Bennettitsimonlar ajdodi (Vennettitopsida)
Bennettitsimonlar asosan perm davriga oid qazilma o`simliklardir. Bo`r davrining oxirlarida, ya’ni 70 mln. yil ilgari ular batamom qirilib ketgan. Bennettitlarning qoldiqlari O`zbekiston (Hisor tizmasi) dan ham topilgan. Ular tashqi ko`rinishdan hozirgi sagovniklarga o`xshash bo`lgan.
Bennettitlarning poyasi yo`g`on bo`lib, tik o`sgan. Barglari ko`pchilik turlarida murakkab patsimon, ayrimlarida esa oddiy va butun bo`lgan. Urug`lari kichik, ya’ni sholi doni kattaligida bo`lgan. Bennettitsimonlarning urug`i ikki palladan iborat bo`lib, urug` pallalarida zahira moddalari to`plangan. Bennettitsimonlar ko`pincha ikkita: Vilyamsoniyadoshlar — (Williamsoniaceae) va Bennettitdoshlar - ( B ennettita c eae) oilasiga ajratiladi.
Vilyamsoniya oilasining gigant Vilyamsoniya (Willifmsoniagigas) nomli turining balandligi 2 metrgacha yetadigan, barglari murakkab patsimon, qubbalari asosan ikki jinsli bo`lgan. Vilyamsoniyalar deyarli hamma qitalardan topilgan.
Bennettitdoshlar (Bennettitaceae) oilasi vakillari asosan quruq, issiq iqlimli joylarda o`sgan. Poyasi yo`g`on va qisqa (1m gacha) shoxlanmagan bo`lib, patsimon murakkab bargalari poyasining uchida rivojlangan. Qubbalar poyasining yonlarida o`rnashgan. Bennettitlarning qoldiqlari Shimoliy Amerika, G`arbiy Yevropa, Mongoliya, Hindiston, Yaponiya va O`rta Osiyo, aylangan poyasi esa Italiyadan topilgan.
Gnetumsimonlar ajdodi (Gnetposida)
Bu ajdodga 3 ta qabila (Qizilchanamolar - Yerhedrales, Velvichiyanamolar — Welwetschiales, Gnetumnamolar -Gnetales), 3 ta oila, 3 ta turkum va 70 dan ortiq tur kiradi. Ular O`rta Yer dengizi atrofidagi cho`llarda, Janubiy Osiyo, O`rta Osiyo, Shimoliy-Janubiy Amerika, Kavkaz, Sibir, Janubi-G`arbiy Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikaning tropik zonalaridan tarqalgan.
Hayotiy shakli jihatdan bu ajdod vakillari uncha katta bo`lmagan daraxt, buta va lianalardan iborat.
Velvichiyadoshlar — oilasi (Welwitschiaceae)
Bu oilaga bitta turkum va yagona velvichiya (Welwitschia mirabilis) deb ataluvchi tur kiradi. u Angolaning toshloq cho`llarida va Janubi-G`arbiy Afrikada (Namib cho`llarida) tarqalgan. Uning o`q ildizi 3 m gacha chuqurlikka tushadi. Poyasi tashqi ko`rinishidan kesilgan daraxtning to`nkasiga o`xshash bo`lib, ko`pchilik qismi yer ostida joylashgan.
Yer ustki q isminin g balandligi 50 sm, diametri esa 1,2 m gacha yetadi. Poyasining tepa qi smida bir-biriga qarama-qar shi o`rnashgan ikkita barg h osil bo`ladi. Ular o`simlik umrining oxirigacha (2000 yil) q urimasdan turadi. Bir yilda barg 8-15 sm gacha o`sadi. Bargning uzunligi 2-3 m ga yetadi. Velvichiya 2 uyli o`simlik.
Bu oilaga bitta turkum (gnetum - Gnetum) va 30 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan sernam tropik mamlakatlarda, Janubiy-Shar q iy Osiyo, Malayziya, Janubiy Amerika, Afrikada tarqalgan.
Ular yirik liana, daraxt va butalardan iborat. Barglari qisqa bandli, qarama- q arshi o`rnashgan, yirik, qa lin, butun. Gnetumlar ham ikki uyli o`simlikdir. Ayrim tropik mamalakatlarda gnetumlarning po`stlog`idan tola olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |