Tuzuvchi: i-51 guruh talabasi Abduhalilov Abbosbek Reja


Download 89.29 Kb.
Sana09.11.2020
Hajmi89.29 Kb.
#142856
Bog'liq
MAKROIQTISODIYOT

“MAKROIQTISODIYOT”

fanining predmeti va ob’ekti, uning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi

Tuzuvchi: I-51 guruh talabasi Abduhalilov Abbosbek

Reja:

  • 1. “Makroiqtisodiyot” va “Mikroiqtisodiyot” haqida tushuncha
  • 2. Makroiqtisodiyot fanining predmeti, obyekti va uning boshqa fanlar b/n o’zaro bog’liqligi
  • 3. Makroiqtisodiyot tahlilning usullari va tamoyillari

1. “Makroiqtisodiyot” va “Mikroiqtisodiyot” haqida tushuncha

  • Makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot nima?
  • Iqtisodchi ularga asoslanib, iqtisodiy o‘zini tutishiga taalluqli qonunlarni ochishi mumkin bo‘lgan, bir-biridan mutlaqo farq qiladigan ikkita tahlil darajasi mavjud.
  • Tahlilning bitta darajasi – bu makroiqtisodiy yondashuv, ikkinchisi – mikroiqtisodiy yondashuvdir.
  • Makroiqtisodiyot – bu bir butun xo‘jalik haqidagi fan. Mikroiqtisodiyot – iste’molchilar va firmalar haqidagi fan.

Davomi…

  • Mikroiqtisodiyot – bu ishlab chiqarishning oldi-sotdining, kredit va hokazolarning variantlarini tanlash bilan shug‘ullanuvchi iqtisodiyot subyektlarining o‘zlarini tutishlarini o‘rganishdir.
  • Makroiqtisodiyot – bir butun xo‘jalik tizimining harakatini o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot iqtisodiy boshqotirmaning alohida bo‘laklarini ko‘rib chiqqan vaqtda makroiqtisodiyot butun tasvirda to‘laligicha diqqatni jam qilishga intiladi. Makroiqtisodiyot xususiy qarorlarning bir butun olganda xo‘jalik yuritish sohasiga umumiy ta’sirini o‘rganadi. Bu ta’sir narxlarning o‘rtacha milliy darajasida ishlab chiqarishning hajmida, bandlik darajasida va boshqalarda aks etadi. Mikroiqtisodiyot esa, aksincha, bandlikning, mehnat unumdorligining, mahalliy yoki segmentlangan bozorlar (masalan, oziq-ovqat bozori)dagi narxlarning darajasini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
  •  
  • Nazariy iqtisodiyot cheklangan resurslardan makro va mikro darajasida samarali foydalanish muammolarini o‘rganadi.

2. Makroiqtisodiyot fanining predmeti, obyekti va uning boshqa fanlar b/n o’zaro bog’liqligi

  • · Makroiqtisodiyot (makro... va iqtisodiyot) — bozor xoʻjaligi umumiy nazariyasining boʻlimi, mamlakat iqtisodiyoti, umuman milliy xoʻjalikka oid katta miqyosdagi iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni oʻrganadi. Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investiniyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar makroitisodiyot oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi.

Davomi…

  • Resurslar, daromadlar va tayyor mahsulotlar bilan ayirboshlashning barcha
  • jarayonlari uzluksiz, bir tekis kechayotgan bo’lsa, unda iqtisodiy tizim barqaror va
  • muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati
  • hayoliydir. Amalda u yoki bu resurslarning, tovar hamda daromadning ortiqchaligi
  • yoki etishmasligi doimo uchrab turadi. Iqtisodiyotda umumiy muvozanatning shu
  • kabi buzilish hollari inflyatsiya va ishsizlik darajasining, yalpi ichki mahsulot va
  • milliy daromadning o’sish sur’atlarini o’zgarishida namoyon bo’ladi.
  • Sanab o’tilgan hodisalar va jarayonlar ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha
  • qatnashuvchilari yoki tizimning barcha iqtisodiy agentlarning faoliyatlari natijasida
  • paydo bo’ladi va milliy iqtisodiyotni yaxlit ifodalaydi, ya’ni ular keng qamrovli
  • xususiyatga ega. Shuning uchun ularni makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalar deb
  • ataladi, uni o’rganuvchi fan makroiqtisodiyot deb yuritiladi.

Davomi…

  • Resurslar, tovarlar va daromadlarning doiraviy aylanish alohida olingan
  • korxonalar, tarmoqlar, hududlar darajasida ham ro’y beradi. Ularning bu darajadati
  • harakatini boshqa fan - mikroiqtisodiyot o’rganadi. Bu fan korxona yoki
  • tarmoqning daromadlarini, u yoki bu mahsulotga bo’lgan talab va taklifning
  • hajmini, uning narxini va boshqa ko’rsatkichlarini ko’rib chiqadi.
  • Makroiqtisodiyot umumiy iqtisodiy nazariyaning bo’limi hisoblanib, unda
  • milliy xo’jalik darajasida iqtisodiyotning fundamental muammolari tadqiq qilinadi.
  • Makroiqtisodiy nazariyaning ikki ko’rinishi o’zaro farqlanadi:
  • a) pozitiv makroiqtisodiyot;
  • b) normativ makroiqtisoiyot.
  • Pozitiv makroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqador-
  • liklarini o’rganadi.
  • Normativ makroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki
  • nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo’nalishlarini taklif etadi. Shu joyda iqtisodiy nazariyaning ikki mustaqil bo’limi sifatida
  • makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot fanlarining predmetlarini o’zaro farqlab
  • olishimiz zarur.

Davomi…

  • Makroiqtisodiyot yalpi ishlab chiqarishining barqaror o’sishini,
  • resurslarning to’liq bandliligini, inflyatsiyaning past sur’atlarini va to’lov
  • balansining muvozanatini ta’minlash nuqtai nazaridan mamlakat iqtisodiyotini bir
  • butun holda tadqiq qiladi va uni makroiqtisodiy tartibga solishning iqtisodiy
  • mexanizmlarini o’rganadi.
  • Keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki makroiqtisodiyot predmetida o’zaro
  • bog’liq uch jihatni ajratib ko’rsatish mumkin. Bular:
  • 1) milliy iqtisodiyot;
  • 2) davlat tomonidan iqtisodiy siyosati yuritish va iqtisodiyotni tartibga solish;
  • 3) jahon xo’jaligi doirasida milliy iqtisodiyotni boshqa mamlakatlar
  • iqtisodiyoti bilan o’zaro munosabatlari masalasi.
  • Uy xo’jaliklari, firmalar, davlat va tashqi dunyo makroiqtisodiyot sub’ektlari
  • hisoblanadilar.
  • Bu sub’ektlar orasida davlatning roli bahsli masala hisoblanib kelmoqda.
  • Keynschilar bozor tizimi mexanizmlarining iqtisodiyotni barqaror o’sishini
  • ta’minlashga doim ham qodir emas va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi zarur
  • deb hisoblasalar, iqtisodiy nazariyaning klassik maktabi namoyondalari bunday
  • aralashishga qarshi fikrlar bildiradilar.

3. Makroiqtisodiyot tahlil usullari va tamoyillari

  • Makroiqtisodiyot o’z tahlilida mikroiqtisodiyot qanday usullar va tamoyillarni qo’llasa shulardan foydalanadi. Iqtisodiy tahlilning shunday umumiy usullari va tamoyillariga abstraktlashtirish (iqtisodiy jarayonlar va voqelikni tadqiq qilish va tushuntirish uchun madellardan foydalanish); deduksiya va induktsiya usullarini muvoffiqlashtirish: normativ va pozativ tahlilni muvoffiqlashtirish; tamoyillardan foydalanish , iqtisodiy agentlarning oqilona hulq-atvori haqidagi farazlar va boshqalar talluqli.
  • Makroiqtisodiy tahlilning xususiyati shundan iboratki, uning muhim tamoyili bo’liq agregatlash yani umumlashtirish qatnashadi. Iqtisodiy bog’liqliklar va qonunyatlari butun iqtisodiy darajasida o’rganish, agar ularni umumlashtirib yoki agregatlar sifatida qaralsa gina muhim bo’ladi.

Davomi..

  • Makroiqtisodiy tahlil umumlashtirishni talab etadi. Umumlashtirish alohida qismlarni bitta qilib birlashtirish, yig’ishni o’zida aks ettiradi. Umumlashtirish doim abstraktlashtirishga, yani iqtisoodiy jarayonlar va voqrylikning ahamiyatli bo’lmagan holatlaridan voz kechish hamda eng ahamiyatli, zarur o’ziga hos belgilarini, qonuniyatlarini ajratishga asoslanadi, Umumlashtirish makroiqtisodiy agentlarni, makroiqtisodiy bozorlarni , makroiqtisodiy o’zaro bog’liqliklarni, makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni ajratadi.

Download 89.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling