biriga o’xshagan, o’zining barcha asosiy belgilarini o’zgartmay nasliga o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan o’simliklar yig’indisi tur deb ataladi. Lekin, hozirgi vaqtda tur va avlodning o’zgaruvchanligi xaqidagi ma’lumotlarning paydo bo’lishi, ya’ni muddat, ichki jarayonlar va insonning ta’siri natijasida tur, Linneyning o’simliklar sistematikasi XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlariga kelib ko’p olimlarni qanoatlantirmay qo’ydi. 1819 yilda Dekandol’ tartibi paydo bo’lib, bunda o’simlik turlari bir qator belgilar yig’indisiga ko’ra avlodga, undan oilaga, so’ngra kattaroq gruppalarga - sinf va bo’limga jamlanadi. Bu esa o’simliklar oilasini ancha aniqroq belgilab berdi. Ushbu sistematikada ham bir qancha kamchilik mavjud, chunki bunda avval murakkab o’simliklar, so’ng tuban o’simliklar ta’riflanadi, ya’ni sistema yuqoridan pastga tushishga asoslangan.
Turlarning o’zgaruvchanlik xaqidagi va ularning kelib chiqishi to’g’risidagi Ch. Darvin (1859) ta’limoti o’simlikning filogenetik turkumlashni yaratishga yordam berdi. Olimlardan Engler, Vettiteyn, Grossgeym, Kuznesovlarning o’simliklarning umumiy sistemasi xaqidagi ma’lumotlar xam birmuncha axamiyatga molikdir. Bu sistemalarning xammasi yuqoridagi sun’iy sistemalardan shubhasiz ustun tursa xam, lekin birortasi talabga to’liq javob bermaydi. Xar biri o’ziga yarasha afzalliklarga ega holda kamchiliklardan xam holi emas edi. Bu sistemalarning asosiy belgisi o’simliklarning pastdan yuqoriga (tuban o’simliklardan murakkab o’simliklarga) tomon tartibda joylanishidir.
Tut daraxti P.M.Jukovskiyning o’simliklarni bir va ikki pallalilarga bo’linishini xisobga olgan holda, akademik A.A.Grossgeymning 1945 yilda yaratgan yopiq urug’li o’simliklarni felogenetik (ketma - ketlik) sistemasi asosida quyidagi tartibda ta’riflanadi.
Yopiq urug’lar bo’limi - Angisperamae;
Ikki pallalilar sinfi - Dicotuledoncae;
Qichitqigullilar tartibi - Urticales;
Tutgullilar oilasi - Moraceae;
Tut avlodi - Morus.
Qichitqigullilar tartibiga qayrag’ochsimon (Ulmaceae ) qichitqisimon (Urticaceal) va tutsimon (Moraceae) oilalari kirib, ular bir-biriga yaqin turadi.
Qayrag’ochsimonlarga qimmatli va juda ko’p tarqalgan yirik daraxtlar: silliq qayrag’och, chayir qayrag’och va dala qayrag’ochi kiradi. Ularning gullari ikki jinsli bo’lib, barg yoziqhdan oldin gullaydi. Gul tevarakligi tilikli kosasimon, 4-5 otaligi va bitta onaligi bor. Barglari cho’zinchoq tuxumsimon (patsimon), chetlari arra tishli; mevasi - pistacha (qanotli) urug’cha bo’ladi.
Qichitqisimonlarga qichitqi ut (Urticales L.) kirib, u nashaga o’xshaydi, lekin qichitadigan tukchalari, butun barglari va otalik to’rt bo’lakli, gultevarakligi bo’lishi bilan undan farqlanadi. Gullari yashil, mayda, bir jinsli, barg qo’ltig’ida ro’vak (popuk) lari bo’ladi.
Urg’ochi gullarida bitta onalik bo’lib, uning bir uyali tugunchasi, ro’vaksimon og’izchasi va har xil uzunlikdagi to’rtta gultevarakligi, bargchasi bo’ladi. Mevasi - yong’oqcha. Yosh qichitqi o’tdan ovqatga solinadigan oziq sifatida ham foydalaniladi. Voyaga yetgan qichitqining poyasidan yaxshi tola olinadi. Bu oilaga Xitoy qichitqi o’ti yoki rami (Bochmeria) ham kiradi. Uning qichituvchi tuklari bo’lmaydi, uning bo’yi 2 metrgacha yetib, juda yaxshi sifatli tola beradi. Barglarining ostki sirti oqimtir baxmalsimon tusda bo’ladi.
Tutsimonlar (Moraceae) oilasiga 65 avlod va 2000 ga yaqin tur mansub bo’lib, tropik xamda subtropik daraxt va butalar, shuningdek o’rta iqlimda tarqalgan chirmashuvchi yoki tik turuvchi o’tsimon o’simliklar kiradi. Chirmashuvchi o’simliklardan kulmoq- xmel (Humulus lypylys) ning barglari panjasimon bo’lakli, novdada barglar qarama-qarshi o’rnashgan, yon bargchali; ikki uyli, guli mayda yashil tusli. Erkak gullarining gultevarakligi beshta yashil yoki sarg’ish tojbargdan iborat, beshta otalik shu tojbarglarga qarama- qarshi o’rnashadi. Urg’ochi to’plarining gullari va gultevarakligi bo’lmaydi, chunki uning o’rnida o’ralib turgan gul yon bargchalari bo’lib, bitta yuqori tugunchali va ikkita ipsimon tumshuqchali onalik mana shu bargchalarga o’rnashgan bo’ladi. Mevasi - yong’oqchadir. Kulmoqning «bo’qoqcha»larida lupulin moddasi bo’lib, u pivo qaynatishda ishlatiladi. Bo’qoqchalar boshoqsimon urg’ochi to’pgulidan paydo bo’ladi.
Tutsimonlar oilasiga yana nasha (Cannabis sativa) kirib, u bir yillik o’simlik, tik o’sadi. Ikki uyli va madiniylashtirilgan. Bir uylisi ham uchraydi, uni tolasi va moyi uchun ekiladi. Erkak to’plari erkak nasha deyiladi. Gullari ro’vaksimon to’pgulga yig’ilgan. Urg’ochi to’plari ancha pishiq va ko’proq bargli, boshoqsimon to’pgulli bo’lib, ular barg qo’ltiqlarida joylashadi. Hind nashasida mast qiluvchi modda - gashish bo’ladi. Nasha uch turga bo’linadi.
Tutsimonlar oilasidan bo’lgan ba’zi tropik o’simliklarda sutsimon shira va kauchik (Ficus eloctica) ko’p bo’ladi (V.I. Isain, 1959).
O’tsimon o’simliklar bilan bir qatorda tutsimonlar oilasiga kiruvchi to’rtta avlod sobiq SSSRda ko’proq o’sadi, ular ko’p yillik daraxt xisoblanadi. Bular tut - Morus, tikonli daraxt- Maclura, qog’oz daraxti - Broussanetia va Anjir - Ficus carica dir.
Tutgullilar oilasiga kiruvchi bu avlodlarning xarakterli belgisi shundaki, ularning xammasida sutsimon suyuklik mavjuddir. Barglari yaxlit yoki kertikli xamda barg shapalog’ining kertikli darajasi juda o’zgaruvchan, uning qirrasi tekis yoki oddiy - arrasimon tishli, gullari bir jinsli to’pgulli, mevasi soxta meva va to’pmeva yig’ilgan.

Download 153.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling