Тузувчи : Файзуллаева Н


Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar


Download 215 Kb.
bet3/10
Sana25.01.2023
Hajmi215 Kb.
#1120814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
portal.guldu.uz-ishchi dastur (1)

1.2. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
Fanni o’zlashtirgan talaba:
-Respublikamizda olib borilayotgan mintaqaviy siyosatning ahamiyati va uni amalga oshirish yo’llarini uning asosiy ob’ektini bilish; mintaqa tabiiy resurslarini uning ekalogik muammolarini o’rganish kerak; mintaqa va mahalliy xo’jalik tushunchasi mintaqaning unumdorligi tabiy resurslar xajmi ulardan foydalanish yo’nalishlarini bilish; bozor iqtisodiyoti sharoitida mintaqa boshqarish va rejalashtirish tizimini, mintaqalarni rivojlanishni xozirgi davirdagi holatini o’rganish; mintaqalarda mahaliy o’z-o’zini boshqarish ularning tarkibiy qismlari iqtisodiy va moliyaviy asoslarini bilish; xududiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va uning qonuniyatlarini o’rganish; mintaqa mehnat resurslari mehnat bozori ishsizlik muammolari bandlikni xududiy asoslarini bilish; mintaqa sanoat ishlab chiqarishi kommunikatsiya kompleksi mintaqa transporti investitsiya jarayoni qishloq xujaligi ishlab chiqarishini chuqur o’zlashtirish; mintaqa ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishni moliya mablag’lari mahaliy byudjet mahaliy soliqlar va ularni yunalishlarini hamda xududlarda tabiy resurslardan foydalanish xududlar aro ekologik muammolarni biladi;
-talaba iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, jadvallar tuzish, ularni iqtisodiy usullarni qo’llab tahlil qilish; kurs ishi yozish jarayonida adabiyotlardan, kartografik materiallardan foydalanish; barcha nazariy va amaliy bilimlarni ish faoliyatida qo’llay olish; iqtisodiy uslublarini metodlarini amalda qo’llash; iqtisodiy samaradorlikni amalga oshirishni tashkil etish; iqtisodiy axborotni yig’ish va tahlil qilish; sodir bo’layotgan milliy iqtisodiy muammolar echimini; iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy muammolarni hal etish tashkiliy formalarini; ayrim hudud va korxonalar miqyosida iqtisodiy muammolarini echish tadbirlarini; iqtisodiyot sohasidagi qonunlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni tahlil qila olishi; barcha olgan nazariy va amaliy bilimlarini ish faoliyatida qo’llay olish kabi ko’nikmalariga ega bo’ladi;
-talaba mamlakatimiz mintaqalaridagi iqtisodiy sharoitlarini o’ziga xos xususiyatlarini bilishi va baholay olishi; mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tarkibini aniqlay olishi va tahlil qila olishi; O’zbekistonning yangi iqtisodiy sharoitida rivojlanishini iqtisodiy islohotlarga bog’liq ekanligi va foydalanishni samarali tashkil etishni; tovar pul munosibatlarini takomillashtirishni; bozor iqtisodiyotini mazmuni va o’tish davri xususiyatlarini ahamiyatiga baho berish; tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga e’tibor berish; agrar sohadagi islohotlarni muhimligini anglash; iqtisodiy o’sish holatiga baho berish; ishchi kuchi bandligini ahamiyatini anglash; moliya, pul, kredit, banklar va ularni iqtisodiyotdagi rolini baholash malakalariga ega bo’ladi.



Download 215 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling