Yuksak o’simliklar dunyosi – embryophyta (embryobionta) referat


RINIYATOIFATOIFALAR BO’LIMI – RHYNIOPHIYTA


Download 28.61 Kb.
bet2/8
Sana11.05.2023
Hajmi28.61 Kb.
#1453684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yuksak o’simliklar dunyosi

RINIYATOIFATOIFALAR BO’LIMI – RHYNIOPHIYTA


Bu bo’limga yuksak o’simliklarning eng sodda tuzilishga ega bo’lgan vakillari kiradi. Shotlandiyalik paleobotanik D. Skott bu guruhga kiruvchi o’simliklarni alohida bo’limga ajratishni taklif etgan va ularni dastavval psilofitlar (Psilophyta), keyinchalik esa riniofitlar (Rhyniophyta) deb atagan. Bu bo’lim vakillari bizgacha yetib kelmagan bo’lsada, ularning qazilma holda topilgan turlari tuzilishi jihatidan yuksak o’simliklarning evolutsiyasini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
1859-yilda kanadalik geolog D. Dauson Kanadadan devon davriga xos qoldiqlardan noma’lum yuksak o’simlikning g’aroyib bir qoldig’ini topgan. Uning dixotomik shoxlangan tanasi bo’lib, barglari bo’lmagan. O’tkazuvchi sistemasi esa tipik protostel holatda bo’lib, sodda (primitiv) hisoblanadi. Topilgan o’simlikning sporangiysi uning dixotomik shoxchalarining ustida joylashgan. Yer osti organlari esa topilmagan. Dauson topgan bu o’simligiga Psilophyton princeps deb nom bergan. 1912 yilning kuzida Shotlandiyada Rhynia turkumiga oid o’simlik topiladi. 1937 yilda paleobotanik U. Lang sodda yuksak o’simliklarning riniyalardan ham qadimgi vakilini yuqori silur qoldiqlaridan (Buyuk Britaniya) Kuksoniya (Cooksonia) deb atalgan yangi turkumni aniqlaydi. Keyinchalik kuksoniyaning qoldiqlari yuqori silur qatlamlaridan
Chexiya, Markaziy Qozog’islon, Nyu-York shtatidan, Shotlandiyadan va G’arbiy Sibirdan ham topilgan. Kuksoniyalar ham bundan 415 mln. yillar oldin yashagan 0’simliklar ekanligini paleobotanik materiallar tasdiqlaydi. Bu qoldiqlar silur davridan to devon davrining oxirigacha yashagan eng qadimgi yuksak 0’simliklar sanalib, ular dastlab psilofitlar bo’limiga birlashtirilgan. Hozirda ko’pchilik olimlar ularni riniofitlar (Rhyniophyta) deb atashadi. Ular elementar o’q organi kauloid va undagi fillioid hamda rizoidlardan iborat. Evolutsiya jarayonida kauloidlardan yirik barglar (paporotnik barglariga o’xshash) kelib chiqqan.

Riniyanamolar qabilasi – Rhyniales


Bu qabilaga kiruvchi o’simliklarning tanasi dixotomik shoxlangan. Poyasi tuksiz, protoksilemasi kauloidning markazida joylashgan, ya’ni sentrarx tipida. Sporangiylari uzunchoq yoki sharsimon bo’lib, uzunasiga ochilgan. Keyingi klassifikatsiylar bo’yicha ko’pchilik olimlar, jumladan amerikalik botanik Birxorst (1971) ilgarigi klassifikatsiyalar bo’yicha Riniyadoshlar, Xorneofitdoshlar, Xednadoshlar va boshqalarni bitta Riniyadoshlar oilasiga birlashtiradi. Qabilaning qadimgi vakillaridan bittasi Kuksoniya turkumidir. U bundan 415 mln. yil ilgari o’sgan. Kuksoniyalarning sporangiysi mayda, qalin po’stli sharsimon yoki biroz uzunchoq bo’lgan. Bu qabilaning yaxshiroq o’rganilgan turkumi riniyalardir. Ular sernam joylarda qalin o’sgan. Vakillaridan katta riniya (Rhynia major) yirikroq bo’lib, balandligi 0,5 m gacha yetgan. Poyasining diametri 5 mm ga yaqin bo’lgan (1-rasm). Ularda markaziy stelasi ingichka bo’lib, ksilemasi zaif taraqqiy etgan. Tanasida ildizpoyaga o’xshash gorizontal o’suvchi rizomoidlari bo’lib, ulardan yuqoriga qarab poyasimon qismi, pastga tomon esa rizoidlar taraqqiy topgan. Riniyanamolarning yana bir xarakterli xususiyati shuki, ularning sporangiylari bir-biriga yaqin joylashgan, ayrimlarida ular qo’shilib o’sib sinangiylarni hosil etgan (2-rasm).

Download 28.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling