Tuzuvchi : abdusalomov shoxibek


Download 281.43 Kb.
bet1/4
Sana16.04.2023
Hajmi281.43 Kb.
#1360622
  1   2   3   4
Bog'liq
11 -SINF ASOSIY JOYI


  1. 12-§. MUHITNING BIOTIK OMILLARI. TIRIK ORGANIZMLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR




  1. Bir yoki har xil turga mansub oʻsimlik, hayvon va mikroorganizmlarning o‘zaro hamda yashash sharoitlariga ta’siri muhitning biotik omillarini ifodalayd




  1. Organizmlar orasidagi o‘zaro munosabatlarning barcha ko‘rinishlari muhitning biotik omillarini tashkil qiladi




  1. Biotik omillar ikki guruhga ajratiladi.

  2. Tur ichidagi munosabatlar – bir turga mansub individlar o‘rtasidagi munosabatlar.

  3. Bu populatsiyaning o‘zo‘zini boshqarishdagi muhim mexanizmdir.

  4. Turlararo munosabatlar – har xil turlar o‘rtasidagi munosabatlar sanaladi


  1. Populatsiyalardagi individlar soni o‘zaro ta’sir natijasida o‘zgarishsiz qoladigan munosabatlar neytral munosabatlar deb ataladi.




  1. Agar o‘zaro ta’sir natijasida bir populatsiyadagi individlar soni ortsa, lekin ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaymasa, bunday munosabatlar ijobiy yoki simbiotik munosabatlar deb ataladi




  1. O‘zaro munosabatlar tufayli bir populatsiyadagi individlar soni qanday o‘zgarishidan qat’i nazar, ikkinchi populatsiyadagi individlar soni kamaysa, bunday munosabatlar salbiy yoki antagonistik (antibioz) munosabatlar deyiladi.


  1. Individlar sonining ortishini «+», kamayishini «–» belgisi bilan, individlar soniga ta’sir etmaydigan munosabatlar «0» belgisi bilan ifodalanadi









  1. Neytralizm – bitta tabiiy jamoada yashaydigan organizmlar orasida har qanday foydali yoki zararli o‘zaro ta’sirning mavjud emasligi hisoblanadi




  1. Bir ekosistemada yashaydigan, lekin har xil oziq bilan oziqlanuvchi turlarning hayoti ko‘pincha bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi




  1. Tabiatda neytralizm hodisasi juda kam uchraydi, chunki bir biogeotsenozda har bir tur boshqa turga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.




  1. Masalan, bir o‘rmonda yashovchi qizilishton va bug‘u bir-biriga bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi.




  1. Neytralizm hodisasida birgalikda yashovchi turlar o‘zaro bevosita ta’sir ko‘rsatmasada, ularning taqdiri yashash muhitining umumiy holati, abiotik omillarga bog‘liq bo‘ladi.




  1. Biotik munosabatlarning simbioz (yunoncha – «sim» – birga, «bios» – hayot) ko‘rinishida birgalikda yashaydigan organizmlarning har ikkalasi yoki bittasi ushbu munosabatdan o‘ziga foyda oladi.

  2. Simbioz munosabatning quyidagi turlari mavjud: mutualizm, protokooperatsiya, kommensalizm.




  1. Mutualizm (lotincha «mutus» – o‘zaro) – har ikki populatsiya uchun o‘zaro manfaatli va majburiy munosabat turi. Bu munosabatlarning buzilishi bir yoki har ikkala populatsiya hayotiy faoliyatini cheklab qo‘yadi.





  1. Download 281.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling