Твчдпи мутахассислик фанидан малакавий имтиҳон билети ихтисослик
ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ
Download 358.5 Kb.
|
13.00.01 - билетлар).14.05.22
- Bu sahifa navigatsiya:
- ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ Ихтисослик: 13.00.01-Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи 8- билет
ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ
Ихтисослик: 13.00.01-Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи 7- билет 1. . Тарбиянинг моҳияти. Тарбиянинг мазмуни. Тарбия жараёнини амалга ошириш принциплари 2. XIV асрнинг иккинчи ярми ва XVI асрда Моварауннаҳрда педагогик фикрлар ривожи 3. Педагогика фанида илмий-методологик ёндошувлар 4. Маркетинг. Бюджетдан ташқари маблағ топиш усуллари Имтихон комиссия раиси п.ф.д., проф. Н. А.Муслимов Котиб: п.ф.ф.д(PhD) Д. Махмудова ТВЧДПИ МУТАХАССИСЛИК ФАНИДАН МАЛАКАВИЙ ИМТИҲОН БИЛЕТИ Ихтисослик: 13.00.01-Педагогика назарияси. Педагогик таълимотлар тарихи 8- билет 1. Акмеология – педагогика фанининг интегратив тармоғи сифатидаги тавсифи 2. 1917-1991 йилларда Ўзбекистонда таълим тизими ва педагогик фикрлар ривожи 3. Педагогик тадқиқотларнинг долзарблиги, мақсади, муаммони шакллантириш, тадқиқот предмети, илмий янгилик мезонлари 4. Таълим муассасаси иқтисоди JAVOBLAR 1. Akmeologiya atamasi 1928-yilda rossiyalik psixoiog N.A.Ribnikov tomonidan ilk bor ilmiy muomalaga kintilgan. Inson ontogenezidan keyingi bosqichlarida rivojlanib boradigan, еtuklik bosqichigacha shakllanadigan, individual shaxsiy va sub’ektiv taraqqiyotida ko‘tarilib boradigan cho‘qqini ilmiy maktabning bu namoyondalari ko‘pincha kulminatsiya yoki optimum deb ataydilar. Insoniyat tarixida fan, madaniyat rivojlanishida tub o‘zgarish yasagan Uyg‘onish davrining akmeologik tomoni shundaki, bunda insonning o‘z -o‘zini anglash tizimi va uning darajalarini aniqlovchi tashkiliy tuzilmalarning turli-tumanligidadir. Bir soha akmesi, masalan, falsafa, boshqa soha va yo‘nalishlar – astronomiya, matematika, meditsina va boshqa fanlar akmesi bilan bog‘lanib ketdi. Ayrim manbalarda akmeologiya B.G.Ananev, V.M.Bexterev, V.N.Myasishev, E.S.Kuzmin, N.V.Kuzmina, N.A.Ribnikov va boshqalar tomonidan yaratilgan yangi fan, degan qaydga nazarimiz tushadi. Ammo bu kabi ta’rifning qanchalik to‘g‘ri ekanligiga albatta ilmiy nuqtayi nazardan qarash maqsadga muvofiq bo‘lar edi, deb o‘ylaymiz. Sababi, akmeologiyaning asosiy rivojlanish bosqichlari tarixiy - falsafly davrlar silsilasi bilan bog‘liq. Ya’ni, akmeologik dunyoqarash qadimgi Yunoniston mutafakkirlari va zardushtiylik ta’limotining kitobi «Avesto», islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karim, Hind eposi «Kalila va Dimna» hamda Kaykovusning «Qobusnoma» asarlarida o‘z ifodasini topgan. Bu davrda «akme» so‘zi o‘rnida «mukammallik», «oliy nasab» kabi tushunchalar ishlatilgan, Kaykovusning «Qobusnoma» asarida har bir yosh kasb-hunar yolida ilm-bilim egallashi, aql-zakovatni charxlashi bilan birga eng oliy insoniy fazilatlarga ega bo‘lsagina yuksak maqsadlarga erisha olishi mumkinligi to‘g‘risida so‘z boradi. Akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi bo‘lib, ushbu tushuncha shaxsning intiluvchanlik xossasini anglatadi. Akmeshaxs – akmeologiyaning asosiy predmeti bo‘lib, uning mazmun-mohiyati – insonning har bir kasb-hunarni ilm-bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi jihatlarini fanlar bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan iborat bo‘lib, insonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy dunyosida yuksakroq cho‘qqilarga, kasbiy kamolotda mukammallik bosqichiga erishish muammolarini o‘rganadi. Rivojlangan mamlakatlarning asosiy takomillashuv mexanizmi raqobat bo‘lib, insonni doimo yuksaklik, komillikka, barkamollikka undaydi. Bu jihat akmeologiyada milliylik va umuminsoniylikning o‘zaro dialektik munosabatlarini shakllanishiga olib keladi. Akmeologiya inson kasbiy faoliyati doirasidagi professionallik va ijodiylikning akme shaklining rivojlanishi uchun zarur qonuniyatlari o‘rganuvchi fan bo‘lgani uchun «akmeologiya» atamasining mazmuni, mohiyati insonshunos olimlar tomonidan turli bahs va munozaralarni keltirib chiqarmoqda 2. Maktablardagi o`quv - tarbiya ishlari mazmuni tuzum maqsadi asosida o`zgardi. Din va Qur’oni Karimga e’tibor umuman taqiqlandi. 1918 - 20 yillarda yangi siyosat asosida o`quv reja va dasturlari tuzildi, dars va tadbirlar shu asosida o`tkazildi. Tarix darslarida voqealar buzib talqin etildi. Adabiyot darslarida esa rus yozuvchilarini o`rgatishga e’tibor qaratildi. Aniq fanlarni o`qitish miqyosi kengaydi. Ijtimoiy fanlarni o`qitishda ham o`zgarishlar bo`ldi.Avvalo milliy maktablarda o`qituvchilar yetishmasligi ko`zga tashlandi. 1918 yil 20 yanvardagi sobiq RSFSR XKS ning "Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to`grisida"gi dekreti asosida turli mullalar, ziyoli din ahllarining maktablarda dars berishlariga yo`l quyilmadi.Hukumatning xalq maorifi sohasidagi yangi siyosatiga javoban ulkada juda ko`plab maktablar ochilib, o`quvchilar soni ancha oshgan. 1918 yili Toshkentda o`lka maorif xodimlarining se’zdi ochilib, xalq maorifini qayta qurish bo`yicha tadbirlar belgilangan. "Mehnat maktablari" deb atalgan maktablar ochildi. Yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi. 1918 yil bahoriga kelib respublikada ishlab turgan maktablarning soni 330 taga yetdi.1919 - 20 o`quv yili boshida Farg`ona viloyatida 350 ta, Sirdaryo viloyatida 839 ta, Samarqand viloyatida 216 ta maktab ishladi.Qizlar maktablari ochila boshlad,i1917yili Beshyog`ochning Zevak mahallasida Bashorat Jalilova maktab ochib, 22 ta o`zbek qizini o`qitadi. Keyin bunday maktablar soni ko`payib boradi.O`lkada o`rta, maxsus o`rta va oliy o`quv yurtlari ham ochila boshladi. 1918 - 20 yillar ichida Turkiston sharqshunoslik instituti, Timiryazev nomidagi bilim yurt, Xotin - qizlar bilim yurti, va boshqalar, 1921 yil ximiya - formakologiya instituti, konservatoriya, 6 ta qishloq xo`jalik texnikumi ishga tushdi. Bular orasida 1918 yili 21 aprelda Toshketda ochilgan Turkiston xalq universiteti alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Uning viloyatlarda bo`limlari tashkil etiladi. Sobiq RSFSR XKS ning 1920 yil 7 sentabr dekreti bilan shu universitet negizida Turkiston davlat universiteti tashkil etildi. 3. Ilmiy tadqiqotlar - bu ilmiy kashfiyotlar va ilmiy nazariyalarni quvvatlovchi yoqilg'i. Nazariyalar, olimlar ilgari kuzatuvlarni tashkil qilish va tushunishlariga, keyin esa kelajakdagi kuzatuvlarni oldindan aytib berishga va yaratishga imkon beradi. Ilmiy nazariyalarning hammasi umumiy e'tiqodga ega bo'lib, ular e'tiqod va ilm-fan kabi ilmsiz g'oyalardan ajralib turadi. Ilmiy nazariyalar quyidagilar bo'lishi kerak: izchil, parsimonious, tuzatilishi mumkin, empirik ravishda sinovdan / tekshirish, foydali va progressiv. Ilmiy yangilik qachon e'tirof etiladi: o'rganish, ilm-fan, yuqorida ko'tarilmaydi, bir muammoni ishlab chiqadi; oldindan tekshirilgan ob'ekt fan o'rganib qilinmagan; ob'ektga nisbatan yangi bilim oldi; Yuqoridagi shartlar har qanday kombinatsiyasi ham rozi. 4. Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos bo`lgan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta’lim tizimida ham boshqarishni to`g`ri tashkil etilishi juda muhim.Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o`ta muhim hisoblanadi.Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma’lum bir ob’ektga tashkiliy, rejali, tizimli ta’sir ko`rsatish demakdir. Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko`ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag`batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir.Bugungi kunda pedagogika faniga ta’lim muassasalarini boshqarish bo`yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Имтихон комиссия раиси п.ф.д., проф. Н. А.Муслимов Котиб: п.ф.ф.д(PhD) Д. Махмудова Download 358.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling