Твчдпи мутахассислик фанидан малакавий имтиҳон билети ихтисослик
ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ
Download 358.5 Kb.
|
13.00.01 - билетлар).14.05.22
ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ
Ихтисослик: 13.00.01-Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи 3- билет 1. Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни ва “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури”нинг мазмун-моҳияти, жаҳон мамлакатларидаги мазкур ҳужжатлар билан қиёсий таҳлили 2. Таълим-тарбия ва педагогика тарихини даврлантириш муаммолари. 3. Автодидактика – билим олувчи таълим технологиясини лойиҳалаш назарияси ва амалиёти сифатида 4. Таълим муассасаси менежменти JAVOBLAR 1. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchisi, deb ko’rsatib o’tiladi. Demak, davlat tomonidan uning ta’lim xizmatlari iste’molchisi sifatida bilim olishi va kasb-hunarga ega bo’lishi uchun zarur shart-sharoit yaratiladi. O’z navbatida shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida kasbiy malakaga ega bo’lgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish sohasida faoliyat olib borib, bilimi va tajribasini namoyon etadi. Bu esa ta’lim jarayonida aqlan rivojlangan, ma’naviy-axloqiy shakllangan, jismoniy etuk, muayyan kasb-hunar asoslarini puxta egallagan, har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga jiddiy talablar qo’yadi. Bu borada oliy ta’lim muassasalarida o’qitiladigan pedagogik va psixologik turkum fanlar (Pedagogika nazariyasi va tarixi, kasbiy ta’lim pedagogikasi, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya, umumiy psixologiya, pedagogik psixologiya, pedagogika va psixologiya)ning imkoniyatlari cheksiz. Zero oliy pedagogik ta’limning psixologik asosiy maqsadi ham shaxsning aqliy, ma’naviy – axloqiy, estetik, jismoniy rivojlanishi, talabalar yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning ijodiy imkoniyatlarini har tomonlama ro’yobga chiqarish, insonparvarlik munosabatlarini tarkib toptirish, ya’ni barkamol shaxsni shakllantirishdan iboratdir. 2. Pedagogika tarixi – ta’lim-tarbiyaning tarixiy tajribasini, jahon madaniyatini rivojlanishi (tsivilizatsiyasi, ya’ni tamadduni)ni hozirgi zamon bilan, har bir xalq madaniy va pedagogik fikrlari taraqqiyotini butun insoniyatning tsivilizatsiyasi (tamadduni) bilan uzviy bog’liq holda o’rganishni taqozo etadi. Pedagogik-tarixiy hodisalar, g’oyalar, nazariyalar, qarashlarni bayon etish mantiqi va harakteri pedagogika tarixi fanini talabalar tomonidan oson o’zlashtirishiga imkon yaratadi.Taniqli pedagog olim Malla Ochilovning ta’kidlashicha, O’zbekistonda pedagogika tarixini yaxlit, yagona madaniy, pedagogik tarixiy jarayon sifatida yoritish uchun shartli ravishda quyidagicha beshta davrga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq:Qadimgi zamonlardan arablar istilosigacha (VII asrgacha) bo’lgan davr.VIII asrdan XIX asr o’rtalarigacha – Turkistonni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinguncha o’tgan davr.XIX asrning 60-yillaridan XX asr boshlarigacha o’tgan davr.1917-20 yillardan (oktyabr inqilobidan) 1991 yilgacha o’tgan davr.O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishgan va hozirgi kundapedagogik-tarixiy rivojlanish davri. 3.Avtodidaktika bu shaxsning ozini ozi rivojlantirish va ozini ozi tarbiyalashning universal tizimi. Bu raxbarsixz yoki muassasasiz oqishni oz ichiga oladi. Har qanday talim muassasasidan tashqarida mustaqil ravishda talim olgan shaxs AVTODIDAKT deyiladi 4. Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so`z yuritilganda, O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so`z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to`xtalib o`tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi: uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o`zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo`li bilan boshqarib borilishi; barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to`g`risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi; ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi; moliya-xo`jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o`quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi; ta’lim muassasalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o`tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko`ra ta’lim sohasida faoliyat ko`rsatish huquqi beriladi; muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o`z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi. Имтихон комиссия раиси п.ф.д., проф. Н. А.Муслимов Котиб: п.ф.ф.д(PhD) Д. Махмудова Download 358.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling