Tuxum va tvorogdan taomlar tayyorlashni o’rgatish Mundarija


Download 171.31 Kb.
bet1/22
Sana15.06.2023
Hajmi171.31 Kb.
#1485881
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Tuxum va tvorogdan taomlar




Tuxum va tvorogdan taomlar
tayyorlashni o’rgatish
Mundarija:

Kirish.
I-Bob. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar


1.1. Tuxum va tvorog xaqida ma’lumot.
1.2.Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan sovuq va issiq taomlar.
1.3.Tuxum va tvorog taomlari sifatiga qo’yiladigan talab va ularni saqlash muddatlari.
II. bob “ Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodidan foydalanish ”

2.1. «Klaster» metodi haqida ma’lumot.


2.2. Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodidan foydalanish ”.

Xulosa.
Adabiyotlar.



KIRISH

Mustaqil Respublikamizda yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yuzaga kelishi va mehnat bozorining shakllanishi yoshlarni uzluksiz mehnat ta’limiga о‘rgatishning qator tizimini ishlab chiqarish va ilmiy asoslash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu tizimning eng asosiy zvenosi, bilimlar sifati davlat standarlari asosida о‘quvchilarni mehnatga tayyorlashdir.


Mehnat ta’limini sifati о‘quvchini olgan bilim meyori (tushunchalar-tizimi), qanchalik olgan bilimlari tufayli о‘rganilganligini, kasbini, mutaxassislikni egallash (uni ishlab chiqarishga tadbiq eta bilish, bevosita boshqara bilish kabi) darajasi о‘quvchini mustaqil fikrlashga oid makon va zamon taqozo qiluvchi meyorlardan biridir.
Mehnat ta’limini maqsadi “Har tomonlama kamol topgan, qobilyatli, malakali, о‘z kasbini sevadigan, mulkka bо‘lgan munosabatni shakllantirishdan iboratdir”. Chunki mehnat qilgan inson poklik, xalollik, vijdonlik, mehrli, xis tuyg‘uli, did kabi fazilatlarni о‘zida mujassamlashtirib kamol topadi.
Mamalakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturining ishlab chiqilishi va uning amalga oshirilishi ta’lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Chuniki, milliy kadrlar tayyorlash va ularnini har tomonlama rivojlantirish yuqori malakali o‘qituvchi –pedagoglarni tayyorlash bilan birga, yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish ham yuqori saviyada olib borish uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Insonga xamma vaqt ta’sir etuvchi tashqi muxit faktorlari ichida ovqatlanish juda muxim xisoblanadi. Ilmiy asoslar asosida kо‘rilgan ratsionli, balanlashtiruvchi ovqatlanish organizmning normal о‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi, inson salomatligini va mehnatga layoqatliligini saqlaydi.
Umumiy ovqatlanish xalq xо‘jaligining bir sohasi bо‘lib, mamlakatimizda yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlardan oqilona foydalanishni amalga oshiradi.
Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturining asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari sifatida maktab ta’lim tizimini tubdan yangilash; eng yuqori zamonaviy talablarga mos keladigan o‘quv-moddiy bazasi va ta’lim standartlarini shakllantirish; Yashash joyidan qat’iy nazar, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda ta’minlanish darajasidagi tafovutlararini bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarni ta’lim olishi uchun tinch shart - sharoitlar yaratish; o‘qituvchilarning mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish belgilab berilgan (modernizatsiya)
Maktablarda o‘quvchilarning nazariy bilimlarini o‘zlashtirish, amaliy malaka va mahoratlarini shakllantirish, mustaqil va aqliy faoliyatga tayyorlashdagi o‘rnini hisobga olib, kurs ishiimiz mavzusini “ Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodidan foydalanish ” deb nomladik.
Kurs ishining obyekti:
Kasb –hunar kollejlari va umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni” fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiqiga asoslangan o‘qitish tamoyillari va metodlarning o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonidir.
Kurs ishining predmeti:
“Oziq-ovqat tovarshunosligi va ovqat tayyorlash jarayoni” fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish yo‘llariga bag‘ishlangan o‘quv materiallari mazmuni, shakli va tanlash tamoyillari.

Download 171.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling