Tuzuvchi: Navdpi o'zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Nurmetova Oygul


Download 40.5 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi40.5 Kb.
#1160242
Bog'liq
11 sinf adabiyot 4 chorak test


Tuzuvchi: NavDPI O'zbek tili va adabiyoti fani o’qituvchisi Nurmetova Oygul
Test 11-sinf adabiyot IV chorak
1. A.Chexovning pyesasi berilgan qatorni toping.
A) "Uch opa-singil" B) "Uch og'a-ini botirlar"
C) "Temir xotin" D) "Garov"
2. Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qaro bo'yoqlar bizning bog'larda...
Men million bo'yoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor bo'lgan chog'larda.
Misralar muallifi kim?
A) Usmon Azim B) Oydin Xojiyeva C) Xurshid Davron D) Mahmud Toir
3. Oshiqlikning qudratini, Momo yerim, o'zing berding, deya kuylagan shoir kim?
A) Sirojiddin Sayyid B) Iqbol Mirzo C) Mahmud Toir D) Xurshid Davron
4. Rashod Nuri Gunteginning dastlabki romani berilgan qatorni toping?
A) "Xazonrezgi" B) "Tamg'a" C) "Yashil tun" D) "Sirli qo'l"
5. "Yozuvchini, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o'qib, qanday tabiatli shaxs ekanini g'oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u asarlarida, asosan, o'z tabiatini, ruhini tasvirlaydi". Ushbu fikr kimga tegishli?
A) Abdulla Qahhor B) Abdulla Qodiriy
C) Said Ahmad D) Odol Yoqubov
6. Qaysi shoir bir she'rida: "Yurtim, seni faqat boyliklaring-chun sevgan farzand bo'lsa, kechirma aslo!" deb xitob qiladi?
A) E.Vohidov B) U.Nosir C) A.Oripov D) Rauf Parfi
7. "Jahannam elchisi - atom" deya ta'kidlagan shor kim?
A) Xurshid Davron B) Oydin Hojiyeva
C) Usmon Azim D) Jamol Kamol
8. Shimolga qarab yoyilgan zilol suvli ko'l xoriqulodda fayzli va go'zal edi. "Xoriqulod" so'zining ma'nosi? ("Ulug' saltanat" asaridan)
A) favqulodda, kutilmaganda B) juda, g'oyat C) mo'jizaviy
9. Muhammad Alining "Ulug' saltanat" asarida kim Amir Temur uzugining ko'zida "Kuch - adolatda" so'zi yozilganligini aytadi?
A) Muhammad Churog'a dodxoh B) Muhammad Sulton
C) Pir Muhammad D) Jahongir Mirzo
10. Erkin A'zamning "Tanho qayiq" dramasida kim hushtakchi Genjamurodga "Hushtak chalish - shaytonni chaqirish bilan barobar"ligini aytadi?
A) Orol bobo B) Jumaboy C) Tilovbergan D) Amet
11. Chexovning "Garov" asarida ushbu fikrlar egasi kim: " Ertaga choshgohda u ozodlikka chiqadi. Shartga ko'ra, kamina unga ikki million to'lashim lozim. Agar garovda yutqazib qo'ysam, rasvoyi jahon bo'laman" .
A) bank sohibi B) huquqshunos C) hukumat egasi D) maxbus
12. Rashod Nuri Gunteginning "Choliqushi" romanini kim o'zbek tiliga tarjima qilgan?
A) G'afur G'ulom B) Hamid Olimjon
C) Mirzakalon Ismoiliy D) Uyg'un
13. Orol qulligimiz qurboni bo'ldi,
Olam bu shikvaning hayroni bo'ldi...
Shikva so'zining ma'nosi?
A) shikoyat B) arz qilish
C) biror narsadan norozilik D) barcha javoblar to'g'ri
14. Boylik, hasad, hirs-u havas barchangizning ko'zingizni ko'r, shuuringizni shafaq qilib qo'ygan. Sizlar yolg'onni haqiqat, hamoqatni nafosat deyishga o'rganib qolgansiz. Mabodo falakning gardishi bilan daraxtlarda, olma, po'rtaxol va nok o'rniga qurbaqa, kaltakesak va ilonlar osilib tursa ... Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) Rashod Nuri Guntekin "Choliqushi" B) Chexov "Garov"
C) Erkin A'zam "Tanho qayiq" D) Muhammad Ali "Sohibqiron o'ylari"
15. Nuh to'fonini qismat shamoli deb atagan shoir kim?
A) Xurshid Davron B) Mahmud Toir
C) Sirojiddin Sayyid D) Iqbol Mirzo
16. Dili qonga to'lib, ko'zlari - yoshga,
Alp Tegin bir hikmat chegirdi toshga:
"Bizning qayg'umiz yo'q balodan boshqa..."
Bolangga bog'lidir o'ylaring, o'zbek.
Ushbu misralar muallifi kim?
A) Mahmud Toir B) Xurshid Davron
C) Sirojiddin Sayyid D) Iqbol Mirzo
17. Keling, garov o'ynaymiz: siz kazematda besh yil ham o'tira olmaysiz! "Kazemat" so'zining ma'nosi? ("Garov" asaridan)
A) qamoq kamerasi B) sovuq uy C) qo'yxona D) issiq uy
18. "Bu davlatda hozir yosh bolaning boshiga bir laganda o'n tilla qo'ysa, u Sultoniyadan Samarqandgacha borsa, bir tilla kamaymaydur. Ha, Amir Sohibqiron adolatni mahkam tutdi" deya kim aytadi? ("Ulug' saltanat" asari)
A) Muhammad Churog'a dodxoh B) Muhammad Sulton
C) Pir Muhammad D) Jahongir Mirzo
19. Orol boboning shogirdlari kimlar?
20. "Choliqushi" asari qahramonlari kimlar?
21. Rashod Nuri Guntegin romanlari nomini yozing.
22. Sen o'tgan yo'l - yuragim yo'li,
Iztirob yoshlari cho'kkan yo'l.
Bobolarim jasoratiga
Guvoh - alvon qonga cho'mgan yo'l,
Ey, qalbimning onasi, Vatan!
Misralar muallifi kim?
23. Chexovning qaysi hikoyasi mazmunida bankir va huquqshunosning qilmishlariga sharqona odob-axloq mezonlari bilan qaralganda, ikki dunyo saodati degan tushuncha o'rtaga qalqib chiqadi?
24. Rashod Nuri Guntegin dunyo adabiyotida qaysi asari bilan shuhrat qozongan?
25. Faridaning aytishicha: "Qarindosh bolalar orasida faqat bittasidan tortinar, o'shandangina hayiqar edim", - U kim edi?

IV chorak adabiyot test kalitlari



1

2

3

4

5

6

7

8

9

A

A

C

D

B

C

D

A

A

10

11

12

13

14

15

16

17

18

A

A

C

D

B

D

D

A

A

19. Jumaboy, Tilovbergan, Genjamurod


20. Farida, Kamron, Narimon, Mishel, Matild opa
21. "Sirli qo'l", "Xazonrezgi", "Tamg'a", "Yashil tun", "Choliqushi"
22. Xurshid Davron
23. "Garov"
24. "Choliqushi"
25. Komron
Download 40.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling