13 ta undosh tovush qo‟shimchaga shaklan teng kela oladi:
l,sh,r,k,m,y,b,v,t,n,q,ch,ng (Alisher shu kamyob vatanni quching)
9 ta undosh so‟z yasaydi (Komilvoy qurtchi)
tin+ch, to‘la+t, eski+r, bo‘ya+q, qora+y, sayla+v, tuga+l, to‘pla+m, tila+k
6 ta undosh sintaktik shakl yasaydi :
K, m, y, b, r, ng (Kamyobrang)
Bordi+k, keldi+m, uxla+y, O‘qi+b+man, qayta+r, yozdi+ng
MASHQ : Gaplardagi sirg'aluvchilarning tagiga chizing.
1.Yuragingni ochdingmi, qaytib yopolmaysan
2.Ronalduni kuchli pressing bilan to'xtatish mumkin, Messini esa faqat ibodat bilan.
3.Qo'llaringda nima borligi muhimmas. Muhimi yuragingda nima borligi.
4.Sizga o'xshashni xohlayman
5.Agar chindan ta'zim qilmoqchi bo'lsangiz egilibroq ta'zim qiling.
6.Odamlarni yaxshi ko'rish, buyumlardan esa foydalanish kerak. Aksincha emas.
7.O'zimiz topshirmasak, hech kim bizdan o'z-o'zimizni hurmat qilish hissini tortib
ololmaydi.
MASHQ : She'rdan portlovchi bilan tugagan yopiq bo'g'inlarni toping.
Katta maqsadlarga egamiz bugun
Katta ishonch bilan harakatdamiz
Kimlar shou ko'rar o'z nafsi uchun
Lek mehnat qilamiz bu fursatda biz
Maqsadlar qog'ozda yarqirab turar
Ohanrabo misol tortat o'ziga
Ba'zilar yotvolib o'y-xayol surar
Ishlaymiz bo'ysunib qalbning so'ziga
Kunlik reja sakrar stol ustida
Birin-ketin chiziq tortilar unga
Tinmaymiz hatto tun qorong'isida
Ulkan umid ila u yorug' kunga.
MASHQ : Berilgan so'zlardan faqat jarangli va faqat jarangsizlardan iborat
so'zlarni ajrating.
Baxtli, pufak, tetik, sevimli, qalbimiz, domla, maymun, xohlamoq, hafta, labbay,
zabon, fakultey, faqat, pochta, badal, yanagi, kaft, havas, hadya, savat,
mobaynida, modomiki, mojaro, vatan, qasos, qavs, qabila, nabiralar, namozxon,
raddiya, rostdan, jabrlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |