Tuz hosil qilmaydi bunday oksidlar ishqorlar yoki kislotalar bilan o'zaro ta'sir qilmaydigan va tuzlar hosil qilmaydigan oksidlar deyiladi. Ulardan bir nechtasi bor, ular orasida metall bo'lmaganlar mavjud. Tuz hosil qiluvchi


Download 78.5 Kb.
bet6/6
Sana04.02.2023
Hajmi78.5 Kb.
#1157349
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
oksidlar,asoslar, kislotalar va tuzlaning olinishi xossalari, qo\'llanilishi moddaning tuzilishi

Modda tuzulishi
Moddalar qattiq, cuyuq va gaz xolatda bo’ladi. Moddaning agrеgat xolati tеmpеratura va bosimga boqliq. Past tеmpеraturada modda qattiq xolatda bo’ladi, moddaning kristall zarrachalari orasidagi masofa zarrachalarning kattaligiga tеngdir. Zarrachalarning o’rtacha potеntsial enеrgiyasi, ularning o’rtacha kinеtik enеrgiyasidan katta. Zarrachalar xarakatda juda xam chеklangan. Zarrachalar o’rtasida xarakatlanayotgan kuchlar, ularni to’qri chiziq xolat yaqinida ushlab turadi. Shuning uchun zarrachalar bu joylarda maksimal darajada ushlanib qoladi.
Siz kundalik turmushda choy qaynatish uchun idishga suv solib, uni isita boshlasangiz, undan bug‘ chiqa boshlaganini ko‘rasiz. Birozdan so‘ng qaynaydi va qaramasangiz qurib qoladi. Sovuq qish kunlarida tashqarida qoldirilgan suv muzlab qoladi. Suv nima sababdan bug‘lanib ketdi? Suv va muz tuzilishida qanday farqlar bor? Shu kabi savollar insoniyatni qadimdan qiziqtirib kelgan. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar yunon olimi Demokritga (miloddan avvalgi 460–370-y.) tegishli edi. Unga ko‘ra hamma narsalar juda mayda zarralar – «atom»lardan tashkil topgan. Moddaning eng kichik zarrasi – atom bo‘laklarga bo‘linmaydi deb qaralgan. Atom so‘zi ham yunoncha «bo‘linmas bo‘lakcha» degan ma’noni bildiradi. Demokritning bu haqda yozgan asari bizgacha yetib kelmagan. Uning fi krlari boshqalarning yozgan asarlarida keltiriladi. 15 Demokritning bu ta’limotini keyinchalik ko‘pgina olimlar rivojlantirdilar. Jumladan, yurtdoshlarimiz bo‘lgan buyuk mutafakkirlardan ArRoziy, Beruniy va Ibn Sinoning ijodida ham bu sohada ishlar mavjud. Abu Bakr Ar-Roziy (865–925) jami 184 ta asar yozib qoldirgan bo‘lib, barcha sohalarda ijod qilgan. U yunon olimlarining atom haqidagi qarashlarini rivojlantirib, atom ham bo‘linishi mumkinligini aytadi. Atom ichida bo‘shliq va bo‘lakchalar bo‘lib, bu bo‘lakchalarning hammasi harakatda bo‘ladi. Bundan tashqari, bo‘lakchalar orasida o‘zaro ta’sir kuchlari mavjud deb hisoblaydi. * Ar-Roziyning nazariy qarashlari Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino tomonidan rivojlantirildi. Bu haqda ularning o‘zaro bir-biriga yo‘llagan maktublarida so‘z boradi. Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savollaridan birida shunday deyilgan: – «Ba’zi faylasufl ar atom bo‘linmaydi, undan ham kichikroq bo‘lakchalar yo‘q deb ayta dilar, bu – nodonlikdir. Ikkinchilari esa, atom bo‘lina beradi, bo‘li nishga chegara yo‘q deb qayd qiladilar. Bu esa o‘taketgan nodonlikdir. Chunki atomning bo‘linishi cheksiz bo‘lsa, moddiyat yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bu bo‘lishi mumkin emas, chunki moddiyat abadiydir. Bu masalada sening fi kring qanday?» – deb so‘raydi. Ibn Sino o‘zining Beruniyga yo‘llagan javobida Arastu va Ar-Roziyning atomning bo‘linishi cheksiz davom etadi deb tushunmaslik kerakligini va bo‘linishning chegarasi borligini aytib o‘tadi. Hozirgi kunda atomning murakkab tuzilganligi to‘la tasdiqlangan. Atom yadrodan va elektron qobiqdan iborat. Yadro ham yanada kichikroq bo‘lgan zarrachalar – protonlar va neytronlardan tashkil topgan. Proton va neytronlar ham undan kichik bo‘lgan zarrachalardan tashkil topganligi haqida ma’lumotlar to‘planmoqda. Bu bo‘linish chegarasi bormi yoki yo‘qmi degan savolga Siz aziz o‘quvchilarimizdan kelajakda javob olamiz degan umiddamiz.
Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling