Tuzuvchi: Z. Hatamova fаol fuqаrolik pozitsiyasigа egа boʼlgаn yosh аvlodni tаrbiyalаshning аsosiy yoʼnаlishlаri. Reja
Download 123.5 Kb.
|
13-maruza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Fuqarolik pozitsiyasini tushunchasi va uni ijti shakllantiriradigan omillar. 2.Oʼzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati
Tuzuvchi: Z.Hatamova FАOL FUQАROLIK POZITSIYASIGА EGА BOʼLGАN YOSH АVLODNI TАRBIYALАSHNING АSOSIY YOʼNАLIShLАRI. Reja 1.Fuqarolik pozitsiyasini tushunchasi va uni ijti shakllantiriradigan omillar. 2.Oʼzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati 3. Yoshlar faolligini oshirishda Oʼzbekiston yoshlar ittifoqining oʼrni Oʼzbekiston Respublikasida mamlakatni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgan islohotlarning tub mohiyati aholi turmush tarzining farovonligini oshirish, fuqarolarning siyosiy va huquqiy madaniyati va saviyasini yuqori darajaga koʼtarish, ularda aniq fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda oʼz ifodasini topadi. Davlatning taraqqiy etishida va undagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy munosabatlarning yangi bosqichga oʼtishida mamlakat oldida turgan vazifalarni turli yoʼnalishlarga taqsimlagan holda, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim sharti, Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari‖ degan tamoyilni amalda hayotga joriy etish demakdir. Hammamizga ayonki, bu yoʼnalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bogʼliq koʼp masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga oʼtkaza borishni taqozo etadi‖ . Demak, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish uchun davlat oʼzining ayrim vazifalarini boʼynidan soqit qilib, asta-sekin jamiyatning boshqa institutlariga topshirmogʼi lozim. Buning uchun esa davlat tomonidan muayyan shartsharoitlar, imkoniyatlar yaratilib, jamiyatning oʼz-oʼzini tashkil etuvchi va boshqaruvchi idoralarining faoliyati toʼgʼri yoʼlga qoʼyilishini talab etuvchi mexanizmlarni vujudga keltirish zarur. Oʼzbekiston fuqarolari millati, irqi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy nazar fuqaro sifatida qonun oldida huquqan teng va birdek masʼuliyatlidirlar. Shuning uchun ham mavjud muammolarni bartaraf etishda fuqarolarning oʼz fuqarolik huquqlarini bilib olishlari va ular himoya qilishlari hamda burchlarini chuqur anglab etishlari uchun ularni huquqiy jihatdan tarbiyalab borish dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Bu jarayon fuqarolar uchun maʼnaviy kamolot manbai boʼlishi bilan birga, ularning bu boradagi masʼuliyatini yanada oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Аna shuning uchun ham, Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish kuchli davlatdan, kuchli fuqarolik jamiyatga oʼtish kontseptsiyasi zamirida inson erkinliklarini fuqaro, halq manfaatlariga mos holda bosqichma-bosqich yuzaga chiqarish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Maʼlumki, qonunlarning har bir moddasida insonning muayyan yoʼnalishdagi erkinliklari beriladi. Lekin yodda tutmoq kerak-ki, bunday tartib, yoʼl-yoʼriq yoki imkoniyat faqat bitta fuqaroning erkinligini yuzaga chiqarish uchungina joriy etilgan emas. Balki bu huquqiy meʼyor barcha uchun teng asosga ega. Hamonki shunday ekan, barcha yaʼni butun jamiyat aʼzolari ana shu meʼyor asosida oʼz erkinliklarini bir xil darajada amalga oshirishi shart . Shuningdek, bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining maʼnaviy binosi mustahkam boʼlishi lozim. Bu esa, eng avvalo, fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni chuqur bilimli, teran fikrli, oʼz oʼtmishi durdonalaridan va maʼnaviy qadriyatlaridan xabardor, vatanparvar, haqiqatparvar, fidoyi qilib tarbiyalashni taqazo etadi. Komil inson shaxsini tarbiyalash esa eng murakkab va qiyin jarayondir. Bu jarayonni amalga oshirish ular ongiga milliy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofiqdir. Demak, bugungi yosh avlod oʼz tarixini, madaniyatini, milliy qadriyatlarini, tilini, dinini va urf-odatlarini mukammal bilsagina, mustaqillikning asl mohiyatini chuqurroq anglab etadilar. Fuqarolik jamiyati ham ana shu milliy qadriyatlarimizga asoslanib rivojlantirilishi bejiz emas. Zero, ―Madomiki biz huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan ekanmiz, maʼnaviyat sohasidagi XXI asrga moʼljallangan harakat dasturimiz shundan kelib chiqmogʼi darkor, yaʼni erkin fuqaro – ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega boʼlgan shaxs maʼnaviyatini kamol toptishirish bizning bosh milliy gʼoyamiz boʼlishi zarur‖ . Insonga yoshligidan singdirilgan madaniy-maʼnaviy qarashlar, axloqiy qadriyatlar, anʼanalar, diniy-ruhiy tuygʼulardan iborat. Bu boʼgʼinda u oilasi, qarindosh-urugʼlari, mahallasi, millati, yurti bilan birligini, uning tarkibiy qismi ekanligini his etadi. Natijada, uning ongi va qalbida milliy gʼurur, vatanparvarlik tuygʼusi shakllanadi. Bu jarayonda shaxsda haqiqiy fuqarolik pozitsiyasi shakllanadi. Ushbu soʼzlardan qoʼrinib turibdiki, yoshlarning ijtimoiy siyosiy faoligini oshirish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda har birimiz ushbu vazifalarni amalga oshirilishida faol fuqarolik pozitsiyamizni koʼrsatishimiz hamda yurtboshimizni biz yoshlarga qarata aytgan ―Farzandlarimiz, yoshlarimiz bizning nafaqat ishonchimiz va kelajagimiz, yoshlarimiz bugungi va ertangi kunimizning xal kiluvchi kuchidir‖ soʼzlarini doimo yodimizda saqlashimiz zarurdir. Fuqarolik tuygʼusi esa shaxsning ―Аvloddan-avlodga oʼtib kelayotgan madaniy jarayonlar ahloqiy qadriyatlarning oʼtmish bilan kelajakni uzviy aloqadorligini taʼminlab, tarixiy merosning nodir neʼmatlarini oʼzgartirish asosida shakllanadi‖2. Fuqarolik jamiyatining asosiy mezonlaridan biri bu fuqarolarning yuksak darajada ong va madaniyatga ega boʼlishliklari hisoblanadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, fuqarolik jamiyatida faol, tashabbuskor, gʼayratli, faqat yaratuvchanlik, ijodkorlik ruhi va kayfiyati bilan yashovchi shaxslarga eʼtibor va ehtiyoj katta boʼladi. Bunday yuksak intellektual salohiyat tafakkur erkinligining qay darajada shakllanishi bilan uzviy bogʼliq. Jamiyatning inson uchun yaratgan real iqtisodiy qulayliklari va imkoniyatlari, yuridik haq-huquqlari, qaror topgan axloqiy va maʼnaviy muhit uning tafakkuri erkin, ilgʼor va yuksak ideallarni koʼzlashi bilan uygʼunlashmogʼi lozim. Olimlarimizning kuzatishicha, fuqarolarning ijtimoiy voqelikka yangicha, mustaqil va erkin tafakkur asosida yondashishi yuqori koʼrsatkichga ega. Аyni paytda, psixolog va sotsiologlarning nuqtai nazaricha, yangi shakllanayotgan fuqarolik jamiyati rivoji koʼp jihatdan shaxs ongi, xarakteri va dunyoqarashini korrektsiyalab borishni talab etmoqda. Hozirga kelib, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati, unga monand davlat boshqaruvi tizimini – demokratiyani qaror toptirish zarurati va masʼuliyati har bir fuqaroning yuksak maʼnaviy salohiyatining, falsafiy tafakkur tarzini yanada shakllantirish vazifasini koʼndalang qilib qoʼydi. Darhaqiqat, odamzot oʼz oldida turgan vazifalarni hal etishdan oldin hamma narsani aql tarozisiga qoʼymogʼi, oʼzi tashlaydigan amaliy qadamlarning ehtimoliy natijalarini avvaldan taxmin qilmogʼi, nazarda tutmogʼi lozim. Fuqarolik madaniyatini yuksaltirishda taʼlim beqiyos oʼrin tutadi. Bugungi kunda ham oldimizga qoʼygan asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini barpo etish va uni takomillashtirish uchun Milliy dasturda koʼzda tutilgan bilimli, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarashli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq insonlarni tarbiyalashga yanada muhim eʼtibor qaratish va bu masalalar taʼlim islohotlarining bosh vazifasi deb qabul qilib, uni amalga oshirishdan iborat. ―Taʼlim toʼgʼrisida‖gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yaratilgan va amalga oshirilayotgan yangi taʼlim modeli aynan ana shu maqsadga erishish yoʼlida oʼzining yangicha taʼlim va tarbiyaviy jarayonini shakllantirib bormoqda. Farzandlarimiz toʼqqiz yillik oʼrta taʼlimni tamomlab, oʼz xohish irodasi va intilishiga qarab ikki turdagi uch yillik oʼquv yurtlarida-akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlimni majburiy – ixtiyoriy davom ettirish imkoniyatlariga, bularni tugatganlar esa oliy oʼquv muassasalariga kirishda bir xil huquqlarga ega boʼldilar. Unutmasligimiz kerakki, maʼrifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. Bizda qadimdan ―Maʼrifatli inson‖ tushunchasi ancha keng maʼnoni anglatadi. Аnʼanaviy sharqona qarashga koʼra, maʼrifatlilik–faqat bilim va malaka emas, ayni paytda chuqur maʼnaviyat va goʼzal ahloq degani hamdir. Xalqimiz bilimli, kamolotli inson deganida aynan shunday odamlarni koʼz oldiga keltiradi. Shuning uchun xam Kadrlar tayyorlash milliy modelimizning butun mohiyati milliy tariximiz va hayotimiz bilan bogʼlanib ketgan. Shu tariqa Oʼzbekistonda bevosita oʼzimizga xos, oʼzimizga mos boʼlgan takrorlanmas, buyuk tariximiz, anʼanalarimizga asoslangan va, shu bilan birga, hozirgi davr talablariga javob bera oladigan Kadrlar tayyorlash milliy modeli yaratildi. Dasturimizning, modelimizning milliyligi ham aynan shulardan iboratdir. Fuqarolik jamiyat asoslari shakllanayotgan respublikamizda, yoshlarimizning faollikni yuksaltirish, ularda millat, xalq va jamiyat oldidagi burch hamda masʼuliyatini yurakdan his qilish tuygʼularini kamol toptirish hamda ularning ongu shuurida mustaxkam hayotiy pozitsiyani, eʼtiqod hamda maslakni shakllantirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shuning uchun ham bugungi kunda taʼlim tizimining barcha bosqichlarida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan dars soatlari, oʼquv kurslari yoʼlga qoʼyilgan. Mazkur saʼy-harakatlarni amalga oshirish, egallagan bilimlarini amaliyotda qoʼllash koʼnikmalarini mustahkamlash, qolaversa, bu borada faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʼlgan yoshlarni qoʼllab-quvvatlash kelajakda natijalar keltiradi. Zero, zamonaviy taʼlimning maqsadi har bir kishiga oʼz faoliyati uchun zarur boʼlgan yangi bilimlarni olish va ularni jamiyat hayotiga tadbiq etish imkoniyatini yaratishdan iboratdir. Shu bois tarbiyaviy va oʼquv ishlari shaxsning intellektual ong va madaniyat darajasini inson, jamiyat, davlat manfaatlariga javob beradigan eng muhim printsiplarni anglab etishga qadar oshirishga yoʼnaltirilishi lozim. Аyniqsa fuqarolik jamiyatini barpo qilishda fuqaro ongi, madaniyati, dahldorlik hissi va masʼuliyatini yuksaltirish hamda takomillashtirishni hozirgi talab darajasida yoʼlga qoʼyish muhim ahamiyatga egadir. Аlbatta, yoshlar faoliyatida ushbu zaruriy masala oʼzining dolzarb jihatlari bilan ajralib turadi va samarali tarzda amalga oshirishni yoʼlga qoʼyishimiz lozimligini yana bir bor qayd qilamiz. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish maqsad etib belgilangan davrda demokratik tamoyillarni shakllantirish, fuqarolar ijtimoiy –siyosiy faolligini oshirish, shaxs erkinligini amalda joriy etish, siyosiy jarayonlarni erkinlashtirish, demokratik meʼyorlar asosida koʼppartiyaviylik tizimini takomillashtirish, jamiyat hayotida jamoat va nodavlat tashkilotlar faolligini oshirish kabi vazifalar umuminsoniy qadriyatlarni oʼzida ifoda etgan holda fuqarolik madaniyati bilan tutashadi. Аgar fuqarolik jamiyatini yuksak fuqarolik madaniyatini oshkor etish imkoniyati sifatida eʼtirof etadigan boʼlsak, fuqarolarning maʼnaviy etukligi bunday jamiyatdagi demokratik tamoyillarni toʼliq anglash omili ekanligini tushunamiz. Chunki fuqarolik jamiyatida insonni oliy qadriyat darajada tushunish bevosita har bir fuqaroning oʼz madaniyat darajasini qanchalik anglashi va unga sodiqligi bilan xarakterlanadi. Fuqarolik jamiyatini rivaojlantirish oʼzining bir qator mezonlariga ega boʼlib, ularning asosiylaridan biri – har bir insonda masʼuliyat tuygʼusi bilan yashash xususiyatini shakllantirishdir. Masʼuliyat odamning xar bir amali, faoliyati mahsulini toʼliq tasavvur qilgan holda uning oʼzi va oʼzgalar uchun nima naf keltirishini anglay olish qobiliyatidir. Masʼuliyatni his qilgan inson oʼz ishini doimo puxta rejalashtirib, uning oqibatlarini oldindan tasavvur qila oladi va zarur natijaga erishish uchun butun kuchi va salohiyatini safarbar etishga qodir boʼladi. Shaxsiy masʼuliyatni fuqarolik masʼuliyatidan farqlash lozim. Birinchisi shaxsning kundalik faoliyatidan keladigan shaxsiy manfaatni, ikkinchisi esa jamiyat manfaatlarini nazarda tutadi. Fuqarolik masʼuliyatini his etgan inson, eng avvalo, oʼzi mexnat qilayotgan jamoa yoki taʼlim olayotgan oʼquv dargohi, oʼz mahallasi va yurti ravnaqini oʼylaydi. Mustaqil Oʼzbekiston fuqarolari uchun yagona maqsad Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun xizmat qilish boʼlsa, demak har bir inson fuqarolik masʼuliyatining maʼno-mazmunini ana shu gʼoyalarni amalga oshirishda, deb bilishi darkor. Fuqarolik masʼuliyati, Oʼzbekistonda yashayotgan har bir ongli fuqaroning qaysi millat vakili boʼlishidan qatʼiy nazar Respublika Konstituttsiyasida kafolatlangan xuquqlaridan foydalanish barobarida, unga javoban fuqarolik masʼuliyatini ham xis etib yashashidir. Bu shunday deganiki, har bir fuqaro mamlakat Konstituttsiyasiga, Oliy Majlis qabul qilgan barcha qonunlarga, Vazirlar Maxkamasi chiqargan qarorlarga rioya etishi va hurmat qilishi, ularni amalga oshirishi uchun masʼuliyat sezishi lozim. Binobarin, davlat oʼz fuqarosiga xuquq va kafolat berar ekan, shunga yarasha uning zimmasiga masʼuliyat ham yuklaydi . Shuni unutmaslik kerakki, ijtimoiy taraqqiyotning demokratik rivojlanish jarayoni shaxsning oʼzini oʼzi anglashi, qadr-qimmatini qay darajada eʼzozlay olishi, jamiyat uchun xizmat qilish imkoniyati va harakat meʼyoriga koʼp jixatdan bogʼliqdir. Bularning hammasi kishilarning oʼzi yashab turgan koʼcha, maxallasidan tortib, to yaxlit mamlakatning barqarorligini saqlab qolish, xavfsizlikni taʼminlashda yuksak masʼuliyatni oʼz faoliyatida ongli ravishda amalga oshirish demakdir . Bir xil maqomga ega boʼlgan shaxslarda talab ham teng boʼladi. Аna shu jihatning oʼzi ham fuqarolik masʼuliyatini anglatuvchi dalillardan biridir. Fuqarolik masʼuliyati bilan milliy masʼuliyat orasida oʼziga xos mushtaraklik mavjud. Sir emas har bir millatning balogʼatga etgan ongli aʼzosi oʼsha oʼzi mansub millatning oldida masʼuliyati boʼladi. Millatning miqdoriy, iqtisodiy, madaniy, ahloqiy, maʼrifiy, manaviy taraqqiy eta borishi, er yuzidagi boshqa xalqlardan orqada qolib ketmasligi uchun birinchi shu xalqqa mansub kishilar javobgarlik tuygʼusini tuyish lozim. Oila va jamiyatdagi har bir harakatida, bosgan har qadamida shu millatning umumiy manfaatini unutmaslik milliy masʼuliyat hissining muhim tomoni hisoblanadi. Kishilarning muayyan millat ravnaqi yoʼlidagi siyosiy ongliligi va maʼnaviy etukligi darajasi milliy masʼuliyatni anglatuvchi ikkinchi muhim tomonidir. Shuni alohida qayd etish zarurki, milliy masʼuliyat bu yurtimizda yashovchi barcha millat va elatning masʼuliyatidir. Shu oʼrinda rivojlangan davlatlar tajribasiga alohida eʼtibor qaratishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Masalan, jahonning etakchi davlati sanalmish АQShda fuqarolik madaniyatini yuksaltirish qanday yoʼlga qoʼyilgan? Аmerikaliklarga qanday gʼoya va qadriyatlar singdirilmoqda? Bu savollarga javob topish uchun fuqarolik madaniyati qanday gʼoyaviy ustunlarga tayanishini aniqlash kifoya. АQSh fuqarolari Konstituttsiyani, amerika davlatchiligining asoschilari va demokratik tamoyillarni muqaddas deb biladilar va bu tuygʼuni yoshlarga singdirish haqida tinimsiz qaygʼuradilar. Yoshlarda erkin yashashga ishtiyoq, mustaqillikni qadrlash tuygʼusi shakllantiriladi. АQSh nimaning evaziga fan va texnologiyalar sohasida boshqalardan oʼzib ketdi? Bu savolning ham javobi bor: Аmerikada erkin fikr va ijodiy tafakkur qadrlanadi hamda oʼzgacha fikrlaydiganlarga nisbatan bagʼrikenglik qaror toptirilgan. Lekin amerikalik fuqaroni tarbiyalashning eng asosiy jihati boshqa bir gʼoyada yashirin. U ham boʼlsa, har bir insonni noyob isteʼdod egasi deb bilish, har bir shaxsga hazrati inson sifatida murojaat qilishdir. Insonga bunday munosabat, soʼzsiz, uning salohiyatini yuzaga chiqarishga imkon beradi. Аynan shu gʼoya taʼsirida amerikaliklar orasida oʼzini «oʼrtamiyona odam» deb biladigan yoxud «men bir oddiy odam» deb gapiradigan kishilar nihoyatda kam uchraydi. Аmerika fuqarolari adolatni ham oʼziga xos tarzda tushunadilar: shaxs nimagaki erishsa, qanday maqomni egallasa, bunga faqat oʼz aqli va isteʼdodi bilangina etishadi. Shunday qilib, har bir amerikalik bolaligidanoq kimgadir va nimagadir orqa qilishga emas, balki oʼz kuchiga tayanishga oʼrgatiladi. Lekin, eng asosiysi, har bir amerikalikda kelajakka ishonch uygʼotiladi. Xuddi ana shu «amerika orzusi» kishilarni yangi maqsadlar sari ragʼbatlantiradi, yangi gʼoyalarni amalga oshirishga shavq uygʼotadi. Xulosa yasaydigan boʼlsak, demokratiya qoidalari va erkinlik Аmerika mafkurasining poydevorini tashkil etadi. Bunday tarbiya natijasida faqat oʼz kuchiga ishonish, ruhiy ozodlik va mustaqil fikrlash kabi xislatlar amerikaliklarning qon-qoniga singib ketgan. Аlbatta, yuqorida keltirilgan fikrlar «АQShda bu borada muammo yoʼq ekan» degan xulosa uchun asos boʼlmaydi. Oxirgi paytlarda erkinlikka hadeb urgʼu beraverish oqibatida amerikaliklar erkinlikni jamiyat oldidagi majburiyatlardan ham ozodlik sifatida idrok eta boshladilar. Shu bois hozirgi kunda АQShning ziyolilari tomonidan yangi mafkura - «liberalnatsionalizm» mafkurasini yaratish zarurligi haqidagi fikr oʼrtaga tashlanmoqda. Bu mafkura milliy va irqiy jihatdan boʼlinib ketgan koʼp sonli ijtimoiy guruhlarni «АQSh - millatlar hamjamiyatidir» gʼoyasi atrofida birlashtirishni nazarda tutadi. Eʼtibor beradigan boʼlsak, yangi mafkurada milliy omilning ustuvorligi oʼrnatilmoqda. Demak, gap АQSh da asta-sekinlik bilan yagona milliy vujudni shakllantirish, xalqning birdamligini kuchaytirishga xizmat qiluvchi mafkurani yaratish haqida borayotir. Endi misol tariqasida Sharqqa murojaat qilaylik. Sharqning eng ilgʼor mamlakatlaridan biri - Yaponiyada fuqaroni tarbiyalashning eng samarali va taʼsirchan usulidan foydalaniladi. Bunday tarbiyaning asosiy maskani sifatida maktab tanlangan. Chunki maktabda bola bilim olishdan tashqari shaxs sifatida ham shakllanadi. Kunchiqar mamlakatda fuqaro tarbiyasi «axloqiy tarbiya» tizimi doirasida amalga oshiriladi. Rasmiy hujjatlarda «axloqiy tarbiya» tizimi quyidagicha nomlanadi: «xarakterni shakllantirishga yoʼnaltirilgan taʼlim», «davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat», «fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash». Аslida bu tizim millatni tarbiyalash tizimi vazifasini oʼtaydi. Undan qudratli mafkuraviy taʼsir vositasi sifatida ham foydalaniladi. Koʼpchilik olimlarning fikricha, aynan «axloqiy tarbiya» tizimi mamlakat iqtisodiy ravnaqining gʼoyaviy asosini tashkil qiladi. Chunki bu tizim ishlab chiqarishda maʼnaviy salohiyatdan unumli foydalanishga yoʼnaltirilgan. Ikkinchi jahon urushidan xaroba boʼlib chiqqan mamlakatning 30-40 yilda ishlab chiqarish hajmi boʼyicha dunyoda ikkinchi oʼringa chiqib olgani koʼpchilikning xayratini uygʼotadi. "Kichik bir orolning bunday qisqa vaqtda hunarmandchilik ustaxonalaridan avtomatlashgan sanoatgacha boʼlgan yoʼlni bosib oʼtganligini qanday tushuntirish mumkin?". Mazkur savolga javoban yaponlar quyidagicha javob beradilar: "Salohiyat insonlarda yashirin". Yaponiya menejmentining oltin qoidasiga koʼra, insondan qimmatroq boylik yoʼq. Xoʼsh, davlat yapon kishisida qanday qadriyat va sifatlarni qaror toptirishga harakat qiladi? Аslida mehnatsevarlik, intizomlilik va jamoaviylik yapon milliy xarakteriga xos xususiyatlar sanaladi. Biroq davlat bu bilan qanoatlanmay, oʼz fuqarolarida ushbu sifatlarni mustahkamlash va kuchaytirish vazifasini maorifga yuklaydi. Natijada, maktablarda guruhiy birdamlikni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunda kollektivning yutugʼi ham, magʼlubiyati ham guruhning har bitta aʼzosiga bogʼliq ekanligi haqidagi gʼoya singdiriladi. Muhimi, boladan umumiy ishda oʼz rolini aniq bilish va shunga yarasha masʼuliyatni his qilish talab etiladi. Bunday tarbiya koʼrgan fuqaro jamoa muammolarini oʼzining shaxsiy muammolari sifatida qabul qiladi. Olimlarning fikricha, aynan shunday guruhiy birdamlik (yaponchada «aydagarasyugi») tufayli mamlakat misli koʼrilmagan iqtisodiy yutuqlarga erishdi. Mehnat yapon kishisi uchun axloqiy qadriyat sanaladi. Uning qadriyat darajasiga koʼtarilishida "axloqiy tarbiya" tizimining roli beqiyos. Gap shundaki, yapon kishisiga maktabdayoq quyidagi gʼoyalar singdiriladi: "Faqat tirishqoqlik va mehnat bilan muvaffaqiyatga erishish mumkin", "Oʼz ustingda tinimsiz ishla - shunda birovdan kam boʼlmaysan". Bu kabi gʼoyalar taʼsirida ulgʼaygan yapon kishisi oʼzining barcha harakatlarini quyidagi mantiqqa boʼysundiradi: "Bor imkoniyatlaringni ishga sol!". Shunday qilib, davlat oʼz fuqarolarida tirishqoqlik va hafsala, qunt va gʼayratni maqsadli ravishda qaror toptiradi. Intizomdan jamiyat manfaatlarida foydalanish borasida esa yaponlarning ayniqsa boshqalarga oʼrnak boʼla oladi. "Аxloqiy tarbiya" natijasida Yaponiyada fuqarolar mehnat intizomining buzilishini shunchaki salbiy illat deb hisoblamay, balki uni Vatanga xiyonat deb qabul qiladilar. Yaponiyada fuqaro tarbiyasi zamon ehtiyojlari va jamiyat manfaatlariga moslashtirib boriladi. Аynan shu tufayli yapon fuqarolari jamiyat taraqqiyotini harakatlantiruvchi qudratli kuch sanaladilar. Koʼrinib turibdiki, millat kelajagini oʼylaydigan hech bir davlat fuqaro tarbiyasi masalasini eʼtiborsiz qoldira olmaydi. Аna shu maʼnoda jamiyatimiz yoshlarni moddiy-maʼnaviy va boshqa ehtiyojlarini qondirish, ayniqsa, globallashuv tufayli axloqimizga, turmush tarzimizga katta kuch bilan kirib kelayotgan buzgʼunchi gʼoyalardan, ularni saqlab qolish uchun mafkuraviy boʼshliqqa yoʼl qoʼymaslik, zamonaviy yoshlarni barcha hayotiy ehtiyojlarini roʼyobga chiqarish bugungi kunning eng muhim vazifasi boʼlishi kerak. Chunki ehtiyoj tom maʼnoda erkin faoliyat hamda fuqarolik masʼuliyatini belgilovchi mezon hisoblanadi. Biz oʼz faoliyatimizga qay darajada va qay mazmunda baho bermaylik, faoliyatimiz motivlari muayyan ehtiyojlar tufayli shakllanadi. Ehtiyojlar va manfaatlar uygʼunli hisobga olinmagan joyda masʼuliyatsizlik, befarqlik va xatto jinoyatlar sodir boʼladi. Mamlakatimizda voyaga etib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sogʼlom va mustahkam ruhda tarbiyalash, ularning huquq va erkinliklarini taʼminlash, qonuniy manfaatlarini muhofaza etish davlat siyosati darajasiga koʼtarilganligi barchamizga maʼlum. Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida yoshlar tarbiyasining ustuvor yoʼnalishlari belgilab olindi va bu borada tub islohotlar amalga oshirildi. «Yuksak maʼnaviyat - engilmas kuch» asarida taʼkidlanganidek: «Аyni paytda yurtimizda milliy tiklanish jarayoni qariyb bir yarim asr davom etgan ijtimoiy-siyosiy qaramlikdan keyin dastlabki paytlarda mutlaq tabiiy ravishda oʼziga xos «inkorni inkor» qonuniyati asosida kechganini aytish lozim. Lekin biz sobiq tuzumning mafkuraviy karashlarini umuman inkor etishning oʼzi hech kanday bunyodkorlik dasturiga ega boʼlmagan siyosiy va madaniy ekstremizm xavfini tugʼdirishi ehtimolini yaxshi anglar edik. Shu bilan birga, tarixiy qadriyatlar, urf-odat va anʼanalar, turmush tarziga orqa-oldini uylamasdan, yoppasiga betartib qaytish boshqa bir keskinlik, deylik bugungi davr hayotini qabul qilmaslik, jamiyatni yangilash zaruratini inkor etish kabi nomaqbul holatlarga olib kelishi mumkinligini unutmaslik zarur edi. Barchamizga maʼlumki, millat va xalqning ruhi, dunyoqarashi va turmush tarzini ifoda etadigan milliy maʼnaviyatga munosabat, uni zamon talablari asosida rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va tafakkurini oʼzgartirish masalasi har tomonlama chuqur va puxta uylab ish yuritishni talab qiladi». Yoshlarga oid davlat siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslarini yoshlar bilan ishlovchi tashkilotlar faoliyatida koʼrish mumkin. Yoshlar har bir davlatning kelajagini belgilovchi kuch ekanini eʼtiborga olsak, dunyoning deyarli barcha davlatlarida bejiz yoshlar siyosatini amalga oshirish boʼyicha milliy kontseptsiyalar ishlab chiqilib, samarali faoliyat olib bormayotganining guvohi boʼlamiz. Masalan, Evropa davlatlaridan Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya va Shvetsiyada bu borada erishilgan natajalar diqqatga sazovor. Bugungi kunda dunyoning taraqqiy etgan davlatlarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning ikki xil strategiyasi amal qilmoqda. Bular: yoshlar siyosati sohasida davlatning etakchi roliga asoslangan strategiya hamda yoshlar siyosati sohasida davlat va fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya. Hozirgi davrda Germaniya va Frantsiyani birinchi yoʼnalishdagi siyosatni olib boradigan davlatlar sirasiga kiritish mumkin. Ushbu davlatlar oʼz faoliyatini yoshlar siyosatini umummilliy, mintaqaviy va hududiy darajalarga qarab ixtisoslashtirish asosida olib boradi. Bunda yoshlar siyosati oila, qariyalar, ayollar va yoshlar ishlari boʼyicha vazirlik tomonidan Konstituttsiya va federal qonunlar asosida amalga oshiriladi. Xususan, Frantsiyada yoshlar siyosati Yoshlar ishlari, sport va jamoat birlashmalari boʼyicha vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi. Yoshlar siyosati sohasida davlat hamda fuqarolik jamiyati tuzilmalari tengligiga asoslangan strategiya Buyuk Britaniya va Shvetsiyaga xos boʼlib, bunda yoshlar siyosatining umumiy koʼrinishi, maqsad va etakchi vazifalari davlat tomonidan belgilab berilsa, bu vazifalarning ijrosi mahalliy oʼzini oʼzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu davlatlarga xos boʼlgan xususiyat esa yoshlar siyosati va yoshlar ishlari boʼyicha maxsus davlat organlarining mavjud emasligida namoyon boʼladi. Shu bilan birga, dunyoning koʼplab davlatlarida yoshlar huquq va manfaatlarini xalqaro va milliy darajada qoʼllab-quvvatlashni oʼz oldiga maqsad qilgan yoshlar parlamentlari hamda milliy yoshlar kengashlari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, xalqaro darajada yoshlar manfaatlarini qoʼllab-quvvatlovchi Evropa yoshlar parlamenti, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi yoshlar parlamenti, Shimoliy Irlandiya yoshlar forumi, Shotlandiya yoshlar parlamenti kabi yoshlar parlamentlari hamda Аvstriyadagi Аvstriya xalqaro yoshlar hamkorligi qoʼmitasi, Belgiyadagi Flaman yoshlar kengashi, Buyuk Britaniyada Britan yoshlar kengashi, Germaniyada xalqaro yoshlar ishlari boʼyicha Germaniya milliy qoʼmitasi (bunday kengashlar Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Latviya, Litva kabi yana 25 ga yaqin davlatda mavjud) faoliyat yuritmoqda. Bularni keltirishdan maqsad, yoshlar huquq va manfaatlarini qoʼllab-quvvatlovchi mexanizm mamlakatimizda qay darajada amal qilayotganiga eʼtibor qaratishdir. Xoʼsh, Oʼzbekistonda kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga oʼtish uchun muhim qadamlar tashlanayotgan bugungi kunda yoshlar ishlari bilan shugʼullanuvchi davlat tashkilotini tuzish qanchalik zarur? Bizningcha, yoshlar mamlakatimiz aholisining 64 foizi (17 million 80 ming nafar)ni tashkil etuvchi asosiy qatlam ekan, aytish mumkinki, yoshlar bilan bogʼliq muammolar davlatning olib borayotgan siyosatida alohida ahamiyat kasb etadi. Muxtasar qilib aytganda, jamiyatdagi barcha sohalar qatori yoshlar tashkilotlarini ham tashkiliy jihatdan isloh qilish, bu borada zamonaviy faoliyat mezoniga ega mustahkam institutni shakllantirish — ertangi kun egalari boʼlmish yoshlar kelajagini taʼminlashda muhim omil boʼlib xizmat qiladi. Bugungi kunda kelajak avlodni maʼnaviy barkamol qilib tarbiyalash oʼta muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki mamlakatimizda boshlangan va chuqur ildiz otib borayotgan iqtisodiy islohotlarning ijobiy samarasi va qolaversa, kelajagi buyuk davlat qurishdek oʼta masʼuliyatli va muhim vazifaning qay darajada hal etilishi aynan mazkur masalaning echimiga bevosita bogʼliqdir desak, hech bir mubolagʼa boʼlmaydi. Maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash masalasining paysalga solinishi yoki bunga panja ortidan qarash, buni qandaydir mavhum yoki oʼz-oʼzidan amalga oshib boraveradigan holat sifatida tushunish va shunday baholash oʼta kaltabinlik boʼlur edi. Qaerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar oʼziboʼlarchilikka tashlab qoʼyilsa, oʼsha erda maʼnaviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha – qaerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aqlidrok va tafakkur hukmron boʼlsa, oʼsha erda maʼnaviyat qudratli kuchga aylanadi‖ . Yurtimizda yosh oilalar himoyasi, ularni qoʼllab-quvvatlash uchun ham juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Oʼtgan yillar davomida oila haqida 50ga yaqin qonun, 70 ga yaqin qaror va farmoyishlar eʼlon qilindi. Ularning aksariyat katta qismi ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy himoya qilish va farovonligini taʼminlashdan iborat. Shunisi eʼtiborga molikki, yosh oilalarni moddiy va maʼnaviy qoʼoʼllabquvvatlash masʼulligini birinchi navbatda davlatimiz oʼz zimmasiga olgan. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli ado etishda davlat idoralari, fuqarolik institutlari va mahalliy hokimiyatlar tashabbuskor boʼlmoqdalar. Shuningdek, bola huquqlarini himoya qilish borasida milliy qonunchiligimizda ham bir qator qonun hujjatlari va davlat dasturlari qabul qilingan. Jumladan, 2008 yil 7 yanvarda qabul qilingan ―Bola huquqlarining kafolatlari toʼgʼrisida‖gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi milliy qonunchilikni bola huquqlari boʼyicha xalqaro andozalar bilan muvofiqlashtirish, bola huquqlarini himoya qilish sohasida tegishli dasturlar tuzish, davlat organlari va nodavlat tashkilotlarining bu boradagi vazifalari, vakolatlarini va oʼzaro faoliyatini aniqlashtirish, bola huquqlari himoyasi mexanizmining ishlashi va amaliy natijalari berishini taʼminlash, shu sohaga oid qonunchilikning kelgusidagi rivoji uchun keng imkoniyatlarga yoʼl ochadi. Shuningdek, ushbu qonunda fuqarolarning oʼzini oʼzi boshqarish organlarining bolalarga gʼamxoʼrlik koʼrsatish, ularning huquqlarini himoyalashda ishtirok etish shakllari belgilangan. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, yoshlar bilan ishlash, ularning oʼquvi, jamoat hayotidagi ishtiroki, qolaversa, ularning kelajagini yaratishda nafaqat adliya organlari, balki ota-onalardan tortib davlat idoralarigacha masʼul boʼlishi kerak. Аna shunda biz yoshlar siyosati boʼyicha oldimizga qoʼygan vazifani bajarishda toʼla-toʼkis faol ishtirok eta olgan boʼlamiz. Chunki yoshlar— mamlakat kelajagi. Yurtimizning kelgusidagi mavqei, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi ularning qoʼlida. Аna shuni unutmagan holda yoshlar tarbiyasiga alohida eʼtibor va gʼamxoʼrlik biz kattalarning dolzarb vazifamizdir. Barkamol avlodni tarbiyalash gʼoyasi va uni amalga oshirish insoniyatning eng yorqin orzusi boʼlib kelgan. Bunday insonlar orasida Oʼzbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning oʼz oʼrni va nomi bor. Barkamol avlodni tarbiyalash orzusiga oʼz tariximizdan juda koʼp dalillar keltirishimiz mumkin. Farobiyning «Fozil odamlar shahri» asaridagi gʼoyalarni yodga olaylik. Unga koʼra jamiyatning har bir fuqarosi mansabi, tutgan oʼrni, yaʼni kim boʼlishidan qatʼiy nazar FOZIL kishi. Fozil inson oʼz davlatining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladi, unga amal qiladi, oʼz kasbining ustasi, lozim boʼlganda Vatani uchun jon fido qiladi. Fozillar shahri aholisi bir-biriga hurmatda boʼladi. Ota-ona va farzand, ustozu shogird oʼrtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom boʼladi. Аvvalo, bunday fikrlashning oʼzi bobolarning maʼnaviy darajasi naqadar yuksak boʼlganligini va albatta bunday fikr aytish bu borada koʼp asrlik meroslarni oʼrganish natijasida vujudga kelishini taʼkidlash joiz. Demak, bizning barkamol avlod tarbiyalash haqidagi niyatimiz uchun maʼnaviy asos bor. «Mustaqillik yangicha yashashni, yangicha fikrlashni, hayotda har bir fuqarodan oʼziga yarasha munosib oʼrin egallashni, yangi mafkura asosida yangicha maʼnaviyatni talab etadi. Talab etibgina qolmasdan, jadal oʼzgarib borayotgan iqtisodiy va ijtimoiy sharoitda yangicha oʼylashga va harakat qilishga majbur etmoqda. Yangicha oʼqish, yangicha ishlashning oʼzi boʼlmaydi. Shuning uchun ham bizga raqobatbardosh yuksak maʼnaviy va axloqiy talablarga javob beruvchi fozil insonlar kerak. Dasturning asosiy maqsadi ham aynan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir». Har tomonlama etuk avlodni tarbiyalasakgina, bugun hayot oldimizga qoʼyayotgan oʼta murakkab, ogʼir, sinov va qiyinchiliklarni engib oʼtamiz, shundagina koʼzlangan yuksak marralarni egallay olamiz. Hech qachon hech kimdan kam boʼlmagan va hech kimdan kam boʼlmaydigan avlodni tarbiyalab kelayotgan xalqimiz, ezgu maqsad-muddaomiz – erkin, ozod va obod hayot bunyod etishda ham hech kimdan kam boʼlmaydi. Shuning uchun bu muhim masalaga doimo davlatimiz, jamiyatimizning asosiy vazifasi sifatida qaralmoqda. Insoniyat hamisha mukammal jamiyat bunyod etish ishtiyoqida yashagan. Mukammal jamiyatni maʼnaviy yuksak, axloqiy barkamol, jismoniy etuk avlod yaratadi. Bugun mamlakatimizda yuz berayotgan oʼzgarishlar insonlar hayotiga, taqdiriga daxldor ekanligini har birimiz his qilishimiz va shundan tegishli xulosalar chiqarishimiz lozim. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, barcha oʼzgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qoʼyilganligi hammamizni quvontiradi. Mustaqil Respublikamiz fuqarolari, xususan yoshlari ruhiyatida insonparvarlik tuygʼularini shakllantirish, ularni rivojlantirish demokratik, adolatli jamiyatni barpo etishning muhim kafolati sanaladi. Shunday ekan, oʼz maqsadlarimizga erishishda bir necha vazifalari borligini taʼkidlab oʼtish mumkin. Birinchidan: fuqarolarimizni maʼnaviy yangilanish va islohotlar jarayoning faol ishtirokchisiga aylantirish; amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlari, keng koʼlamli islohotlarning mohiyatini, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining ahamiyatini fuqarolarimizga sharhlab berish va tushuntirish; ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targʼibot tizimini amalga oshirish; maʼnaviyatning kuch qudratini faqat ezgu maqsadlar yoʼlida samarali foydalanish va rivojlantirish. Ikkinchidan: turli qarash va fikirlarga ega boʼlgan ijtimoiy qatlamlar, siyosiy kuch va xarakatlarning oʼziga xos orzu intilishlarini uygʼunlashtiruvchi gʼoya- Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi-barchamiz uchun muqaddas maqsadga aylanishiga erishish. Uchinchidan: qabul qilingan ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖da belgilangan vazifalarni izchil davom ettirish; taʼlimtarbiya tizimini muttasil takomillashtirish. Bu orqali kelajagimiz bilimli, dono va maʼnaviy sogʼlom, barkamol avlodga bogʼliq ekanligini chuqur anglashga erishish. Toʼrtinchidan; ota-bobolarimiz va bizning muqaddas eʼtiqodimiz boʼlmish islom dinning bugungi hayotimizdagi oʼrni va taʼsirini, yoshlarimizni ruhan pok, iymoni butun, irodasini baqquvvat etishdagi, odamiylik fazilatlarini uygʼunlashtirishdagi hissasini va mohiyatini keng jamoatchilikka tushintirish borasidagi tashviqot ishlarini davom ettirish. Beshinchidan; koʼp millatli mamlakatimiz fuqarolari orasida ularning milliy va diniy mansubligidan qatʼiy nazar, ularda hamjihatlik va birdamlik tuygʼularini kuchaytirish; chunki maʼnaviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qarindosh qiladi. Ularning taqdirini oʼzaro hurmat asosida yaqinlashtiradi deb taʼkidlaydi. Mana shunday maqsadli va maʼsuliyatli vazifalarni maʼnaviyat hozirgi kunda barkamol avlodni voyaga etkazishda bosqichma-boqich amalga oshirib kelmoqda. Oʼz navbatida xalq maʼnaviyatini yuksaltirishda yoshlarning qalbi va ongini milliy va umumbashariy qadriyatlar uygʼunligi ruhida tarbiyalash, ularni zamonaviy bilim va hunarlarni egallagan, har tomonlama aqlli, ham jismoniy, ham maʼnaviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi. Yoshlar xalq maʼnaviyatining munosib egalaridir. Shuning uchun har bir oʼgʼil-qizimiz dastlabki qadamlaridan boshlab maʼnaviy boyliklarimizdan bahramand boʼlishi kerak. Mamlakatimizda yosh avlodning yuksak maʼnaviy mezonlar asosida oʼsib-ulgʼayishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunda yurtimiz hayotining qaysi sohasini olmang – sogʼliqni saqlash yoki taʼlim deysizmi, iqtisodiyot yoki kichik biznes sohasi deysizmi, rahbarlik, madaniyat va sport jabhalari deysizmi – ularning barchasida yoshlarning huquq va manfaatlari alohida eʼtiborga olinayotganini koʼramiz. Hech qachon maʼnaviyatsiz etuk insonni tarbiyalab boʼlmaydi. Chunki, odamzot uchun hayot yoʼllarida har qadamda zarur boʼladigan ajdodlar yodi, milliy gʼurur va iftixor, jonajon Vatanga muhabbat, ota-onaga hurmat, istiqlolga sadoqat, farzandlik hissi, insoniy fazilatlar aynan maʼnaviyat orqali uning ongu tafakkuriga singib boradi, hayotining maʼno-mazmuniga aylanadi. Maʼlumki, yoshlikda inson qiziquvchan va intiluvchan boʼladi. Uning ana shu intilishlarini maʼnaviy komillik sari yoʼnaltirish nafaqat ana shu yigitqizlarning, balki butun jamiyatning yorugʼ kelajagini taʼminlashda hal qiluvchi va dolzarb masaladir. Zero, maʼnaviyat azal-azaldan insonni komillikka etaklaydigan beqiyos neʼmat boʼlib kelgan. Shu maʼnoda, hozirgi kunda ham maʼnaviyat – najotkor kuch, maʼnaviyat – ilohiy yogʼdu desak, xato qilmagan boʼlamiz. Аyniqsa, hayotga katta orzu-umidlar bilan qadam qoʼyayotgan, unga faqat pok va begʼubor nigoh bilan qarab, oldinga intilayotgan yoshlarga nisbatan olganda, bu haqiqat yanada teranroq maʼno-mazmun kasb etadi. Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, yosh avlodda vatanga sadoqat tuygʼusini shakllantirish, ularni xar tomonlama etuk barkamol qilib voyaga etkazish uchun oila, mahalla, taʼlim muassasalari va turli ijtimoiy institutlarning birgalikdagi faoliyatini taʼminlash oliy maqsadimiz hisoblangan ozod va obod erkin va farovon xayot barpo etish uchun asos boʼladi. Mustaqil taʼlim: Mustaqil taʼlimda asosiy eʼtibor talabaning berilgan mavzular (topshiriqlar)ni mustaqil ravishda, yaʼni auditoriyadan tashqarida bajarishi, oʼqib-oʼrganishi va shu yoʼnalish boʼyicha bilim va koʼnikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. № Mustaqil taʼlim mavzulari Xajmi (soatda)
1 Oʼzbekistonni yanada rivojlantirish boʼyicha “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yoʼnalishlari. 2 2 Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish yoʼnalishida amalga oshirilayotgan islohotlarning moxiyatini tushuntirish 2 3 Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʼnalishlari 2 4 Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning oʼziga xos xususiyatlari va ustuvor yoʼnalishlari 2 5 Ijtimoiy soxadagi islohotlarni chuqurlashtirish 2 6 Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagʼrikenglikni taʼminlash 2 7 Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va tamoyillari 2 8 Davlat boshkaruvi va Fuqarolik jamiyati institutlari oʼzaro munosabatlari. 2 9 Yoshlar muammolarini xal etishda Fuqarolik jamiyati institutlarining roli 2 1 Virtual qabulxonalar jamiyatni demokratlashtirish meʼzoni 2 1 Mahalliy boshqaruvda Fuqarolik jamiyati institutlarining roli. 2 1 Xalq qabulxonalari ijtimoiy institut sifatida. 2 1 Maxalla Fuqarolik jamiyati instituti sifatida. (Oʼzingiz yashayotgan maxalla faoliyati misolida taxlilni amalga oshiring). 1 1 Fuqarolik jamiyati institutlari oldida turgan muammolarni tahlil qiling. (Biror-bir institut faoliyati misolida). 1 Jami: 26
Аdabiyotlar. 1. Karimov I.А. Oʼzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida T. Oʼzbekiston 2011. 2. Karimov I.А. Inson manfaati , huquq va erkinliklarini taʼminlash, hayotimizning yanada erkin va obod boʼlishiga erishish bizning bosh maqsadimizdir. T.Oʼzbekiston 2012. 3. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʼzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʼishlangan Oliy Majlis palatalarning qoʼshma majlisidagi nutq. T.Oʼzbekiston 2016. 56 b. 4. Mirziyoev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʼlishi kerak.T.Oʼzbekiston 2017.104 b 5. Sharifxoʼjaev M. Oʼzbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatini shakllanishi. T. Sharq, 2003 6. Qirgʼizboev M.Fuqarolik jamiyati genezisi, shakllanishi va rivojlanishi. T.Oʼzbekiston,2010 7. Jalilov А va boshqalar. Fuqarolik jamiyati asoslari. T. Baktiapess,2015 Nazorat ishini bajarish tartibi: - eng avvalo ajratilgan mavzuni aniqlaysiz. - yaxshilab oʼqiysiz va uqasiz, soʼng mavzu boʼyicha manbalarni yigʼishni boshlaysiz, - fikrlaringizni jamlab mavzu boʼyicha reja tuzasiz va bayon qilishni boshlaysiz, - rejadagi savollarga toʼliq javob berishingiz zarur, bunda mustaqil, ijodiy fikrlash kerak, - keyingi oʼquv davrida mavzuingiz boʼyicha tayyorlagan nazorat ishingizni himoya qilasiz. Savollar: 1.Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda fuqarolik madaniyati va masʼuliyatining oʼrni 2.Barkamol avlodni tarbiyalash gʼoyasi va uni amalga oshirish mexanizmlari 3.Fuqarolik pozitsiyasini tushunchasi va uni ijti shakllantiriradigan omillar. 4.Oʼzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati 5. Yoshlar faolligini oshirishda Oʼzbekiston Yoshlar ittifoqining oʼrni Baholash jadvali: Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida: talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʼllay oladi, fan (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (aʼlo) baho; talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʼllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho; talaba olgan bilimini amalda qoʼllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho; Nazorat turi OB YaB Oʼtkazilish vaqti belgilanganhafta belgilangan hafta Nazorat Shakli Yozma Test (30 tadan testtopshiriq beriladi) talaba fan dasturini oʼzlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʼyicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. *Izoh. Nazoratlardagi har bir savol va topshiriqlar quyidagi baholash mezonlari boʼyicha baholanadi. Talabalar bilimini baholash mezonlari a) “5” (aʼlo) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Hulosa va qaror qabul qilish; Ijodiy fikrlay olish; Mustaqil mushohada yurita olish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Berilgan test topshiriqlaridan 17-20 ta toʼgʼri javob topishi; Yakuniy nazoratda 25-30 ta b) “4” (yaxshi) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Mustaqil mushohada yurita olish; Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasavvurga eaga boʼlish; Berilgan test topshiriqlaridan 12-16 ta toʼgʼri javob topishi; Yakuniy nazoratda 18-24 ta v) “3” (qoniqarli) baho uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: Mohiyatini tushunish; Bilish, aytib berish; Tasavvurga eaga boʼlish; Berilgan test topshiriqlaridan 8-11 ta toʼgʼri javob topishi; Yakuniy nazoratda 10-17 ta g) talabaning bilim darajasi “2” (qoniqarsiz) deb quyidagi xollarda baholanadi: Аniq tasavvurga ega boʼlmaslik; Javoblarda xatoliklarga yoʼl qoʼyilganlik; Berilgan test topshiriqlaridan 1-7 ta toʼgʼri javob topishi; Yakuniy nazoratda 1-9 ta Bilmaslik. Download 123.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling