Yuksak o’simliklar dunyosi – embryophyta (embryobionta) referat
Psilofitnamolar qabilasi – Psilophytales
Download 28,61 Kb.
|
Yuksak o’simliklar dunyosi
Psilofitnamolar qabilasi – PsilophytalesQabilaga bitta psilofitdoshlar (Psilophytaceae) oilasi kiradi. Bularda o’q poya (kauloid) yaxshi taraqqiy etgan. Oila turkumlaridan bittasi psilofit bo’lib, vakillarining qoldiqlari devon davrining boshlaridan ma’lum bo’lgan va G’arbiy Yevropa, Ural, G’arbiy Sibir, Sharqiy Qozog’iston, Xitoy va Shimoliy Amerikadan topilgan. Psilofitlar ham balandroq bo’lgan. Poyasining yo’g’onligi 5 mm gacha yetgan. Riniyafitlarni o’rganish telom nazariyasining yaratilishida asosiy material bo’lib xizmat qilgan. Riniyafitlardan yo’sinsimonlar, plaunsimonlar, qirqbo’g’imsimonlar va paporotniksimonlarning kelib chiqqanligi haqida yetarli asoslar mavjud. Qirqquloqtoifa o`simliklar ( P olypodiophyta) Qirqquloqlar hozirgi vaqtda keng tarqalgan yuksak sporali o`simliklar guruhi bo`lib, 10 000 gacha yaqin turni o`z ichiga oladi. Nam tropik o`lkalarda daraxtsimon va o`tsimon shakillari uchraydi. Qirqquloqlarning sporofiti yaxshi rivojlangan, ko`p yillik va yirik bargli (makrofilliya). Barglari patsimon, ayrim hollardagina butun bo`lishi mumkin. Boshqa o`simlik barglaridan farqi shuki, ularning barglari har doim uchidan o`sadi. Ularning barglari «vayya» deyiladi. Bo`lim vakillarining ko`pchiligi teng sporali, har xil sporali turlar ozchilikni tashkil etadi. Barglarning pastki tomonida sporangiylar t o` plami, ya’ni jigarrang soruslarni hosil qiladi. Soruslar alohida parda bilan qoplangan. Sporalar yetilishi natijasida sporangiylar yorilib, sporalar shamol yordamida tarqaladi. Qulay sharoitda ulardan o`simta rivojlanadi. Teng sporali qirqquloqlarning o`simtalari juda kichkina, yashil plastinkasimon yoki ipsimon, ikki jinsli bo`lib, ular uzog`i bilan bir necha hafta yashaydi. Har xil sporali qirqquloqlarning erkak o`simtasi juda reduktsiyalanib, mikroskopik o`lchamda mustaqil oziqlanish xususiyatini yo`qotgan (sporangiy ichida rivojlanadi). Urg`ochi o`simta unga nisbatan yirik. O`simtadan arxegoniy va anteridiylar hosil bo`ladi. Arxegoniydagi tuxum hujayraning otalanishidan murtak rivojlanadi, keyinchalik u o`sib, voyaga yetgan sporafitga aylanadi. Qirqquloqlar bo`limi 7 ta ajdod ga bo`linadi: Anevrofitsimonlar — Aneurophytopsida Arxeoptsrissimonlar — Archaeopteridopsida Kladoksilonsimonlar - Sladoxylopsida Z i gopterissimonlar — Zigopteridopsida Ofioglossimonlar (ilontilsimonlar) - Ophioglossopsida Marattiyasimonlar — Marattiopsida Polipodiumsimonlar — Rolypodiopsida Quyidagi ba’zi birlari bilan tanishib chiqamiz: 1- ajdod . Ofioglossimonlar (ilontilsimonlar)- Ophioglossopsida ga 300ga yaqin turi bo`lib, sodda tuzilishga ega. Ular teng sporali gametofiti ko`p yillik xlorofillsiz, yer ostida rivojlanadi, zamburug`lar bilan hamkorlikda yashaydi (mikoriza). Bu ajdodning vakillari tropik o`lkalarda yashab, ba’zi birlari epifit holda o`sadi. 2- ajdod . Maratgiyasimonlar - Marattiopsida vakillari nam tropik o`rmonlarda saqlanib qolgan. Ular juda yirik o`simliklar, poyalari yirik tugunaksimon, barglarning uzunligi 6m ga yetadi. 3- ajdod. Polipodiumsimonlar — Rolypodiopsida vakillari hoziri o`tsimon o`simliklar bo`lib, tuproqda yoki daraxtlar tanasida epifit holda yashaydi. Ular nam tropik, subtropik o`rmonlarda, sovuq zonalarda o`sadi. Qirqquloqlarning erkak qirqquloq (Dryopteris filixmas), ilontili (Oplioglossum), su mbul (Adianthum), osmundalar (Osmunda), botrixium (Botrychium), xelmintostaxis (Helminthostachys), asplenum ( Asplenum) , suv qirqqulog`i (Salvinia) , marsiliya (Marsilia), kabi turkumlarini ko`rsatish mumkin. Erkak qirqquloq (Dryopteris filix mas) Suv qirqqulog`i suvda suvda suzib yuruvchi o`simlik bo`lib, daryo bo`ylarida, zovurlarda va sholipoyalarda hayot kechiradi. O`zbekiston florasida uchraydigan sumbul yoki zuhra soch buloq bo`ylarida, ariq va soy bo`ylarida, tog`larda suvli qoyalarning yoriqlarida va salqin joylarda o`sadi. Halq xo`jaligidagi ahamiyati: erkak qirqquloqdan gijja tushiruvchi vosita sifatida tibbiyotda, orlyak qirqqulog`i ildizpoyasidan oziq-ovqat sifatida, asplenum, sumbul kabilardan manzarali o`simlik sifatida foydalaniladi. Qadimgi qirqquloqlar hamda plaunlar, qirqbo`g`imlar toshko`mir konlarining hosil bo`lishida ishtirok etgan. Download 28,61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling