Твчдпи мутахассислик фанидан малакавий имтиҳон билети ихтисослик
Download 358.5 Kb.
|
13.00.01 - билетлар).14.05.22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Impakt-faktor
2Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflari asosida xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash ularning xohishiga ko‘ra milliy valyutada yoki xorijdagi hisobvaraqlariga o‘tkazgan holda chet el valyutasida amalga oshiriladi; (4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son — 2020-yil 1-avgustdan kuchga kiradi) xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislar uchun ikki tomonga aviachiptalarni sotib olish xarajatlari (uzoq muddatli mehnat shartnomalarida bir yilda ikki martadan oshmagan holda) oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada to‘lanadi; xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarning bir oydan oshmagan muddatga tuzilgan qisqa muddatli mehnat shartnomalari bo‘yicha respublika mehmonxonalarida yashash xarajatlari oliy ta’lim muassasasi, Tarmoq markazlari tomonidan milliy valyutada to‘lanadi, bundan uzoq muddatga tuziladigan mehnat shartnomalari bo‘yicha xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarning uy-joy ijara xarajatlari tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq oylik maoshlarini to‘lashda amalga oshiriladi; Oldingi tahrirga qarang. xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan davrida kunlik safar xarajatlari 80 ming so‘m miqdorida milliy valyutada to‘lanadi; (4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi PF-5197-sonli Farmoni tahririda) oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari jismoniy shaxslar daromad soliqlari to‘lashdan ozod etiladi; oliy ta’lim muassasalari, Tarmoq markazlari o‘quv jarayoniga jalb qilinadigan xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomasi doirasida olinadigan daromadlari yagona ijtimoiy to‘lovlardan ozod etiladi; xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb etish va ularning moddiy ta’minoti bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish manbasi sifatida oliy ta’lim muassasalari va Tarmoq markazlariga o‘rnatilgan tartibda ajratiladigan budjet mablag‘lari, oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari, xalqaro moliya va boshqa tashkilotlar, xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi. 5. Ta’lim va o‘qitish sifati ustidan samarali davlat nazoratini o‘rnatish maqsadida Davlat test markazining Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalarini attestatsiya qilish boshqarmasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib: ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish; idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin. 6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining manfaatdor davlat boshqaruvi organlari bilan kelishilgan quyidagi takliflari qabul qilinsin: Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirish va uning ixtisoslashuvini o‘zgartirish; Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilish. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘liq tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar tarkibini butlash, zarur moddiy-texnika va o‘quv-laboratoriya bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin. 7. 2017 — 2021-yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlarni samarali muvofiqlashtirish uchun 75-sonli ilovadagi* tarkibga muvofiq Komissiya tashkil qilinsin. 2. 1945 yili Parijda BMT tashkiloti (YUNESKO) tuzildi. Xalqaro pedagogika sohasidagi tadqiqotlar uchun kerakli ma‘lumotlar ko‘paydi. Jahon mamlakatlarida maorifning ahvoli haqida yilnoma nashr qilina boshladi. Qiyosiy pedagogika muammolari bo‘yicha xalqaro anjuman uyushtirildi. 1956 yillarda AQSH qiyosiy pedagogika jamiyati yuzaga keldi. Londonda Yevropa Qiyosiy pedagogika jamiyati tashkil qilinib, vazifalari belgilab olindi. Shunday tashkilotlar jumlasiga: Buyuk Britaniya, GFR, Belgiya, Ispaniyada bo‘limlari bo‘lgan Londondagi Evropa Qiyosiy pedagogika Jamiyati, Avstriya, Kanada va Yaponiya jamiyati, Gamburgdagi pedagogika instituti, Zalsburg (Avstriya) dagi qiyosiy pedagogika instituti, Kyusyu universiteti qoshidagi qiyosiy pedagogika instituti hamda pedagogik tadqiqotlar davlat instituti (Yaponiya) va boshqalar ham kiradi. Qator xalqaro jurnallar: ―Qiyosiy pedagogika‖, ―Qiyosiy pedagogika bo‘yicha axborot‖, ―Ta‘lim dunyosi‖ kabilar chop etila boshlandi. Qiyosiy pedagogika taraqqiyotining to’rtinchi bosqichi – krizisli bosqich (XX asrning 60-yillaridan 80-yillarigacha). Komparativistikaning ushbu rivojlanish bosqichi jamiyat ehtiyojlari bilan ta‘lim natijalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar pedagogika fani va amaliyotida anglanganligi davriga to‘g‘ri keladi. YUNESKOning xalqaro ta‘limni rejalashtirish instituti direktori Filipp Kumbs 1968 yilda ―Ta‘lim inqirozi‖ deb nomlangan asarini yozdi. Asarning mashhurligi shu bilan belgilanadiki, Kumbs unda ijtimoiy hayotda ma‘lum bo‘lgan muammolarni aniq ko‘rsatib bergan. Bu muammolarni ―xippi‖ deb nomlangan yoshlar harakatininng kengayishida, ―jinsiy revolyutsiya‖, ―ayollar harakati‖ va boshqa ijtimoiy voqeliklarda kuzatish mumkin edi. Yoshlar o‘z ota - onalarining ijtimoiy tajriba va qadriyatlarini o‘rganishdan bosh tortadilar. Bu holat ta‘lim va tarbiya sohasida qiyosiy taqqoslovchi xarakterga ega bo‘lgan izlanishlar sonining sezilarli darajada oshishiga turtki bo‘ldi. O‘tgan asrning 60-70 yillarida O‘zbekistonda ham ta‘lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, fan-texnika sohasida yutuqlarga erishish maqsadida iste‘dodli kadrlar tanlab olinib, yetakchi ilm dargohlari hamda ta‘lim muassasalarida o‘z tajribalarini oshirishlari borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Buning natijasida yadro fizikasi, biotexnologiya, alkoloidlar kimyosi, paxtachilikni rivojlantirish kabi bir qator sohalarda o‘zbek olimlari sezilarli yutuqlarga erishib, tegishli ravishda o‘z ilmiy maktablarinini yaratdilar. Qiyosiy pedagogika rivojlanishining beshinchi bosqichi – integratsion bosqich (XX asrning 80-yillaridan hozirgi kungacha). ―Integratsiya‖ turli qismlar, bo‘laklarning bir tizimga birlashish, uyg‘unlashish jarayonidir. Integratsion bosqichning o‘ziga xosligi globallashuv va uning zamonaviy ta‘lim rivojlanishiga ta‘siri bilan xarakterlanadi. Globallashuv – bu avvalo hayot sur‘atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega. Globallashuv jarayonining tezlashish omillaridan biri internetdir. Hozirgi ommaviy globallashuv sharoitida nafaqat ta‘limni, balki madaniyat, kinomatografiya, musiqa, san‘at kabi inson ma‘naviyatini shakllantirish hamda rivojlantirishga yordam beradigan sohalarni milliy mentalitetni saqlagan holda qiyosiy tahlil etish har tomonlama rivojlangan yoshlarni voyaga etkazish imkoniyatini beradi. Hozirgi pedagogika fani hamda ta‘lim muassasalari oldida o‗rganish, taqqoslash, xulosalash zarur bo‘lgan qator muammolar turibdi. Ularni hal qilish, samaradorligini oshirish va xalq ta‘limi tizimiga joriy qilish muhimdir: 1. Ta ‗lim tizimi rivojlanishini rag‘batlantiradigan qonunlar qanday bo‘lishi kerak? 2. Ta lim va tarbiya vositalarining samaradorligini oshirish uchun nima qilish zarur? 3. Kelajakni ta‘minlash va erishilgan yutuqlarni yo`qotmaslik uchun ta‘lim mazmuni qanday bo‗lishi kerak? 4. Yetarli darajada yuqori saviyali ilmiy bilim berish uchun nima qilish kerak? 5. O‗qitish jarayoniga innovatsiyani joriy etish, turli xalqlarning madaniyatini o`rganish, ta‘limda ulkan amaliy tajribalarni umumlashtirish zarur. 3. Impakt-faktor (IF, yoki IF) — ushbu ilmiy jurnalda chop etilgan maqolalarning sitatlanganligining raqamli ko'rsatkichi. 1960-yillardan boshlab u har yili ilmiy axborot instituti (ingl. Institute for Scientific Information, ISI), 1992 yilda Thomson korporatsiyasi tomonidan sotib olingan va hozirda Thomson Scientific deb nomlanadi va Journal Citation Report jurnalida chop etiladi. IFga muvofiq (asosan boshqa mamlakatlarda, lekin yaqinda Rossiyada tobora ko'proq) jurnallar darajasi, ularda chop etilgan maqolalar sifati baholanadi, tadqiqotchilarga moliyaviy yordam beradi va xodimlarni ishga qabul qiladi. Ta'sir omili ilmiy tadqiqotlar natijalarini baholashga katta, ammo noaniq baholangan ta'sir ko'rsatadi. 4. Buyuk BritaBritaniyada ta'lim tizimi. - maktabgacha talim. - boshlang'ich ta'lim. - umumiy o'rta ta'lim. - keyingi ta'lim. - oliy ta'lim. Maktabgacha ta'lim. Buyuk britaniyada 3 tort yashar bolalarning 50% yaqini bolalar bogchalari yoki kichkintoylar markazlarida tarbiyalanadi. 5 yoshdan majburiy ta'lim boshlanadi. ANGLIYADA BOSHLANG’ICH TA'LIM. - Angliyada 2 tipdagi maktablar mavjud: 1. Davlat maktablari 2. Xususiy maktablar - o'quv yili 38 hafta davom etadi. - yil bir biridan yozgi ( 6 hafta) Рождество va пасха ( 2- 3 hafta) tatillari bilan ajratiladigan триместр larga bo'linadi. Триместр lar ortasida 1 haftalik tanaffus beriladi. UMUMIY O'RTA TA'LIM Buyuk Britaniyaning o'rta ta'limi asosan 2 hil gramatik va birlashtirilgan maktablar faoliyat ko'rsatadi. ( ulardan tashqari texnik va zamonaviy maktablar ham bor) Maktablarning ommaviya turi birlashtirilgan maktablar hisoblanadi. Ularda Angliya o'quvchilarining 90% taxsil oladi. O'quv yili sentyabrida boshlanadi va iyul ohirida tugaydi. O'quvchilar 11 sinfni tamomlaganidan so'ng majburiy ta'lim tugaganligi haqida sertifikat olish uchun imtihonlar topshiradilar. Bu imtihonlarga britaniyaliklar 2 yil davomida maxsus GCSE ( General Certificate of Secondary Education) dasturi boyicha tayyorlanadi. Buyuk BritaBritaniyada magistratura faqat bir davom etadi. Britaniya unversitetlarida magistrlik dasturlari 2 toifaga bo'linadi. RESEARCH programmes va TAUGHT programmers. Download 358.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling