Твчдпи мутахассислик фанидан малакавий имтиҳон билети ихтисослик
Download 358.5 Kb.
|
13.00.01 - билетлар).14.05.22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogikaning taraqqiyot tendensiyalari.
- Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi
ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ Ихтисослик: 13.00.01-Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи 1- билет 1. Педагогика фанининг структураси 2. Педагогика тарихининг тараққиёт тенденциялари 3. Таълим тизими ва турлари. Олий таълимдан кейинги таълимнинг мақсад ва вазифалари 4. Хорижий давлатлар таълим моделлари JAVOBLA1. Shaxs kamolotini ta'minlash, uning intellektual, ma'naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o'ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Shu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o'rganiladi. Ular quyidagilardir:Umumiy pedagogika — maktab yoshidagi boialarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish masalalarini o'rganadi.Maktabgacha ta'lim pedagogikasi — maktabgacha ta'lim yoshidagi boialarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi.. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi - boshlang'ich sinflar o'quvchilarini tarbiyalash, ularga ta'lim berish, ularning o'ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o'rganadi. Korreksion (maxsus) pedagogika — rivojlanishida turli psixologika fiziologik nuqsonlari bo'lgan boialarni tarbiyalash va o'qitish bilan bog'liq muammolarni o'rganadi.O'z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir: 4-1. Surdopedagogika va surdopsixologiva — eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi.4.2. Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiva — aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi.4.3. Tiflopedagogika va tifiopsixologiya — ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi. 4.4. Logopediya va nutqiv buzilishlar psixologivasi — nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlari bo'lgan bolalar (ko'r, soqov va kar bolaIar)ni rivojlantirish, o'qitish va tarbiyalash masalalarini o'rganadi.Metodika — xususiy fanlarni o'qitish xususiyatlarini o'rganadi.Pedagogika tarixi - ta'lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o'rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o'rganadi.Pedagogik texnologiya — ta'lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta'lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o'rganadi.Pedagogik mahorat — bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o'rganadi. Ta'limni boshqarish — ta'lim muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o'rganadi. Ijtimoiy pedagogika — ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g'oyalarning tutgan o'rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo'naltirish muammolarini o'rganadi. 2. Pedagogikaning taraqqiyot tendensiyalari. “Konsepsiya” yoki “konsept” lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “tushunish”, “tizim” ma’nolarini anglatib, birorbir narsabuyum, hodisa yoki jarayonni tushunishning ma’lum bir usulini o‘zida ifoda etadi. Konsepsiya – 1) tabiat va jamiyatdagi jarayonlar va narsahodisalarga doir qarashlar tizimi; 2) islohot, dastur, loyiha, rejalarni amalga oshirishga doir harakatlar strategiyasi; 3) faoliyat xilmaxil turlarining konstruktiv tamoyili. Pedagogika fanida konsepsiya deganda ta’lim, tarbiya, rivojlanish jarayonlari mohiyatini yaxlit hodisa sifatida tushunish asosida uni amalga oshirish vositalar tizimini tashkil etish usuli nazarda tutiladi. Konsepsiyada asosiy e’tibor pedagogik faoliyat strategiyasini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillariga qaratiladi. - Ta’lim konsepsiyasi pedagogik hodisalarni tushunish, uning yetakchi g‘oyalarini tashkil etishga imkon beruvchi tizimlashtirilgan nazariya. - Konsepsiya (pedagogik) – pedagogik ob’ekt mohiyati, tamoyil va metodlari mohiyatini ochib beruvchi yetakchi g‘oyalar tizimi. - O‘qitish (ta’lim) konsepsiyasi – o‘quv jarayonining mohiyati, mazmuni, metodikasini tushunishga doir qarashlar tizimi yoki umumlashgan g‘oyalar yig‘indisi. Talabalarning qobiliyatlarini va mahoratlarini rivojlantirish, mustaqil fikr yuritishni kengaytirish, insonparvarlik, mehrmuruvvat hislarini tarbiyalash, diyonatni asrash, mehroqibatni mustahkamlash, nutq madaniyatini, taraqqiyotini o‘stirish, ahloqiyestetik kamolotga yetkazish, mehnat va tabiatga muhabbat ruhini singdirishda pedagogika fanining roli benihoyat kattadir. Pedagogika fani rivojining asosiy taraqqiyot yo‘nalishlari 1. Falsafiy yo‘nalish. 2. Psixologik yo‘nalish. 3. Didaktik yo‘nalish. 4. Kibernetik yo‘nalish. 5. Matematik yo‘nalish. 6. Psixoteropevtik yo‘nalish. 7. Akmeologik yo‘nalish. Zamonaviy sharoitda pedagogika fanining asosiy vazifalari Zamonaviy sharoitda pedagogikaning asosiy vazifalari inson turmush tarzining barcha yo‘nalishlari (ijtimoiy, shaxsiy, siyosiy va boshqalari)da samarali pedagogik tizimlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: ta’limtarbiya, ta’limiy va tarbiyaviy tizimlarni boshqarish sohasiga doir qonuniyatlarni aniqlash va o‘rganish; pedagogik tajribani o‘rganish va joriy etish; ta’lim tizimlarining istiqboldagi rivojlanishini tashxis etish; ta’limtarbiyaning yangi shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish; pedagogik tadqiqot natijalarini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; xalqaro pedagogik loyihalarda ishtirok etish, axborotlar almashish, pedagogik yo‘nalishga doir xalqaro tajribalarni o‘rganish; pedagogik muasssalarning barqaror tizimini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirish. Pedagogikaning rivojlanish manbalariturmush tarzi, an’nalar va marosimlar, xalq pedagogikasida aks etgan ko‘p asrlik amaliy tajriba; falsafiy, ijtimoiy, pedagogik va psixologik manbalar; jahon va milliy tarbiya amaliyoti; maxsus tashkil etilgan pedagogik tadqiqot natijalari; novatorpedagoglarning tajribasi. XXI asrda pedagogika fani rivojining asosiy tendensiyalari Pedagogikaning fan sifatida amaliy jihatining kuchayishi. Pedagogikaning fan sifatida tabaqalashuvi, ya’ni aniq ob’ekt va predmetiga ega yangi yo‘nalishlarining vujudga kelishi; Pedagogikaning boshqa fan sohalari bilan integratsiyalashuvi. Pedagogika fanining taraqqiyotiga ta’sir etuvchi ayrim jihatlar Matematikstatistik, biopsixologik va gnoseologik semasiologik fanlari natijalaridan keng foydalanish asosida pedagogikaning boshqa insonshunoslik fanlari bilan mustahkam aloqalarini o‘rnatish va ilmiy bilimlarning integratsion jarayonini chuqurlashtirish. Dunyoni pedagogik anglashning nazariyfundamental doirasini kengaytirish, ya’ni fanning ilmiy maqomi va ijtimoiy funksiyasini saqlab qolish uchun nazariyadan amaliyotga tomon harakatlanish kerak. Pedagogik fanlar taraqqiyotini ta’minlashda matematikstatistik va semantiksemasiologik axborot manbalaridan tizimli foydalanish. Ijtimoiy xulqatvor me’yorlarini optimallashtirish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmlarini boshqarishda pedagogik jarayonni axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratish. Pedagogika o‘z rivojining individual traektoriyasini saqlab qolishi hamda boshqa fanlarning tushuncha va kategoriyalaridan o‘rinsiz foydalanish hisobiga uning tushunarsiz va murakkablashuviga olib kelmaslik. Global planetar muammolarni hal etish uchun shaxslararo, millatlararo va davlatlararo munosabatlarni insonparvarlashtirish va ahloqiy me’yorlarning to‘liq ta’minlanishiga doir ilmiytadqiqotlarni amalga oshirish. 3. Pedagogikaning taraqqiyot tendensiyalari. “Konsepsiya” yoki “konsept” lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “tushunish”, “tizim” ma’nolarini anglatib, birorbir narsabuyum, hodisa yoki jarayonni tushunishning ma’lum bir usulini o‘zida ifoda etadi. Konsepsiya – 1) tabiat va jamiyatdagi jarayonlar va narsahodisalarga doir qarashlar tizimi; 2) islohot, dastur, loyiha, rejalarni amalga oshirishga doir harakatlar strategiyasi; 3) faoliyat xilmaxil turlarining konstruktiv tamoyili. Pedagogika fanida konsepsiya deganda ta’lim, tarbiya, rivojlanish jarayonlari mohiyatini yaxlit hodisa sifatida tushunish asosida uni amalga oshirish vositalar tizimini tashkil etish usuli nazarda tutiladi. Konsepsiyada asosiy e’tibor pedagogik faoliyat strategiyasini ishlab chiqishning asosiy yo‘nalishlari va tamoyillariga qaratiladi. - Ta’lim konsepsiyasi pedagogik hodisalarni tushunish, uning yetakchi g‘oyalarini tashkil etishga imkon beruvchi tizimlashtirilgan nazariya. - Konsepsiya (pedagogik) – pedagogik ob’ekt mohiyati, tamoyil va metodlari mohiyatini ochib beruvchi yetakchi g‘oyalar tizimi. - O‘qitish (ta’lim) konsepsiyasi – o‘quv jarayonining mohiyati, mazmuni, metodikasini tushunishga doir qarashlar tizimi yoki umumlashgan g‘oyalar yig‘indisi. Talabalarning qobiliyatlarini va mahoratlarini rivojlantirish, mustaqil fikr yuritishni kengaytirish, insonparvarlik, mehrmuruvvat hislarini tarbiyalash, diyonatni asrash, mehroqibatni mustahkamlash, nutq madaniyatini, taraqqiyotini o‘stirish, ahloqiyestetik kamolotga yetkazish, mehnat va tabiatga muhabbat ruhini singdirishda pedagogika fanining roli benihoyat kattadir. Pedagogika fani rivojining asosiy taraqqiyot yo‘nalishlari 1. Falsafiy yo‘nalish. 2. Psixologik yo‘nalish. 3. Didaktik yo‘nalish. 4. Kibernetik yo‘nalish. 5. Matematik yo‘nalish. 6. Psixoteropevtik yo‘nalish. 7. Akmeologik yo‘nalish. Zamonaviy sharoitda pedagogika fanining asosiy vazifalari Zamonaviy sharoitda pedagogikaning asosiy vazifalari inson turmush tarzining barcha yo‘nalishlari (ijtimoiy, shaxsiy, siyosiy va boshqalari)da samarali pedagogik tizimlarni yaratishga yo‘naltirilgan. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: ta’limtarbiya, ta’limiy va tarbiyaviy tizimlarni boshqarish sohasiga doir qonuniyatlarni aniqlash va o‘rganish; pedagogik tajribani o‘rganish va joriy etish; ta’lim tizimlarining istiqboldagi rivojlanishini tashxis etish; ta’limtarbiyaning yangi shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish; pedagogik tadqiqot natijalarini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish; xalqaro pedagogik loyihalarda ishtirok etish, axborotlar almashish, pedagogik yo‘nalishga doir xalqaro tajribalarni o‘rganish; pedagogik muasssalarning barqaror tizimini ishlab chiqish va ularning samaradorligini oshirish. Pedagogikaning rivojlanish manbalari turmush tarzi, an’nalar va marosimlar, xalq pedagogikasida aks etgan ko‘p asrlik amaliy tajriba; falsafiy, ijtimoiy, pedagogik va psixologik manbalar; jahon va milliy tarbiya amaliyoti; maxsus tashkil etilgan pedagogik tadqiqot natijalari; novatorpedagoglarning tajribasi. XXI asrda pedagogika fani rivojining asosiy tendensiyalari Pedagogikaning fan sifatida amaliy jihatining kuchayishi. Pedagogikaning fan sifatida tabaqalashuvi, ya’ni aniq ob’ekt va predmetiga ega yangi yo‘nalishlarining vujudga kelishi; Pedagogikaning boshqa fan sohalari bilan integratsiyalashuvi. Pedagogika fanining taraqqiyotiga ta’sir etuvchi ayrim jihatlar Matematikstatistik, biopsixologik va gnoseologik semasiologik fanlari natijalaridan keng foydalanish asosida pedagogikaning boshqa insonshunoslik fanlari bilan mustahkam aloqalarini o‘rnatish va ilmiy bilimlarning integratsion jarayonini chuqurlashtirish. Dunyoni pedagogik anglashning nazariyfundamental doirasini kengaytirish, ya’ni fanning ilmiy maqomi va ijtimoiy funksiyasini saqlab qolish uchun nazariyadan amaliyotga tomon harakatlanish kerak. Pedagogik fanlar taraqqiyotini ta’minlashda matematikstatistik va semantiksemasiologik axborot manbalaridan tizimli foydalanish. Ijtimoiy xulqatvor me’yorlarini optimallashtirish, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmlarini boshqarishda pedagogik jarayonni axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratish. Pedagogika o‘z rivojining individual traektoriyasini saqlab qolishi hamda boshqa fanlarning tushuncha va kategoriyalaridan o‘rinsiz foydalanish hisobiga uning tushunarsiz va murakkablashuviga olib kelmaslik. Global planetar muammolarni hal etish uchun shaxslararo, millatlararo va davlatlararo munosabatlarni insonparvarlashtirish va ahloqiy me’yorlarning to‘liq ta’minlanishiga doir ilmiytadqiqotlarni amalga oshirish. 4. Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Ta`lim- tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolutsiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a`zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb – hunarga yo‘naltirishda, ta`lim mazmunini yaxshilashda pedagogic vositalarni qo‘llash, ta`limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yul oshish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat –e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan. Котиб: п.ф.ф.д(PhD) Д. Махмудова Download 358.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling