82. Quyidagi gidroliz reaksiyasining muvozanatini qaysi jarayon o‘ng tomonga siljitadi? AlCl3+H2O↔Al(OH)Cl2+HCl;
1.eritmani suyultirish; 2.temperaturani oshirish;
3.HCl eritmasidan quyish; 4.AlCl3 konsentratsiyasini oshirish;
A) 1,3 B) 2,3 C) 3,4 D) 1,2 E) 1,4
83. Kaliy sianid gidrolizini kuchaytirish uchun eritmaga qanday modda qo‘shish kerak? A) ishqor eritmasi B) kislota eritmasi C) suv
D) osh tuzi eritmasi E) kaliy sianid gidrolizga uchramaydi
84. Alyuminiy xlorid eritmasiga quyidagi moddalardan qaysilari quyilganda, gidroliz jarayoni kuchayadi? 1) kaliy gidroksid; 2) xlorid kislota; 3) soda; 4) rux xlorid; 5) temir(II)sulfat; 6) suv;
A) 1,2,3 B) 2,4,6 C) 1,3,6 D) 3,5,6 E) 2,4,5
85. Quyidagi moddalarning qaysi biri temir(III)xlorid eritmasiga qo‘shilganda, tuzning gidrolizlanishini susaytiradi?
1.rux; 2.natriy gidroksid; 3.suv; 4.xlorid kislota; 5.osh tuzi;
A) 1 B) 2,3 C) 4 D) 2,4 E) 3,5
86. Beshta probirkaga temir(III)xlorid, ammoniy xlorid, mis(II)xlorid, temir(II)xlorid va alyuminiy xlorid tuzlarining suyultirilgan eritmalari berilgan. Ularning har birini qaysi reaktivdan foydalanib aniqlash mumkin
A) nitrat kislota B) lakmus C) sulfat kislota
D) kaliy gidroksid E) kalsiy sulfid
87. Eritmasida lakmus rangi o‘zgarmaydigan moddalarni toping.
A) sulfat kislota B) natriy xlorid C) natriy digidroortofosfat
D) gidroksokalsiy xlorid E) kaliy gidroksid
88. Natriy sulfid, magniy sulfat va kaliy nitrat eritmalarini bir – biridan farqlash imkonini beradigan reaktivni tanlang.
A) alyuminiy gidroksid B) temir(III)xlorid C) xlorid kislota
D) lakmus E) fenolftalein
Do'stlaringiz bilan baham: |