Arab tilidan kirgan qator undoshli so‟zlar :
ql -
aql, naql
kr -
makr, fikr, zikr
km -
hukm
mr -
amr, umr
kn -
rukn
O'zbek tilidagi ayrim qator undoshli so‟zlar :
st -
ost, ust, po'st rt -
yurt, yirt lt -
yilt, milt
Omofoniya – Jarangli undoshning talaffuzda jarangsiz talaffuz qilinishi.
M : tog‟ga – toqqa, yetdi – yetti, sud - sut
MASHQ : Quyidagi so'zlarda qator undoshlilik bor yoki yo'qligini aniqlang.
Iztirob, boshliq, kompyuter, sabrli, tinchimoq, matnni, shogird, uylanish, grant, gullar, traktor,
qirq, mustahkam, dalda, darslik, dengiz, dolzarb, taskin, abituriyent, afsuski, farishta, ingliz,
teatr, loqaydlik
MASHQ : Gaplardagi qator unli, qator undosh, qo'sh unli, qo'sh undoshlarni belgilang.
1.Ba'zida judayam oddiy narsalar seni ta'sirlantiradi, kayfiyatingni buzadi.
2.O'qituvchi bo'lish - bir umr
dars qilish degani, repetitor bo'lish - bir umr
abituriyentdek dars
qilish degani.
3.Necha yoshda bo'lmagin, sinfdoshlaring bilan yosh bolasan.
4.Ba'zan sening xislating butun jamiyat ko'ziga illat bo'lib ko'rinadi.
5.Seni tushunadigan insonlar oz bo'lsa, demak ularni qadrlashing kerak.
6.Qanoat - eng katta boylikdir.
7.Odamlarda yaxshi va yomon sifatning bo'lishi tabiiy.
8.Ishga
topshiruvchilar, albatta, menga
murojaat qilishlari lozim
9.Nishonga aniq teggan bitta o'q, noaniq ketgan yuzta o'qning natijasidir.
10.Ssenariyda nima yozilgan bo'lsa, shuni ayting.
MASHQ : Ushbu so'zlardan nechtasida qator undoshlilik mavjud.
Do'stim, stul, ofitsiant, muhabbat, kurs, ishtiyoq, mehr, hayotbaxsh, grant, ingliz, dengiz,
dangasa, tanga, mangu, mehnat
Do'stlaringiz bilan baham: