Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Onomastika  Nomlar(atoqli ot), ularning turlari, nomlanish sabablarini o’rganuvchi bo’lim. (“onuma”  – “nom”).  Terminologiya


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
1-KITOB (SH.A.H.)

Onomastika 
Nomlar(atoqli ot), ularning turlari, nomlanish sabablarini o’rganuvchi bo’lim. (“onuma” 
– “nom”). 
Terminologiya 
Tildagi kasb hamda ilmga oid atamalarni, istilohlarni o’rganuvchi bo’lim. 
Uslubiyat 
Nutq uslublari va ularning qo’llanish o’rinlari, shartlari, turlari, birliklarini o’rganuvchi 
bo’lim. 
Morfologiya 
So’zlarning grammatik ma’nosi, so’z turkumlari va ularning grammatik shakllarini 
o’rganuvchi bo’lim. 
Sintaksis 
So’zlarning bog’lanishi. Gap va uning turlarini o’rganuvchi bo’lim. 
Punktuatsiya 
Tinish belgilarining to’g’ri ishlatilish tartibini o’rganuvchi bo’lim. 


FONETIKA (yunoncha ‗‘phone‘‘ - ‗‘tovush‘‘)
ASOSIY TUSHUNCHALAR
Bizning so'zlashishimizdan asosiy maqsad o'zaro axborot almashish hisoblanadi. 
Nutqiy faoliyat - so'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi o'zaro axborot almashinuvi. 
Biz buni ikki xil usulda amalga oshiramiz : og'zaki va yozma
Og'zaki axborot almashinuvida tovushlarga, yozma axborot almashganimizda esa 
harflarga tayanamiz.
Tovush
- real talaffuz qilingan, qulog'imiz bilan eshitilgan, boshqa mayda bo'laklarga 
bo'linmaydigan nutq birligi. 
Harf 
- tovushning yozuvdagi aksi.
Til birliklari ketma-ketligi : 
Tovush - bo'g'in - so'z - so'z birikmasi - gap - matn. 
MATN - Mazmuniy bog'langan bir necha gaplar yig'indisi. 
Gap : Men yorug' xonada o'qiyman. 
So'z birikmasi yorug' xona 
So'z yorug', xona 
Bo'g'in : yo - rug', xo - na 
Tovush : y, o, r, u, g', x, o, n, a.
Fonetika - Og'zaki nutqning tovushlar tizimini o'rganuvchi bo'lim. 
Grafika - Yozma nutqning harflar tizimini o'rganuvchi bo'lim.
Fonetika bo'limida quyidagilar o'rganiladi : 
1.Nutq apparati (a'zolari) 
2.Nutq tovushlari 
3.Bo'g'in 
4.Urg'u 
5.Tovush o'zgarishlari 
6.Ustsegment birliklar (intonatsiya, takt, ritm, tembr, sintagma, pauza)

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling