Твчдпи мутахассислик фанидан малакавий имтиҳон билети ихтисослик
ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ
Download 358.5 Kb.
|
13.00.01 - билетлар).14.05.22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aqliy tarbiya
- Mehnat tarbiyasi
- Jismoniy tarbiya
ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ
Ихтисослик: 13.00.01-Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи 9- билет 1. Ўқув-тарбия жараёнини назорат қилиш: турлари ва функциялари, баҳолаш мезонлари 2. Педагогика фанида янги тармоқларнинг юзага келиши ва ривожланиш истиқболлари 3. Давлат таълим стандартлари – тузилмаси, ишлаб чиқилиши ва амалда қўлланилиш тартиби 4. Менежментнинг методологик асослари ва функциялари. Таълим сифати менежменти ва унинг асосий хусусиятлари JAVOBLAR 1. 1 Aqliy tarbiya-Aqliy tarbiya. Aqliy tarbiyani shakllantirishda faqat tushuncha va faktlardan foydalanishning o‘zi yetarli emas, buning uchun fikrlash, isbotlash, xulosa chiqarish, umumlashtirish, tizimlashtirish, taqqoslash, asosiy ma’lumotni ajratib olish kabi jarayonlarni ham faol qo‘llash lozim bo‘ladi. Aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil qilish o‘quvchilarga mustaqil bilim olishda eng muhim element bo‘lib hisoblanadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda aqliy mehnatni to‘g‘ri tashkil etish, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘zo‘zini nazorat qilish malakasining hosil bo‘lishiga ko‘maklashadi. Aqliy tarbiya o‘quvchilarda didaktikani jamlab olish xususiyati, xotirani mustahkamlash, fikrlash operatsiyalarini ratsional o‘tkazish kabi malakalarni o‘stiradi. Mehnat tarbiyasi- Mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasi oldida turgan asosiy vazifa o‘quvchilarga mehnat ta’limiga oid ilmiy bilimlar berish, mehnat qurollari bilan muomala qilishga o‘rgatib, hayotga, ijtimoiy foydali mehnatga tayyorlashdir. Bu vazifalarni ikki turkumga ajratish mumkin. Jismoniy tarbiya-Jismoniy tarbiya. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama rivojlantirish tizimidagi o‘z vazifasini bajarish bilan birga, u quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga qaratilgan: salomatlikni mustahkamlash, inson organizmini chiniqtirish va o‘quvchilarning jismoniy rivojlanishiga yordam berish; harakat ko‘nikmalarini va malakalarini shakllantirish hamda takomillashtirish; o‘g‘il bolalarni armiya safariga tayyorlash; badantarbiya va sportning mohiyati hamda ijtimoiy roli haqidagi ma’lumotlardan xabardor qilish. Jismoniy tarbiyaga, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan buyon davlat darajasida ahamiyat berilmoqda. Jismoniy tarbiya va sport ishlariga hukumatimiz tomonidan katta g‘amxo‘rlik qilinmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy modelining o'ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to'qqiz yillik umumiy o'rta hamda uch yillik o'rta maxsus kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir. Maktabgacha ta'lim bolaning sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg'otadi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha " 1 ta'lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. UMUMIY O'RTA TA'LIM To'qqiz yillik (I—IX sinflar) o'qishdan iborat umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Ta'limning bu turi boshlang'ich ta'limni (I— IV sinflar) qamrab oladi hamda o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilimlarni o'zlashtirish ehtiyojini, asosiy o'quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko'nikmalarini, ijtimoiy fikrlash va atrof-muhitga Ongli munosabatda bo'lishni va kasb tanlashni shakliantiradi. [Umumiy o'rta ta'lim tugallanganidan keyin o'quv fanlari va ular bo'yicha olingan baholar ko'rsatilgan holda davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat beriladi. O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI Umumiy o'rta ta'lim negizida o'qish muddati uch yil bo'lgan majburiy o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi uzluksiz ta'lim tizimi- dagi mustaqil turdir. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishi — akademik iitsey yoki kasb-hunar kolleji o'quvchilari tomonidan ixtiyoriy tanlanadi. Download 358.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling