Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat


Download 153.21 Kb.
bet20/37
Sana22.04.2023
Hajmi153.21 Kb.
#1379459
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua

Bakterioz kasalligi (Pseudomonas mori Stevens yoki Basterium mori Bay. et Lamb)
Bu kasallik Markaziy Osiyo jumxuriyatlari, Zakavkaze o’lkasi va ayniqsa nam iqlimli Ukrainaning shimoliy va Rossiyaning Voronej viloyatlarida ko’proq tarqalgan. Bu kasallik Yaponiya, Yevropa davlatlari, Janubiy Afrika, Amerika va Avstraliyada uchraydi.
Bakterioz kasalligi birinchi marta 1931 yili SANIIShning Jarariqdagi tajriba xo’jaligida professor N.G.Zaprometov tomonidan aniqlandi.
Bakterioz tut daraxtining maxsus kasalligi bo’lib, yog’ingarchilik ko’p bo’ladigan rayonlarda xamda ko’klam seryog’in kelganda, O’rta Osiyo jumxuriyatlarida xam paydo bo’lib, asosan yosh barglari, bir yillik novda va kurtaklarni 25% gacha zararlantiradi, lekin tutning ildizi, eski shoxlari deyarli kam kasallanadi.
Bakterioz kasalligiga chalingan barglarda avvalo oqish xoshiya bilan o’ralgan ko’p qirrali och jigar rang yoki qoramtir dog’lar xosil bo’lib, bargni yoriqka tutib kurilsa, ular yog’ tomchisiga o’xshash ko’rinadi. Bakterioz bu jixatidan G’o’zaning gommoz kasalligiga o’xshab ketadi, lekin G’o’zadagi kasallikni bakteriozning boshqa xil turi (Pseudomonas malvasearum) chiqaradi. Ko’klamdagi seryog’in ob-xavoda tut bargidagi dog’ ustida yog’ yoki sarg’ish yopishqoq (bakteriyaning chiqindisi - eksudat) modda xosil bo’ladi. Kuchli zararlangan barglar sarg’ayib, to’kiladi, yosh novdalarda esa uzunchoq (botib kirgan) yarasimon qora dog’lar vujudga keladi, kurtaklar qorayib quriydi.
Bakterioz kasalligini oqish rangdagi, chupsimon 1 dan 7 donagacha xivichsimon bakteriya ( Basterium mori) qo’zg’atadi. U kislota va quyosh nuri ta’siriga chidamli, 1-35 daraja issiqda o’sadi +25-30 darajada esa juda, yaxshi rivojlanadi va +51 darajada xalok bo’ladi. Bakteriya o’zining zararlantirish qobiliyatini o’simlikda 3-12 yilgacha saqlaydi. 30 daraja sovuqqa chidaydi.
Bakterial rak kasalligi. Bu tut uchun maxsus kasallik bo’lmay, u bilan ko’pchilik meva va o’rmon daraxtlari, toklar, gullar, butasimon mevalar va sabzavotlar zararlanadi.
Tut daraxtida bu kasallik birinchi marta 1914-1915 yillari Abxaziyada (Suxumida V.Semashko), 1931 yili Ukrainada (A.A.Yachevskiy) va 1938 yili O’zbekistonda (Farg’ona vodiysida, N.G. Zapremetov) aniqlagan.
Bu kasallik boshqa kasalliklarga nisbatan tularoq o’rganilgan bo’lib, uni qo’zg’atuvchi Pseudomas tumefasiens Stivens paraziti bakteriyasi o’simlik koldoti bo’lmagan tuproqda yoki sun’iy tayyorlagan muxdtda yashab ko’payishi mumkin.
Kasallik bakteriyasi tuproqda uzoq vaqtgacha qishlab, o’z qobiliyatini yo’qotmaydi. Bakteriyalar yilning turli fasllarida tutning yosh va qari ildizlarining shikastlangan yeridan kiradi. Oldin birlamchi shish (yara) paydo bo’ladi. So’ngra ular tomir tutamalari orqali siljib o’simlik ildizining boshqa qismida ikkilamchi shish vujudga keltiradi. Tuproqdagi kasallangan o’simlik qoldiqlari, shishlarini hashorotlar titishi xamda kasallangan tutni kesilgan asbobni sog’lom tutga ishlatishi tufayli kasallik bakteriyalari tarqalishi mumkin.
Kasallikning inkubatsion davri 1-2 oygacha bo’lib, u sernam, ishqorli va kemiruvchi xasharotlar to’plangan tuproqlarda ko’proq tarqaladi.
Bakteriya rak kasalligi aksariyati nihol va ko’chatlarning ildizini zararlantiradi.

Download 153.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling