1. xvi–xviii asrlarda Mo‘g‘uliston Jo‘ng‘or xonligining tashkil topishi
Download 45.02 Kb.
|
2-Ma\'ruza (4)
6.Tayland (Ayutiya, Siam).
Yangi davr boshlarida hozirgi Tayland hududidagi eng yirik davlat Ayutiya bo‘lib, u 1350 yildan 1767 yil-gacha mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Yangi davrga kelib an’anaviy tay jamiyati shakllanib bo‘lgandi. Jamiyatda buddaviylik hukmron din bo‘lib, barcha urf-odat va an’analar shu diniydunyoqarashga moslashgan edi. Qirol shaxsi ilohiylashtirilgan, udiniy, dunyoviy va harbiy hokimiyat boshlig‘i hisoblanardi. Buddaviylar jamoasi – sangxa xalq bilan hukmron guruh o‘rtasidagi bog‘lovchi edi.Dehqonlar bilan amaldorlar o‘rtasidagi munosabat, birinchi navbatda, axloqiy majburiyat tamoyiliga asoslangan. Dehqonlar shaxsan ozod hisoblanib, davlat foydasiga soliq to‘lashni o‘zlarining majburiyatlari deb bilishgan.Tay zodagonlarini «nay» deb atashgan. Bunga hukmdorning oilasi, poytaxtning hurmatli kishilari kirardi. Ularning darajasi,hukmdordan farqli o‘laroq, meros bo‘lib o‘tmas edi.Buddaviy monaxlar alohida guruh bo‘lib, ular jismoniy mehnat bilan shug‘ullanmas va moddiy ta’minotda to‘liq dunyoviy hokimiyatga bog‘liq edi.XVII asr o‘rtalaridan boshlab Siam hayotida uning tashqi savdosini monopollashtirishga urinayotgan Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi tobora muhim rol o‘ynay boshladi. Bunga qandaydir darajada qarshilik ko‘rsatishni istagan Siam hukmdorlari kom-paniyadan tovarlarni o‘zlari sotib olib, keyin ichki bozorda sotaboshladilar. XVII asr 30 – 40 yillarida mamlakatdan tovarlarni gollandlarning ruxsatisiz olib chiqishga uringan Siam kemala-riga qo‘yilgan haqoratli taqiqlar tufayli Siam bilan kompaniya munosabatlari yomonlashdi. Gollandlar ruxsatsiz savdo qilishga urinayotgan Siam kemalarini mol-mulki bilan musodara qilishniboshladi. Shunga qaramasdan Siam o‘z flotini shakllantirishda da-vom etdi. Ammo kuchlar teng emasdi. 1664 yilning avgustida Siamhukumati o‘z tarixida ilk bor huquqlari kamsitilgan shartnomaniimzolashga majbur bo‘ldi. Shartnomaga ko‘ra gollandlar eksterri-toriallik1 huquqini va katta savdo imtiyozlarini oldilar. Download 45.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling