Tuzuvchi : shohruh arabjonov
Download 2.34 Mb. Pdf ko'rish
|
1-KITOB (SH.A.H.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Bo‟g‟iz undoshi h II. Hosil bo‟lish usuliga ko‟ra : 1.Portlovchi
- Yon tovush L Shovqinlilar qolgan 18 ta undosh V. Tarkibiga ko‟ra : SOF
- TOVUSH VA FONEMA Fonema
- QATOR UNDOSHLILIK Qator undoshlilik
UNDOSHLAR TASNIFI
I. Hosil bo‟lish o‟rniga ko‟ra : 1.Lab undoshlari 1.lab-lab b, p, m 2.lab-tish v, f 2.Til undoshlari 1.til oldi j,s,r,t,l,d,sh,n,ch,z kalit so‟z : Jasur to‟la idishni cho‟z 2.til o‘rta y 3.til orqa g,k,ng 4.chuqur til orqa q,g,x 3.Bo‟g‟iz undoshi h II. Hosil bo‟lish usuliga ko‟ra : 1.Portlovchi b, d, g, k, p, q, t, m, n, ng, j Kalit so‟z : Bojamning etigi qopdek 2.Sirg‟aluvchi f, h, s, v, h, y, z, g‟, sh, l, r, dj(ж) Kalit so‟z : Shayx hodji vafosizlarg‟a 3.Qorishiq ch III. Tovush (un) paychalarining ishtirokiga ko‟ra : (Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‟ra) Jarangli b d g z v j dj g‟ y l m n r ng - - Jarangsiz p t k s f ch sh x q h Kalit so‟z Boyning g‟ozi jo‟jalarimga davo Kalit so‟z Paketchi xohishi qafas IV. Shovqinning ishtirokiga ko‟ra : Sonorlar (ovozdorlar) l, m ,n ,r, ng (limonrang) Burun tovushi M, N, NG Titroq tovush R Yon tovush L Shovqinlilar qolgan 18 ta undosh V. Tarkibiga ko‟ra : SOF ―CH‖ dan boshqa barcha undoshlar QORISHIQ “CH” Unli tovushlarning hosil Ovoz paychalari, til, lab bo‘lishida muhim ahamiyatga ega nutq a‘zolari Undosh tovushlarning hosil bo‘lishida muhim ahamiyatga ega nutq a‘zolari Til, og‟iz bo‟shlig‟i, bo‟g‟iz bo‟shlig‟i Nutq tovushlarining fiziologik (artikulyatsion, talaffuz) tomonida Hosil bo‟lish o‟rni ANIQLANADI Hosil bo‟lish usuli Nutq tovushlarining akustik tomonida Jarangli - jarangsizligi Sof yoki qorishiqligi TOVUSH VA FONEMA Fonema - tovushning bevosita kuzatishda bir necha tovushlar orqali talaffuz qilinadigan so'z va uning ma'nolarini farqlashga xizmat qiluvchi, ketma-ketlik jihatidan boshqa mayda bo'laklarga bo'linmaydigan til birligi. M : bir-bur-ber-bor ; bayt - qayt - payt Tovush(fon, allofon) - nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog'imiz bilan eshitilgan kichik mayda bo'laklarga bo'linmaydigan eng kichik nutq birligi. Fonema, uning turlari : undosh : tub-tut-tup-tuk unli : yer-ter Es : urg'u va tutuq belgisi ma'no farqlashga xizmat qilsa ham fonema bo'lolmaydi. chunki ular tovush emas. Tovushlarning integral va differensial belgilari Tovushlarning differensial (farqli) belgilari - zidlanayotgan 2 tovushning o'zaro noo'xshash tomonlari. Tovushlarning integral(birlashtiruvchi) belgisi - zidlanayotgan 2 tovushning o'zaro o'xshash tomonlari. b va p undoshlari misolida ko‘ramiz: hosil bo'lish usuli : portlovchi ~ portlovchi hosil bo'lish o'rni: lab - lab un paychalari ishtirokiga ko'ra : jarangli ~ jarangsiz shovqinning ishtirokiga ko'ra : shovqinli ~ shovqinli demak, "b" va "p" tovushlarining artikulatsiyasi integral belgiga ega akustikasi esa o'zaro differensialdir. Qo'sh undoshlilik ( Geminatsiya) Qo‘sh undoshlilik - bir so'z tarkibida ikkita bir xil undoshning yonma-yon kelishi. Misol : izzat, jajji Qo'sh undoshlilik so'zlarning boshida (ssuda, ssenariy), o'rtasida (passiv, alla) va oxirida (gramm, metall) kelishi mumkin. Es : gramm, artilleriya, oddiy, kirill, kongress, grammatika, million so'zlarida qo'sh undoshlardan biri talaffuzda tushsa ham ammo yozuvda saqlanadi. Es : ammo, jajji, ikki, chaqqon, izzat, ukki, tanazzul so'zlari xuddi shunday aytiladi va yoziladi. Tilimizda quyidagi so'zlarda qo'sh undoshlardan biri tushirilsa yangi lug'aviy ma'no hosil bo'ladi : Yalla - yala, silla - sila, tilla - tila, sodda-soda,billur - bilur, qattiq - qatiq, modda - moda, yo'lla - yo'la, chinni - chini, ushshoq - ushoq QATOR UNDOSHLILIK Qator undoshlilik - bir bo'g'in tarkibida ikki har xil undoshning yonma-yon kelishi M : transport, qabr, farzand, sport Es : paxta, nimcha, o‟simlik kabi so'zlar qator undosh emas. Chunki undoshlar boshqa bo'g'inga o'tadi. Eslatma : Gap tarkibida qator undoshli so‘z kelganda unga qo‘shimcha qo‘shilganda ham bu so‘z qator undoshli so‘zligicha qoladi. M : qarz, farz, baxt (qar/zim, far/zing, bax/ti) Es : dengiz so'zida qator undoshlilik mavjud emas. kongress, ingliz so'zlarida qator undoshlilik mavjud, ular n+g tarzida ajraladi : kon+gress, in+gliz Download 2.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling