Yopishqoq moddaning oqish kasalligi. Tutning kuchli o’sish davrida yo’g’on shoxlari va tanasining kesish (yoshartirish) tufayli tananing yog’Ochlik qobig’i jaroxatlanib, u yerdan yelimsimon kuyuk modda oqadi. Shu yerdan kasallik qo’zg’atuvchilar kirib, yelimsimon moddani achitadi, natijada tananing kesilgan joyi o’zakkacha chiriydi va uni nobud qiladi. Lekin, bu kasallikni sababi xozircha o’rganilmagan. Oldini olish uchun tana yoki shoxning kesilgan joyiga 1 kisim formalinga 100 qism suv qo’shilib yoki 5% li temir kuporosini purkash va ustidan mol go’ngiga loy qo’shib chaplash xamda tutzorni xaydash va o’g’itlar zarur (N.G.Zapremetov, 1953).
Po’kak kasalligi. Bu kasallik jigarrang yoki qo’ng’ir (Poliporus kispidus Fr); oddiy yoki kulrang (Fomes fomentarius (L) xill); oq, kulrang (Frametes suaveoli yens (L) Fr) xillarga bo’linadi. Tut va boshqa daraxtlar tanasida va kallakdagi shoxlarida shish paydo qiladi. Po’kak zamburug’ining ipsimon to’plamlari po’st ichida yoki yog’Ochlik bilan po’st orasida paydo bo’lib, uni jaroxatlaydi, daraxt umrini qisqartiradi.
Po’kak kasalligining sporasi shamol orqali uchib tut tanasining jaroxatlangan yeridan po’stloq orasiga va shoxlariga kiradi, u yerda zamburug’ iplari o’sib, daraxt shirasi bilan oziqlanadi va ko’payib shish paydo qiladi. Pirovard natijada daraxtni chiritadi va zararlangan yerlar kukunga aylanadi xamda uqalanib daraxtni nobud qiladi.
Jigarrang yoki qo’ng’ir tusli po’kak kasalligi tutda ko’proq uchraydi. Uning meva tanasi bir yillik, taqa yoki yostiq simon bo’lib, diametri 1030 sm. Po’kak yong’oq, olma, tol, qarag’ay va teraklarni xam kasallantiradi.
Oddiy va kulrang po’kak kasalligi. U ko’p yillik xisoblanib, qattiq, taqasimon, ostki tomoni kengroq (5-30 sm gacha) va qalinligi 510 sm. Po’kak sporalari tananing yaralangan va sovuq urib yorilgan yeridan kirib, mog’or iplari xosil qiladi va ular juda tez o’sadi.
Oq-kulrang po’kak tut daraxtida kamroq uchraydi. U silliq kalpokcha shaklida, kattaligi 4x11 sm kalpokcha sirti teriga yoki baxmalga o’xshaydi. Asosan oq va kulrang bo’ladi, qariganda jigarrang tusga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |