Tuzilishi
Download 24.34 Kb.
|
Tuzilishi
Taroqchi so‘zi taroq so‘zidan yasalgan, bunda yasovchi so‘zning o‘zi ham aslda yasama (taroq elementi — nisbiy: yakka holda — yasama so‘z, taroqchi so‘zining sostavida — yasovchi so‘z). Demak, 9bunday so‘zlarda derivatsiya (yasalganlik) darajali — bosqichli bo‘ladi: birinchi derivatsiya (taroq), ikkinchi derivatsiya (taroqchi); uchinchi derivatsiya (taroqchilik). Bularning birinchisi — tub so‘zdan (o‘zakdan) yasash, ikkinchisi — yasama so‘zdan (negizdan) yasash, uchinchisi — ikkinchi yasalmadan (negizdan hosil bo‘lgan negizdan) yasash. Bunda: taroqchi — birinchi («birlamchi») negizdan yasash, taroqchilik — ikkinchi («ikkilamchi») negizdan yasash. So‘zning yasamaligini belgilashda eng keyingi yasalish hisobga olinadi: bichiqchi.shk (bichiqchi so‘zidan yasalgan: bichiqchi+lik), bichiqchi (bichiq so‘zidan yasalgan: bichiq+chi), bichiq (bich so‘zidan yasalgan: bich+iq), bich (yasalmagan: tub so‘z, o‘zak so‘z). Demak, har gal — bir harakat, bir yasalish: har gal — bir munosabat (yasovchi va yasalma orasidagi munosabat — so‘z yasash munosabati). Bu yasalish tizmasi o‘z qonuniyatlariga, izchillikka ega («bichiqchilik so‘zi bich so‘zidan yasalgan» deb bo‘lmaydi). Lekin bunday yasalish tizmasida ham dastlabki elementning (tub so‘zning) ma`nosi (taramoq, bichmoq) oxirgacha sezilib — boғlanib borishi shart. Qaerda bu boғlanish uzilsa (sezilmas holga kelgan bo‘lsa), o‘sha erda so‘z yasalish aloqasi ham yo‘qoladi.
«Bu so‘z qanday yasalgan?» degan so‘roq har gal bir butun, yaxlit so‘zni, bir protsessni ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘qimachi so‘zidan yasalgan: to‘qimachi+lik»), «bu so‘z qanday morfemalardan iborat?» so‘roғi esa, so‘z yasash analizini emas, balki morfematik analizni ko‘zda tutadi («to‘qimachilik so‘zi to‘rt morfemadan iborat: to‘qi+ma+chi+lik: to‘qi — o‘zak morfema, qolganlari — affiksal morfemalar»). So‘zning morfologik qismlarga bo‘linishi so‘z yasashga ham, so‘zning formasini yasashga ham aloqador: ikkalasida ham hosil qilish yo‘li (affiksatsiya) va vositasi bir xil. Lekin so‘zning strukturasini o‘rganish —uni qismlarga bo‘lish ikki xil: morfologik analiz va so‘z yasash analizi. Morfologik analiz (morfematik analiz deb ham yuritiladi) so‘zning morfologik strukturasini — morfema sostavini aniqlaydi, shunga ko‘ra u morfema analizi deb ham yuritiladi. Bundagi ikki qismga bo‘linish xususiyati «o‘zak va affiks» tusidagi grammatik zidlik holatidir. So‘z yasash analizi so‘zning yasalish strukturasini — yasama so‘zning strukturasini aniqlaydi. Bunda: yasovchi va yasalma, bu ikki qism orasidagi semantik-morfologik munosabat belgilanadi. Masalan, yaxshilik (yaxshi — yasovchi so‘z, yaxshilik — yasalma). Bu affiks orqali, affiksatsiya yo‘li bilan yasalishdir. Demak, bu so‘z o‘zak va affiksning munosabatga kirishishi bilan hosil bo‘lgan. Bunday yasashni derivatologiya tekshiradi: o‘zak+affiks yoki negiz+affiks: no-tinchlik. Bunda affiks derivator sanaladi. Download 24.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling