Tuzuvchi: Raxmatova Hamida Termiz davlat universiteti Pedagogoka fakulteti, boshlang`ich ta`limy o`nalishi 1-bosqich talabasi


Download 16.11 Kb.
Sana11.12.2020
Hajmi16.11 Kb.
#164889
Bog'liq
3-dekabr xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni. Maqola


3-dekabr –Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni

TUZUVCHI: Raxmatova Hamida – Termiz davlat universiteti Pedagogoka fakulteti, boshlang`ich ta`limy o`nalishi 1-bosqich talabasi.



1992- yilda BMT Bosh assambliyasida 3-dekabr Xalqaro nogironlar kuni sifatida e`lon qilindi.Ushbu kunni nishonlash to`g`risida 1983-1992 yillarni qamrab olgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti nogironlar o`n yilligining oxirida qaror qabul qilindi. Mazkur 10 yil ichida nogironlar holatini yaxshilash va ular uchun teng imkoniyatlarni ta`minlash maqsadida, xabardorlikni oshirish va chora-tadbirlar ko`rish kabi kata ishlar amalga oshirildi. Dunyoda taxmiman 1 milliard nogiron istiqomat qiladi va ularning barchasi jamiyat hayotidagi keng ko`lamli, samarali va teng huquqli ishtirokni cheklaydigan, jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va ahloqiy to`siqlar duch keladi. BMT ma`lumotlariga ko`ra , ular dunyodagi eng kambag`al aholining haddan ortiq ko`p ulushini tashkil qilib, ta`lim, mehnat, sog`liqni saqlash hamda ijtimoiy va huquqiy ko`mak kabi asosiy manbalardan teng ravishda foydalana olmaydi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga aholi barcha qatlamlarining manfaatlarini himoyalash, ularni kuchli ijtimoiy muhofazalashga qaratilmoqda. Xususan jamiyatimizda yashab kelayotgan imkoniyati cheklanganlarni mavjud imkon va sharoitlardan to`laqonli foydalanishi va o`z huquqlaridan foydalanishi uchun qator loyihalar ishlab chiqilmoqda. Bu esa insonlarni nogironlarga nisbatan o`zgartirish, atrofdagilarni ularning jamiyatda to`liq va teng huquqli ishtiroki haqida xabardor qilish, nogironlarning dolzarb muammolarini hal etishga ko`maklashmoqda.



Shuday bo`lsada bu sohada qator muammo va kamchiliklarni ko`rish mumkin. Masalan, hozirgi kunda birgina Toshkentda bino va inshootlarning 23% gina nogironlarning ehtiyojlariga moslashtirilgan. Bu raqamlarni faqat Toshkent shahrida emas ba`lki viloyatlar kesimida ham ko`rishimiz mumkin. Uyg`unlashtirilgan transportning yetishmasligi, avtobuslar va boshqa turdagi transportlarda osonlashtiradigan yordamchi vositalar (ovozli mayakchalar va hakozo) yo`qligi kata muammodir. Bu esa ko`zi ojiz va eshitish qobilyatini yo`qotgan va boshqa nogironligi bor insonlarni erkin harakatlanish imkoniyatidan mahrum etmoqda. Hammamizga ma`lumki jamiyatimizni ko`zi ojizlar qatlami mavjud. Lekin e`tabor berib qarasak hammasi ham savodli emas. Ularni savodxonligini oshirish uchun umumta`lim maktablari negizida Brayl alifbosini o`qitish bo`yicha maxsus kurslar tashkil etilsa chekka qishloqda yashovchi, maxsus maktabda ta`lim olishga imkoniyati yetmaydiga ko`zi ojizlar bilim-savodga ega bo`lishadi. Afsuski bu loyiha hali ham o`z ijrosini topgani yo`q. mamlakatimizda 2019-yil ko`zi ojizlar uchun jami 1.7 mingdan ortiq kitob chop etildi. Lekin bu kitoblarning barchasi Markaziy Respublika kutubxonalarida bor. Kutubxonaga kelishga imkoniyati yo`q foydalanuvchilar uchun sharoitlar yaratilishi kerak. Umuman qishloq- ovullarda istiqomat qiluvchilar uchun ko`chma va audio kutubxonalar tashkillashtirilishi lozim. Xulosa qilib aytganda yuqorida keltirilgan muammolar o`z yechimini topsa o`ylaymanki jamiyatimizdagi barcha nogironlar mavjud imkoniyat va sharoitlardan foydalanisha olishadi.
Download 16.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling