Yuksak o’simliklar dunyosi – embryophyta (embryobionta) referat


Download 28.61 Kb.
bet1/8
Sana11.05.2023
Hajmi28.61 Kb.
#1453684
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yuksak o’simliklar dunyosi


Yuksak o’simliklar dunyosi – embryophyta (embryobionta)


Reja:

  1. Yuksak o’simliklar

  2. Yuksak o’simliklar dunyosi

  3. Embryophyta (embryobionta)


Yuksak oʻsimliklar — evolutsion taraqqiyot natijasida murakkab morfologik tuzilishga ega boʻlgan, tanasi poya va bargga differensiyalangan oʻsimliklar. Ularda koʻp hujayrali murtak (embirion) hosil boʻladi. Yuksak oʻsimliklarga xos belgilardan biri jinsiy (gametofit) va jinssiz (sporofit) nasllarning gallanishidir. Yuksak oʻsimliklar 3000 ga yaqin turdan iborat 9 boʻlimni oʻz ichiga oladi. Bularga: riniotoifalar zosterofiltoifalar, yoʻsintoifalar, plauntoifalar, psilotoifalar, qirqboʻgʻimtoifalar, qirqquloqtoifalar, qaragʻaytoifalar, magnoliyatoifalar kiradi. Yuksak oʻsimliklar tanasining murakkab tuzilganligi, yerda oʻsishga moslashganligi, jinsiy va jinssiz koʻpayishi bilan tuban oʻsimliklardan farq qiladi. Yuksak oʻsimliklar sporofitida koʻp hujayrali sporangiylar hosil boʻlib, ularda harakatsiz sporalar yetishadi. Gametofitshxa jinsiy organlar paydo boʻladi. Sporofit, odatda, barg , poya va ildizga boʻlingan. Koʻpincha Yuksak oʻsimliklarda oʻtkazuvchi toʻqima — ksilema va floema rivojlangan. Epidermis, kutikula va bargida ogʻizchalar boʻlishi Yuksak oʻsimliklar uchun xos. Yuksak oʻsimliklar birorta dengiz suvoʻtlaridan kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Yuksak oʻsimliklarning qazilma qoldiqlari silur davridan maʼlumYuksak o’simliklar Yer yuzida eng keng tarqalgan bo’lib, murakkab tuzilishga ega bo’lishi bilan ajralib turadi. O’simliklar dunyosini, shu jumladan yuksak o’simliklarni ma’lum bir tizim (sistema) asosida joylashtirish ustida olimlar uzoq yillar mobaynida tadqiqot ishlari olib borganlar va o’zlarining klassifikatsiyalarini ishlab chiqqanlar. O’simliklar sistemasini ilk bor tavsiya etgan botaniklardan biri italiyalik botanik A. Sezalpin (1519-1603) bo’lib, u o’simliklarni asosan mevasiga qarab 15 sinfga ajratgan. K. Linney esa o’simliklarni mevasiga emas, guliga (ayniqsa, changchilaming tuzilishiga) qarab 23 sinfga, gulsizlarni bir sinfga kiritib, o’zining 24 sinfdan iborat sistemasini yaratdi. Vaqt o’tishi bilan o’simliklar, shu jumladan gulli o’simliklar sistemasiga bag’ishlab ko’plab asarlar nashr etildi va yangi sistemalar tavsiya etila boshlandi. Bu borada A. Engler, N.I. Kuznetsov, N.A. Bush, A.A. Grossgeym, X.Y. Gobi, B.M. Kozo-Polyanskiy, A.L. Taxtadjyan kabilarning olib borgan ishlari diqqatga sazovordir. Hozirda yuksak o’simliklar dunyochasi (kichik dunyosi) 300 000 dan ortiq turni o’z ichiga oluvchi 9 ta bo’limga ajratiladi.

  1. Riniyatoifalar - Rhyniophyta

  2. Zosterofiltoifalar - Zosterophyllophyta

  3. Yo’sintoifalar - Bryophyta

  4. Plauntoifalar - Lycopodiophyta

  5. Psilottoifalar -Psilotophyta

  6. Qirqbo’g ‘imtoifalar - Equisetophyta

  7. Qirqquloqtoifalar - Polypodiophyta

  8. Qarag’aytoifalar (ochiq urug’lilar) - Pinophyta yoki Gymnospermae

  9. Magnoliyatoifalar (yopiq urug’lilar) - Magnoliophyta yoki Angyospermae.

Download 28.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling