Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son khm


Download 7.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/118
Sana07.10.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1694677
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118
Bog'liq
Axborot texnologiyalari O\'MT

Elektron 
pochtaning 
afzalliklari: 
Manzillar 
nomining 
eslab 
qolishga 
qulayligi 
(misol 
uchun: 
uzdasturchi@gmail.com
); matndan tashqari istalgan formatdagi fayllarni 
jo‘natish imkoniyati; xabarlarning yetarli darajada tez va ishonchli yetkazib 
berilishi; foydalanishning osonligi va hokazo. 
Elektron 
pochtaning 
kamchiliklari: 
Spam (reklama va viruslarning ommaviy ravishda tarqatilishi); xabar ba’zan bir 
necha kungacha kechikib yetkazib berilishi ehtimoli; xabar hajmining 
chegaralanganligi, pochta qutisiga begona odam kirib olsa, undan g‘arazli 
maqsadlarda foydalish imkoniyati va hokazolar. 
Hozirgi kunda kompyuterda ozmi-ko‘pmi ishlay oladigan har qanday odam 
o‘ziga bepul elektron pochta qutisi ochib olib, undan bemalol foydalanishi 
mumkin. Buning uchun elektron pochta xizmatini taqdim etuvchi portallarning 
birida ro‘yxatdan o‘tish kifoya. Ro‘yxatdan o‘tgach, internet tarmog‘iga ulangan 
har qanday kompyuter orqali elektron pochta istagancha foydalanish mumkin. 
Bunday portallar juda ko‘p. Ularning eng mashhurlari quyidagilar: 

http://mail.google.com 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 180 = 

http://mail.yahoo.com 

http://www.mail.ru 

http://mail.yandex.ru 

http://mail.rambler.ru 
 
16-Mavzu:
Yangi elektron pochta yaratish yo‘llari, pochta ro‘yxatlarini 
boshqarish, fayllarni biriktirish va ularni formatlash. 
Rossiyadagi eng yirik bepul elektron pochta xizmati bo‘lmish mail.ru portalida 
elektron pochta xizmatidan foydalanish asoslari bilan tanishamiz. 
1. Brauzeringizda http://www.mail.ru veb sahifasiga o‘ting. 
2. Pochta qutisi ochish uchun oynaning chap tarafida joylashgan «Регистрация 
в почте» (Pochtada ro‘yxatdan o‘tish) tugmasini bosamiz. 
 
3. «Регистрация нового почтового ящика» (Yangi pochta qutisini ochish) 
sahifasi ochiladi. Bu sahifada yangi ochilayotgan qutining egasi haqidagi 
ma’lumotlar kiritiladi. 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 181 = 
 
Bunda 
quyidagi 
ma’lumotlar 
kiritiladi: 
Имя – 
Ismingiz 
Фамилия – 
Familiyangiz 
День 
рождения – 
tug‘ilgan 
kun, 
oy 
va 
yilingiz 
Город – siz yashaydigan shahar (to‘ldirish shart emas). Shahar nomining 
dastlabki harflarini kiritishingiz bilan mayl.ru xizmati bazasiga kiritilgan shaharni 
va davlatlarning to‘liq nomi taklif qilib turiladi. Taklif qilingan shaharni 
tanlasangiz, matn bloki avtomatik tarzda to‘ldiriladi. 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 182 = 
 
Пол – 
jinsingiz 
(Erkak 
yoki 
Ayol) 
Почтовый ящик – elektron pochta manzilingiz. Bu yerga ismingizni yoki eslab 
qolish uchun oson bo‘lgan, tushunarli so‘z kiritish tavsiya etiladi. Misol uchun, 
ismingiz Ibrohim bo‘lsa, 

ibrohimjon@mail.ru
 yoki 
ibrohim82@bk.ru
 kabi 
manzillarni tanlashingiz mumkin. Xullas, pochta qutisining nomi avvalo yozish 
uchun qulay (ayniqsa, qo‘l telefoni klaviaturasida), esingizdan chiqib 
qolmaydigan, tushunarli, ma’no-mazmunga ega bo‘lgan so‘z yoki jumla bo‘lishi 
kerak. 
Пароль – elektron pochtangiz uchun kalit so‘z. Parol imkon qadar esingizdan 
chiqmaydigan, birov topa olmaydigan, har qanday klaviaturada (ayniqsa, qo‘l 
telefoni klaviaturasida) ham tersa bo‘ladigan harf va raqamlar to‘plami bo‘lishi 
kerak. 
Повторите 
пароль – 
parolni 
takroran 
yozing 
(aniqlik 
uchun). 
Мобильный телефон – qo‘l telefoningizning raqami. Bu narsa parol esingizdan 
chiqib qolsa, uni SMS xabar yordamida tiklash uchun kerak. Biroq, telefon 
raqamingizni oshkor qilgingiz kelmasa, «У меня нет мобильного телефона» 
(menda 
qo‘l 
telefoni 
yo‘q) 
degan 
linkni 
bosishingiz 
mumkin. 
Barcha ma’lumotlar to‘ldirilgach, «Зарегистрироваться» (Ro‘yxatdan o‘tilsin) 
tugmasi bosiladi. 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 183 = 
 
Agar telefon raqamingizni kiritgan bo‘lsangiz, «Зарегистрироваться» tugmasi 
bosilgach, shu raqamga SMS-xabar yuboriladi. SMS-xabarda kelgan tasdiqlash 
kodini endi ochilgan v (SMS-xabardagi kodni kiriting) oynasiga yozib, «Готово» 
(Tayyor) tugmasi bosiladi. 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 184 = 
 
SMS-xabardagi kod tasdiqlangan zahoti yangi ochilgan pochta qutingiz ochilib, 
undan foydalana boshlaysiz. Pochta qutingizning bosh sahifasida «Входящие» 
(«Kelgan xatlar») bo‘limi ochiladi. Unda Mayl.Ru pochta xizmatidan kelgan 
«Maylr.ru’ga xush kelibsiz» hamda «Mayl.ru’ning mobil versiyasi» deb 
nomlangan ikkita xat turgan bo‘ladi. Ularni o‘qib, Mayl.ru pochta qutisi va uning 
eng yangi imkoniyatlari haqida to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin. 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling