Tuzuvchi : shohruh arabjonov


Download 2.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/91
Sana16.11.2023
Hajmi2.34 Mb.
#1778889
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91
Bog'liq
1-KITOB (SH.A.H.)

58. - qa qo'shimchasi : 
1) sifat yasaydi (qisqa, loyqa) 
2) jo'nalish kelishigi (qishloqqa) 
3) fe'llardagi harakat va holatning 
kuchliligini bildiradi (chayqa) 
59. - qi qo'shimchasi : 
1)fe'l va ravishdan sifat yasaydi (tashqi, 
vaysaqi, sayroqi) 
2) fe'ldan ot yasaydi (achitqi, tutatqi) 
60. -qin qo'shimchasi : 
1)ot yasaydi (to'lqin, toshqin, to'sqin) 
2)sifat yasaydi (jo'shqin, sotqin) 
3) fe'lning buyruq - istak mayli (boqqin) 
61. - qich qo'shimchasi : 
1) fe'ldan ot yasaydi (tutqich, ochqich) 
2)fe'ldan sifat yasaydi (qaqshatqich, 
yirtqich) 
62. - qoq qo'shimchasi :
1)ot yasaydi (botqoq, tutqoq, qopqoq) 
2) sifat yasaydi (yopishqoq, tirishqoq, 
urishqoq, uyushqoq, qochqoq) 
63. - r qo'shimchasi : 
1)ot va sifatdan fe'l yasaydi (qisqar, 
o'zgar, eskir, qayg'ur, keksar) 


2)sifatdosh shakli (so'roqlar) 
3) kelasi zamon shakli (uxlar) 
64. - sa qo'shimchasi : 
1) fe'l yasaydi (suvsa, qurumsa) 
2)shart mayli (kelsa) 
65. - san qo'shimchasi : 
1) bog'lama (o'quvchisan) 
2) shaxs-son (uxlaysan) 
66. - si qo'shimchasi : 
1) III shaxs egalik (otasi) 
2) fe'l yasaydi (garangsi, mensi) 
67 - sin qo'shimchasi : 
1) fe'l yasaydi (yotsinmoq, 
qiziqsinmoq) 
2) III shaxs birlik buyruq istak mayli 
(kelsin, borsin) 
68. - siz qo'shimchasi : 
1) otdan sifat yasaydi (ma'nosiz, aqlsiz, 
ishsiz) 
2) ravish yasaydi (to'xtovsiz, tinimsiz) 
3) shaxs - son (ichasiz) 
4) bog'lama (o'quvchisiz, talabasiz) 
69. - t qo'shimchasi : 
1) fe'l yasaydi (to'lat) 
2) fe'lning orttirma daraja shakli (o'qit, 
ishlat) 
70. - un qo'shimchasi : 
1) ot yasaydi (tugun, quyun) 
2) sifat yasaydi (ustun) 

Download 2.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling