36. Quyidagi tuzlarning qaysilari suvli eritmada gidrolizga uchraydi?
1.kaliy nitrat; 2.rux xlorid; 3.kalsiy xlorid; 4.ammoniy nitrat; 5.bariy nitrat; 6.ammoniy fosfat; A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 2,5,6 D) 2,4,6 E) 1,3,6
37. Tuzlarning gidrolliz reaksiyasida muhit qanday bo‘lishi mumkin?
1. asosli; 2. kislotali; 3. neytral;
A) 1 yoki 2 B) 1 yoki 3 C) 2 yoki 3 D) 1,2 yoki 3 E) faqat 1
38. Natriy atsetat tuzi qaysi ionlar hisobiga gidrolizda qatnashadi?
A) atsetat ioni B) natriy ioni C) vodorod ioni D) gidroksid ioni E) barcha ionlar
39. Kuchsiz asos bilan kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuz gidrolizga uchraganda, gidrolizda qanday ionlar qatnashadi va muhit qanday bo‘ladi?
A) tuzning kationi; muhit ishqoriy B) tuzning anioni; muhit kislotali
C) tuzning kationi ham, anioni ham; muhit neytral
D) tuzning kationi ham, anioni ham; muhit ishqoriy
E) tuzning kationi; muhit kislotali
40. Kuchsiz kislota bilan kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuz gidrolizga uchraganda, gidrolizda qanday ionlar qatnashadi va muhit qanday bo‘ladi?
A) tuzning kationi; muhit kislotali B) tuzning anioni; muhit ishqoriy
C) tuzning kationi; muhit ishqoriy D) tuzning anioni; muhit kislotali
E) tuzning kationi ham, anioni ham; muhit neytral
41. Kuchsiz asos bilan kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuz gidrolizga uchraganda, gidrolizda qanday ionlar qatnashadi va muhit qanday bo‘ladi?
A) tuzning kationi; muhit ishqoriy B) tuzning anioni; muhit kislotali
C) tuzning kationi ham, anioni ham; muhit deyarli neytral
D) tuzning kationi; muhit kislotali E) tuzning anioni; muhit ishqoriy
42. Ko‘p asosli kuchsiz kislotadan va kuchli asosdan hosil bo‘lgan o‘rta tuz gidrolizga uchraganda, qanday tuz hosil bo‘ladi va muhit qanday bo‘ladi?
A) o‘rta tuz; muhit neytral B) nordon tuz; muhit kislotali
C) asosli tuz; muhit kislotali D) nordon tuz; muhit ishqoriy
E) o‘rta tuz; muhit ishqoriy
Do'stlaringiz bilan baham: |