Tuxum va tvorogdan taomlar tayyorlashni o’rgatish Mundarija


Tuxumning sifat kо‘rsatkichlari


Download 171.31 Kb.
bet4/22
Sana15.06.2023
Hajmi171.31 Kb.
#1485881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Tuxum va tvorogdan taomlar

Tuxumning sifat kо‘rsatkichlari. Parhezbop tuxumlar massasiga binoan, xо‘raki tuxumlar esa, shuningdek sifatiga qarab I va II kategoriyaga bо‘linadi. Tuxumlarning kategoriyasi pо‘chog‘ining, sarig‘ining, oqining, havo kamerasining, bitta tuxumning massasiga muvofiq belgilanadi. Bu kо‘rsatkichlar tuxumlarni ovoskopda chiroqqa solib aniqlanadi. Parhezbop tuxumlarning I kategoriyasining massasi kamida 54 g, II kategoriyasining massa­si esa kamida 44 g bо‘lishi kerak. Pо‘chog‘i toza, sarig‘i pishiq, kam seziladigan, kam harakat va markaziy holatda turgan, oqi nurni yaxshi о‘tkazadigan bо‘lishi kerak. Havo kamerasining balandligi — ko’pi bilan 4 mm bо‘ladi.
Yangi qо‘yilgan, muzxonada turgan va ohaklangan tuxumlarning I kategoriyasida pо‘chog‘i butun, toza bо‘lishi kerak, sarig‘ining markaz holatidan yealgina surilgan bо‘lishi kerak. Tuxum 'oqi pi­shiq, nur о‘tkazadigan, havo kamerasi harakatchan, uning balandligi ko’pi bilan 7 mm bо‘lishi kerak. Tuxumning massasi — ka­mida 48 g. II kategoriyali tuxumlarda sarig‘i bо‘shashganroq, aniq kо‘rinib turadigan, osongina jiladigan bо‘lishi, tuxum oqi bо‘sh, suvsimon bо‘lishi mumkin, havo kamerasi serharakatroq, uning balandligi kupi bilan 13 mm. Bitta tuxumning massasi kamida 43 g. Massasi 43 g dan kam, shuningdek iflos tuxumlarni sotuvga chiqishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
Nuqsonining turiga va uning rivojlanish darajasiga qarab tuxumlar ovqatbop notо‘laqimmat va texnikaviy bо‘ladi.
Quyidagi nuqsonlari bor tuxumlar ovqatbop notо‘laqimmat tuxum hisoblanadi: siniq (pо‘chog‘i zararlanganu, lekin oqib chiqish belgilari yо‘q, oqi bilan sarig‘i plyonkalaridan chiqib aralashgan), kichik dog‘pо‘choq tagida umumiy о‘lchamli tuxum yuzasi hammasining 1/8 qismidan ortmaydigan harakatsiz dog‘i bor, tuxum sarig‘i pо‘choqqa yopishib qolgan, shuningdek havo kamerasi­ning balandligi 13 mm dan oshmaydigan tuxumlar.
Quyidagilar texnikaviy nuqsonlarga kiradi: pо‘chog‘i sinib, ichi tо‘la yoki qisman oqib chiqqan tuxum; krasyuk —tuxum sarig‘i­ning qobig‘i yirtilib oqi bilan sarig‘i aralashib ketishi; qon izi (pushtni rivojlanishi natijasida hosil bо‘ladi;) katta dog‘—о‘lchami tuxum yuzasining 1/8 qismidan katta; sarob tuxum (pushti urchimagan inkubator tuxumi). Texnikaviy nuqsonlari bor tuxumlar texnikaviy maqsadlarga ishlatiladi.

Download 171.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling