1. xvi–xviii asrlarda Mo‘g‘uliston Jo‘ng‘or xonligining tashkil topishi
Download 45.02 Kb.
|
2-Ma\'ruza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.Tayland (Ayutiya, Siam). 1.XVI–XVIII asrlarda Mo‘g‘uliston
2-Mavzu:XVI-XVIII asrlarda Mug’uliston va Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlari. Reja: 1.XVI–XVIII asrlarda Mo‘g‘uliston 2.Jo‘ng‘or xonligining tashkil topishi 3.XVI–XVIII asrlarda Janubiy-Sharqiyosiyo mamlakatlari 4.Dayvet XVII asr ikkinchi yarmi va XVIII asrda 5.Indoneziya 6.Tayland (Ayutiya, Siam). 1.XVI–XVIII asrlarda Mo‘g‘uliston Yangi davrga Mo‘g‘uliston o‘zining avvalgi qudratini yo‘qotgan,janubiy Sibirdan Buyuk Xitoy devorigacha hamda Xingan tog‘idanTyan-Shan etaklarigacha bo‘lgan katta hududda joylashgan, bir-biribilan doimiy urushayotgan hududlardan iborat tarqoqlik holatdakirib keldi. Aholining asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, ob-havoning noqulayligi va yerning unumsizligi sababli dehqonchilikrivojlanmagan edi.Davlat tepasida rasman umummo‘g‘ul xoni turardi. Xon hoki-miyatining belgisi bo‘lib 1288 yilan 1380 yilgacha Xitoydahukmronlik qilgan Yuan sulolasining muhri hisoblanardi. XVasr oxirida umummo‘g‘ul xoni Dayan-xon o‘zini «Da Yuan Da Kexan»(Buyuk Yuan imperiyasining Buyuk xoni) deb e’lon qildi va bubilan shu sulolaning vorisi ekanligini yana bir bor ta’kidladi.1543 yili Dayan-xon vafot etdi. Bu hodisa Mo‘g‘ulistonning si-yosiy tarixida o‘ziga xos burilish nuqtasi bo‘lib, shundan keyinmamlakatning tanazzulga yuz tutish jarayoni kuchaydi. Dayan-xonningkatta o‘g‘illari hukmronlik qilayotgan Mo‘g‘ulistonning janubiyqismi ajralib chiqa boshladi. Bu hududlar Xitoy bilan yaqin aloqao‘rnatgan edi.Mo‘g‘ulistonning shimoliy qismi ham ajralishga moyil bo‘lib,bu yerlar Dayan-xonning kichik o‘g‘li Gersendzega qarashli va Xalxadeb atalayotgan edi.Manchjurlar XVII asr o‘rtalarida, hali Xitoyni egallash-laridan oldin Mo‘g‘ulistonning janubi-sharqiy qismini bosibolishga harakat qildilar. Hokimiyat tepasida turgan Ligdan-xon manchjurlarga qarshi minlar bilan ittifoq tuzdi. Biroqittifoqchilar mag‘lubiyatga uchraganlaridan so‘ng, 1634 yili, man- chjurlar imperatori Abaxay Janubiy Mo‘g‘ulistonning xoni debe’lon qilindi. Xalxa mustaqilligini saqlab qoldi va bu holmanchjurlarni qanoatlantirmas edi. Xalxaliklar esa manchjur-larning hujumidan saqlanish uchun oyratlar bilan ittifoq tuzdihamda Abaxayga sovg‘a-salomlar yubordi.Shunday qilib XVII asr boshiga kelib mo‘g‘ul qabilalari joy-lashgan uchta asosiy hududni ajratish mumkin – Janubiy (Chaxar),Shimoliy (Xalxa) va G‘arbiy (Oyrat).Hali Chingizxon zomonidayoq Mo‘g‘ulistonga kirib kelganbuddaviylik yanada kengroq tarqaldi. Buddaviylikning turliyo‘nalishlaridan XVI asr o‘rtalariga kelib Mo‘g‘ulistonga Tibetdankirib kelgan lamaizm hukmron din sifatida o‘rnatildi. 1578 yiliTibetning oliy lamasi bilan Janubiy Mo‘g‘uliston hukmdorlario‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng Xitoyga qarshi o‘zigaxos tibet-mo‘g‘ul ittifoqi shakllandi. Altanxon Tibetning diniyrahbarini Dalay-lama (Donishmandlik ummoni) unvoni bilan siy-ladi.1586 yili Altanxonning chevarasi Tibetning bosh lamasi qilibsaylandi. Bu lamaizmni mo‘g‘ul boshqargan birinchi va yagona holatedi.Tez orada Xalxa hukmdori Abatay ham lamaizmga o‘tganliginie’lon qildi va Mo‘g‘ulistondagi dastlabki datsanlar (lamaizmdaibodatxona shunday ataladi) qurildi. 1642 yili Tushetu xonningo‘g‘li Undur Mo‘g‘uliston hududidagi barcha datsanlarning boshlig‘ietib tayinlandi.Lamaizm bilan birga mo‘g‘ul madaniyati va yozuvi rivojlandi.Datsanlar qoshida maktablar ochilib, ma’lumotli kishilar tay-yorlash o‘chog‘iga aylandi. Boshqa tomondan, datsanlar o‘z qatorigahar yili ko‘plab erkaklarni olardi va bu hol Mo‘g‘ulistonningiqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir etmasdan qolmadi. Download 45.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling