Tuxum va tvorogdan taomlar tayyorlashni o’rgatish Mundarija
Kurs ishiimizning dolzarbligi
Download 171.31 Kb.
|
Tuxum va tvorogdan taomlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishiimizning maqsadi
- Kurs ishimizning amaliy ahmiyati shundan iboratki
- Kurs ishining ilmiy yangiligi
- Ishning tuzilishi va hajmi
Kurs ishiimizning dolzarbligi Hozirgi kunning asosiy talabi – jamiyatimizda o`sib kеlayotgan yosh avloddan uning mantiqiy fikr yuritish ko`nikmalarini egallagan, erkin fikrlovchi, bukilmas pozitsiya va g`oyaga ega bo`lishni talab qiladi. Kasb-hunar kollеjlari va maktablarda zamonaviy ta'lim tеxnologiyalaridan foydalanish va bu orqali o’quv jarayonini takomillashtirish hamda o’qitishda samaradorlikka erishish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Yuqorida zikr qilinganlarga asosan, Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodini ishlab chiqish hamda bu texnologiyani mehnat ta’limi darslarida qo‘llashga yo‘naltirilgan tavsiyalarni berish dolzarb masalalardan hisoblanib, muhim amaliy ahamiyatga egadir.
Kurs ishiimizning maqsadi: Kasb-hunar kollеjlari va maktablarda “Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodi asosida o’qitish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo’ lib, bu maqsadga erishish uchun qo’yidagi vazifalarni amalga oshiriladi: - Tuxum va tvorog xaqida ma’lumotlar to’plash; - Tuxumdan va tvorogdan tayyorlanadigan sovuq va issiq taomlar haqida ma’lumotlarni aniqlash; - Tuxum va tvorog taomlari sifatiga qo’yiladigan talab va ularni saqlash muddatlarini taxlil qilish; - Tvorog va tuxumdan taomlar tayyorlashni o'rgatish metodikasini taxlil qilish ; - « Klaster » metodi haqida ma’lumotlar to’plash; - Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda « Klaster » mеtodini qo’llash bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Kurs ishimizning amaliy ahmiyati shundan iboratki « Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar » mavzusini Klaster metodi asosida o’qitish metodikasi bo’yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar mehhat ta’limi o’qituvchilari, hamda kasb-hunar kollejlarining maxsus fan o’qituvchilari, o’quv ustalari, amaliyotchi talabalar va shu soha bo’yicha ilmiy tadqiqotchilarga foydalanish uchun imkoniyat yaratadi. Kurs ishining ilmiy yangiligi: - Tuxum va tvorogni olinish usullari , tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar , tuxum va tvorog taomlari va sifatiga qo’yiladigan talab va ularni saqlash muddatlarini o’rgatish tadqiqini o’tkazish va mehnat ta’limi amaliy mashg’ulotlari jarayonida qo’llash ilmiy-uslubiy jihatdan asoslab berildi; - mehnat ta’limi fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashning mazmuni, shakli va vositalari aniqlandi; - mehnat ta’limi fanini o’qitishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilingan, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-uslubiy tavsiyalar yaratildi. Ishning tuzilishi va hajmi: kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa, foydalailgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovadan va iborat. Download 171.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling