METAFORA -
(yun. metaphora - ko'chirish)
Metafora - bir predmet nomining boshqa predmet nomiga ular oʼrtasidagi shakliy
oʼxshashlik, tashqi koʼrinishdagi oʼxshashlik, rang oʼxshashligi, xususiyat oʼxshashligi
va harakat oʼxshashligi va boshqalar asosida ma‘no koʼchishidir.
Tilimizdan Metafora ma'no ko'chishining eng keng tarqalgan turi hisoblanadi.
Metafora o'zaro o'xshashlik asosidagi ma'no ko'chishi hisoblanadi.
1) Shakliy o'xshashlik : uzuk ko'zi, daraxt ko'zi, qozon qulog'i
2) Joylashuv o'xshashligi : chorbog' etagi, maktab biqini, yo'lning boshi, fan cho'qqisi,
daryo labi, yo'l yoqasi
3)O'rin o'xshashligi : samolyot dumi
4)belgi - xususiyat o'xshashligi : shirin gap
5)harakat o'xshashligi : gazetaga urib chiqmoq, gapni tekislamoq
6)nisbiy o'xshashlik : ko'ngil tubi
7)Atoqli otga aylangan turdosh otlar ham Metaforaga kiradi : Lola, Charos, Ra'no,
Botir
8)meva va sabzavotlarni nomlashda ham metaforadan foydalanamiz : obinovvot,
shakarpalak, bo'rikalla, itog‘iz
Es : agar
gap tarkibida xuddi, bamisli, naq, go'yo, -dek, kabi, yanglig', singari so'zlari
bo'lsa ma'no ko'chmaydi, tashbeh yuzaga keladi.
Es : Metafora adabiyotda istiora san‘atini yuzaga keltiradi.
metaforani oson topish usuli : metaforada bo'lmagan narsani bo'ldirish desak ham,
bo'ladi.
Metaforada ma‘no ko‘chishi quyidagi amalga oshishi mumkin :
1)Inson a’zolari nomi ko’chadi : shishaning og‘zi, Yerning yuzi, dutorning qulog‘i,
ko‘chaning boshi, daryo labi
2)Inson kiyim qismlari ko’chadi : ko‘lning yoqasi, tog‘ning etagi, eshikning tugmasi
3)Qush, hayvon, parranda a’zolari : Futbolchilarimiz
chap qanotdan hujum qildi;
varrakning dumi osmonda tebrandi.
Do'stlaringiz bilan baham: