Tuxumdon Tuxum Hujayralarinig Tuzulishi Va Biologik Xususiyatlari
Download 50 Kb.
|
Tuxumdon Tuxum Hujayralarinig Tuzulishi Va Biologik Xususiyatlari
Tuxumdon Tuxum Hujayralarinig Tuzulishi Va Biologik Xususiyatlari Tuxumhujayra — urgʻochi jinsiy hujayra (gameta). Tuxumhujayradan urugʻlanish yoki partenogenez natijasida yangi organizm rivojlanadi. Hayvonlarda tuxumhujayra murtakning rivojlanishi uchun zarur oziq moddaga ega boʻlib, yaxshi ixtisoslashgan. Sut emizuvchilar tuxumhujayrasini rus olimi K. M. Ber (1827) kashf etgan. Odatda, tuxumhujayra bir necha qavat poʻst bilan qoplangan. Koʻpchilik hayvonlar tuxumhujayrasi yumaloq yoki oval shaklda, baʼzan choʻziq (hasharotlarda). Gʻovaktanlilar va ayrim boʻshliqichlilar tuxumhujayrasi doimiy shaklda boʻlmasdan amyobaga oʻxshash harakatlanish xususiyatiga ega. Koʻpchilik hayvonlar Tuxumhujayrasi harakatsiz. Tuxumhujayraning oʻlchami sitoplazmadagi sariklik miqdoriga bogʻliq. Mas., parazit pardaqanotlilar Tuxumhujayrasi sarikGʻshgi boʻlmaganligidan juda kichik (6x10 mkm); yoʻldoshli sut emizuvchilarning sariqligi kam Tuxumhujayrasi 50 mkm dan (dala sichqoni) 180 mkm gacha (qoʻy). Odam va koʻpchilik umurtqasizlar Tuxumhujayrasi oʻlchami 90 mkm ga yaqin. Zaxira sariqlik koʻp boʻlgan mollyuskalar, ignaterililar, qisqichbaqasimonlar Tuxumhujayralari diametri 1,4 mm, kloakali sut emizuvchilarniki —3,5 —4,3 mm, losossimon baliqlarniki — 6 – 9 mm, tuxumini ogʻzida olib yuradigan dengiz laqqachalariniki — 17–21 mm, akulalarniki 50–70 mm, tovuqniki — 30 sm dan ortiq, tuya qushniki — 80 sm (poʻchogʻi bilan birga uz. —155 sm, vazni 1,4 kg ga yaqin). Tuxumning oʻlchami hayvonning katta yoki kichikligiga bogʻliq boʻlmasdan, serpushtliligiga teskari korrelyatsiyada boʻladi. Odatda, tuxumini qoʻriqlaydigan hayvonlar yirik, lekin ozroq tuxum qoʻyadi. Nasli toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qilmaydigan baliqlar minglab, baʼzan millionlab mayda (treska 10 mln., diametri 2 mm dan kichik) tuxum qoʻyadi. Lekin murtagi ona organizmda rivojlanadigan yoʻldoshli sut emizuvchilarda bunday korrelyatsiya kuzatilmaydi — ular bir vaqtning oʻzida bir necha mayda tuxum qoʻyadi. Tuxum 2 qutbli tuzilgan: animal qutbdan vegetativ qutb tomonga sariq modda miqdori ortib boradi. Tuxumhujayra sitoplazmadagi sariklik miqdoriga koʻra aletsital, oligoletsital, mezoletsital, poliletsital, sariqlikning sitoplazmada tarqalishiga binoan gomolitsetal, telolitsital, sentroletsital; maydalanish tipi boʻyicha goloblastik va meroblastik xillarga ajratiladi. Oʻsimliklar Tuxumhujayrasi koʻpincha maxsus urgochilik jinsiy organi — arxegoniyda (sporali yuksak oʻsimliklar va ochiq uruglilar) yoki murtak xaltasida (gulli oʻsimliklar) rivojlanadi.[ Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling