1. xvi–xviii asrlarda Mo‘g‘uliston Jo‘ng‘or xonligining tashkil topishi


Dayvet XVII asr ikkinchi yarmi va XVIII asrda


Download 45.02 Kb.
bet5/7
Sana31.01.2024
Hajmi45.02 Kb.
#1832062
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Ma\'ruza (4)

4.Dayvet XVII asr ikkinchi yarmi va XVIII asrda.


Nguyenlar bilan Chinlar o‘rtasida 1627 yili boshlangan urush 1672 yilgacha da-vom etdi va keyin qariyb yuz yil buzilmagan tinchlik o‘rnatilishibilan yakunlandi.XVII asr 60-yillari XVIII asr 20-yillari Dayvetda nisbatan barqarorlik yillari bo‘ldi. Ayni paytda mamlakat shimolida jamoa yerlarining kamayib ketganligi sababli sekin-asta iqtisodiy inqiroz kucha boshladi. XVIII asr o‘rtalaridan Dangn-goada inqirozning keskinlashuvi sababli oliy hokimiyat bo‘sh yer-lar ko‘p bo‘lgan va inqiroz keskinlashmagan janubga tayana boshladi.1774 yili tyua Nguyen Xitoyning ruxsatisiz o‘zini viong –mustaqil hukmdor deb e’lon qildi va Kambodja yerlari hisobiga o‘z hududini kengaytirishga, mahalliy aholi o‘rtasida vetlarning urf-odatlari va madaniyatini kuch bilan singdirishga urinib ko‘rdi.XVIII asrga kelib Vetnamning hozirgi chegaralarida davlat-ning shakllanishi yakunlandi. Taraqqiyot darajasi bo‘yicha VetnamJanubi – Sharqiy Osiyoning eng boy va rivojlangan mamlakatlariqatorida turardi.Ijtimoiy-iqtisodiy sohada muhim o‘zgarishlar yuz berdi, dav-lat yerlari qisqarib, jamoa – sa xususiy yer egalariga qaram bo‘libqoldi.Hunarmandchilik va savdo rivojlandi. Qizil daryosi sohillarihunarmandchilik ishlab chiqarishining asosiy hududiga aylandi.Janubda yerlarning xususiy qo‘llarda to‘planishiga qaramasdan,Mekong daryosi sohillarida hali o‘zlashtirilmagan qo‘riq yerlaranchagina edi. Shu sababli bu yerda agrar munosabatlar shimoldagiganisbatan ancha muvaffaqiyat bilan rivojlandi.XVIII asr o‘rtalaridan boshlab soliq yuki oshirildi, deh-qonlarning xonavayron bo‘lishi boshlandi, inflyatsiya darajasiva narx-navo oshib ketdi, chayqovchilik avj oldi. Tashqi savdo haminqirozga yuz tutdi.Chinlarga qarashli hududlarda ham dehqonlarga qarashli yerlar-ning katta yer egalariga o‘tib ketish jarayoni avj oldi. Natijada yertanqisligi vujudga keldi. Soliqlar va turli xil majburiyatlarsoni oshdi. Davlat dehqonchilik uchun yaroqsiz yerlardan ham ren-ta solig‘i ola boshladi. Jamoalar allaqachon o‘lib ketgan yoki ishizlab boshqa yerlarga ko‘chib ketgan jamoadoshlari uchun ham soliq to‘lardi. Natijada Chinlar yerida ocharchilik boshlanib, minglabodamlar o‘ldi, undan ham ko‘prog‘i qashshoqlikka mahkum qilindi.Shunday qiyinchiliklar natijasida dehqonlarning g‘alayonlariavj oldi. 1737 yili poytaxt yaqinida budda ruhoniysi Nguyen ZiongXing rahbarligida qo‘zg‘olon boshlandi. Bir yil keyin Txanxoa pro-vinsiyasida Le Zui Mat boshchiligida qo‘zg‘olon bo‘lib, uning ishti-rokchilari hokimiyatni amalda Le sulolasi vakillariga qaytarishuchun kurash olib bordilar. 1739 yili Namxa va Txaybin provin-siyalarida, 1740 yili Shontayda, 1741 yili esa Xayziong-Kiyenanrayonida va boshqa joylarda ham qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Hukumatqo‘shinlarining qo‘zg‘olonchilarga qarshi kurashi to 1770 yilgachadavom etdi. Chinlar ijtimoiy keskinlikni yumshatish maqsadidasoliqlar va majburiyatlarni kamaytirdi, dehqonlarning oldin-gi qarzlaridan kechdi. Shunga qaramasdan Chinlar rejimi halokatyoqasiga kelib qoldi.1771 yili Vetnam hududida uning tarixidagi eng yirikqo‘zg‘olonlardan biri – Teyshenlar qo‘zg‘oloni (1771–1801) bosh-landi. Qo‘zg‘olonning asosiy kuchlari mamlakatning tarqoqligi vamarkaziy hokimiyatning zaifligidan aziyat chekayotgan dehqonlar vashahar aholisi bo‘ldi. Qo‘zg‘olonga uchta aka-uka – Nguyen Nyak, NguyenXyue va Nguyen Li boshchilik qildilar.Teyshenlar ijtimoiy munosabatlarda tenglik o‘rnatish tarafdo-ri bo‘lib chiqdilar. Ular yerdan foydalanishni tenglashtirish, boykishilarning mulklarini musodara qilish tadbirlarini amalgaoshirdi. Biroq, yerga egalik qilishning avvalgi tizimini bartarafeta olmadilar. Dehqonlar bo‘sh yerlarga ishlov berish, yuqori soliqlarto‘lash va davlat majburiyatlarini bajarishda davom etdilar.Janubda mustahkam joylashgan teyshenlar 1783 yildan shimol-da hukmronlik qilayotgan Chinlarga qarshi kurash boshladilar. Ular-ning shiori Le sulolasining «qonuniy» hokimiyatini tiklash edi.Shuning uchun ularni faqat dehqonlar emas, amaldorlar, savdogar-lar va yer egalarining bir qismi ham qo‘lladilar. 1784 yili Siamarmiyasi Nguyenlarga yordamga keldi, biroq Nguyen Xyue qo‘shinlari tomonidan tor-mor qilindi. Nguyen Xyue shu paytdan boshlab Vetnamda milliy qahramon sanala boshlandi.1786 yili teyshenlar Fu Suan shahrini egallashdi. Rasman Li sulolasining hokimiyati tiklandi, ammo real hokimiyat teyshenlarqo‘lida qolaverdi. Xiyen Tong vafot etgandan so‘ng taxtga Le Tiyeu Txong kel-di va teyshenlarning ta’siridan qutilishga harakat qildi,ammo mag‘lubiyatga uchrab poytaxtdan qochdi va Xitoyning Sinhukmdorlariga yordam surab murojaat qildi. Shu yilning dekabri-da Sinlar armiyasi Le Tiyeu Txong hamrohligida poytaxtga kiribkeldi. Bunga javoban Fu Suanda turgan Nguyen Xyue o‘zini Vetnam imperatori Kuang Chung deb e’lon qildi va o‘ziga sodiq qo‘shinlarniTxanlong shahriga jo‘natdi. Nguyen Xyue qo‘shinlari 200 ming ki-shilik xitoyliklar qo‘shinini yengib, 1789 yil yanvarning oxiridaTxanlongga kirib keldi. Shundan so‘ng Xitoy ma’murlari uning hokimiyatini tan oldilar.Kuang Chung o‘ziga qarashli yerlarda islohot o‘tkazishni boshlabyubordi. Davlatga qarashli yerlarni muhtoj dehqonlarga bo‘lib be-rishni nazarda tutuvchi, dehqonchilikni rag‘batlantiruvchi farmone’lon qilindi. Irrigatsiya inshootlarini tiklash ishlari boshlanib, haydaladigan yerlar maydoni kengaydi. Ko‘plab soliqlar bekorqilindi, tashqi savdoga qo‘yilgan cheklovlar ham bekor qilindi vah.k.1792 yili Kuang Chung vafot etdi, uning vorislari esa mamlakatda u singari katta ta’sirga ega emasdi. Bir paytlar xalqqo‘zg‘oloniga rahbarlik qilib hokimiyatga kelganlar endi vetnam-lik zodagonlarning yangi qatlamiga aylandilar. Xalq esa kechagi haloskorlaridan tezda yuz o‘girdi.Teyshenlar tomonidan ag‘darilgan Nguyenlar sulolasining vaki-li Nguyen Fuk An fransuzlar bilan kelishib, ularning yordamigatayanib, o‘z atrofiga norozilarni yig‘adi. 1792 –1802 yillari Nguyen Fuk An teyshenlarni avval Markaziy Vetnamdan quvib chiqardi,so‘ngra butun mamlakatni birlashtirishga erishdi. U 1802 yilio‘zini Zya Long nomi bilan Vetnam imperatori deb e’lon qildi.Zya Long tomonidan Txanlong shahrida asos solingan yangi Nguyenlarsulolasi 1945 yil avgustgacha hokimiyatda turdi.Kambodja. XVI asr boshlarida Kambodja buddaviylik hukm-ron din hisoblangan monarxiya tuzumidagi davlat edi. Monarx(Kambodjada sdat deb atalgan) barcha yerlarning oliy mulkdori sa-nalgan, u va uning oila a’zolari ilohiylashtirilgan. Monarxgamurojaat qilinganda «Preax» (Muqaddas) iborasi qo‘shib aytil-gan. Mamlakatdagi hukmron guruh amaldorlar, qirol (sdat)ningqarindoshlari, buddaviy monaxlik jamoasining rahbarlari - sangxilardan tashkil topgan. Kambodja ma’muriy jihatdan pro-vinsiyalarga bo‘lingan. Shaharlar o‘zini o‘zi boshqarish tizimigaega bo‘lmasdan, qirol tomonidan tayinlangan amaldor tomonidanboshqarilgan. Hunarmandlar, amaldorlar, harbiy xizmatchilar,savdogarlar va xizmatkorlar shaharlar aholisining asosini tash-kil qiladi. Pnompen – mamlakatning poytaxti, iqtisodiy va ma-daniy markazi hisoblanardi. Qishloqlarda dehqonlar asosan sholiyetishtirish, chorvachilik va baliqchilik bilan shug‘ullanardilar.Dehqonlar shaxsan ozod bo‘lib, ishlov berish sharti bilan yerga ega-lik qilardilar.XVI asr boshlarida Kambodja Osiyo davlatlari ichida nisba-tan rivojlangan bo‘lib, kuchli armiya va flotga ega edi. Mamlakatchetga oliy navli guruch, baliq, fil suyagi, oltin eksport qilardi vachetdan matolar, shirinliklar, simob va boshqa tovarlar olib ki-rardi.XVI asr boshlaridan kxmer zodagonlarining o‘zaro kurashi nati-jasida Kambodja davlatining inqirozga yuz tutish jarayoni boshla-nadi. Oqibatda dehqon Nay Kan boshchiligida dehqonlar qo‘zg‘oloniboshlanadi. Qo‘zg‘olonchilar Pnompenni egallab, 1502 yili qirolnitaxtdan tushirib, qatl qiladilar. Biroq qirolning ukasi Ang Tyanqo‘zg‘olonchilarni yengib, rahbarlarini qatl ettiradi. Shundan so‘ngtaxtga kelgan Ang Tyan 1510 yildan Ayutiyaga (hozirgi Taylandhududidagi davlat) qarshi urush boshlaydi. Bu urush ancha uzoq da-vom etdi. Kxmerlar 1531 va 1549 yillari Ayutiya hududiga bosti-rib kirdilar, Prachin viloyatini taladilar, ammo bu yerda muqimo‘rnashib olishga erisha olmadilar. 1556 yili Ayutiya Kambodjagailgari olib qo‘yilgan Chantabun yerlarini qaytarib berishga maj-bur bo‘ldi. Shunday qilib Kambodja hududi o‘zining XIV asrdagichegaralari bo‘yicha tiklandi. Ayutiyaga qarshi yurishlar Barom Rea-teaning vorisi Satxe I davrida ham davom ettirildi.Dastlabki xristian missionerlar Kambodjada XVI asr o‘rta-larida paydo bo‘ldilar, ularga o‘z dinlarini targ‘ib qilishga rux-sat berildi. Biroq mahalliy aholining ko‘pchiligi bu dingaqiziqish bildirmaganligi sababli missionerlar tez orada qaytibketishdi.XVI asr oxirlari yana Kambodjaning yuksalish davri bo‘ldi.Mamlakatning yangi poytaxti – Lovek shahri bunyod etildi, ko‘plabmonastirlar va boshqa binolar barpo etildi. Biroq Ayutiya bilan__ davom etayotgan urush mamlakatga katta zarar keltirdi. PoytaxtLovek tay qo‘shinlari tomonidan vayron qilindi.Mamlakatdagi holatdan norozi bo‘lgan xalq qo‘zg‘olon ko‘tarib,qirolni o‘ldiradi. Biroq hukumat qo‘zg‘olonni bostirishga erish-di. Mamlakat poytaxti Udong shahriga ko‘chirilib, ma’muriyislohotlar o‘tkazildi.XVII asr boshlarida Kambodja bilan Ayutiya kuchayib bora-yotgan Dayvetga qarshi birlashishga harakat qildilar. Ammotez orada Kambodja qiroli Chey Chetta II ning rejasi o‘zgarib, uNguyenlarning qizlaridan biriga uylandi. Shu tariqa Kambodja-ning mintaqadagi mavqeini anchagina mustahkamlashga erishildi.XVII asr o‘rtalariga kelib Kambodjada islom va buddaviylikdinlari tarafdorlari o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘ldi. Gapshundaki, taxtda o‘tirgan qirol Chan islom dinini qabul qilganbo‘lib, bundan zodagonlarning katta qismi norozi edi. Natijadavetnamliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan Preax Batom Re-atea boshchiligidagi buddaviylik tarafdorlari g‘alaba qilishdi.Chan taxtdan ag‘darilib, Batom Reatea hokimiyatga keldi.XVII asr oxirlariga kelib Kambodjaning Vetnam bilan mu-nosabatlari yomonlashdi. Mamlakatning Janubiy Vetnam bilanchegaradosh yerlarida vetlarning qishloqlari paydo bo‘ldi. Ular dehqonchilik bilan shug‘ullanib, Kambodja qiroliga soliq to‘lardi.Biroq tez orada vetlar jiddiy siyosiy kuchga ham aylanib, kxmerzodagonlariga ta’sir o‘tkaza boshladi. Ularning harbiy tuzilma-lari kxmerlarning taxt talashuvlarida faol ishtirok etishar vao‘zlariga ma’qul talabgorni taxtga chiqarish uchun kurashardilar.Kambodja qirollari Vetnamning ta’siri kuchayib borayot-ganligidan xavotirga tushishar va mamlakat ichkarisida Dayvetbilan til biriktirayotgan kuchlarga qarshi kurashishga harakatqilardi. Ammo XVIII asr ikkinchi yarmidan boshlab to fransuz mus-tamlakachiligi o‘rnatilgunga qadar (Kambodja rasman 1863 yiliFransiya protektoratiga aylandi) Kambodja Vetnam va Siamningikki tomonlama syuzereniteti1 ostida bo‘ldi.Laos. Yangi davr boshlarida hozirgi Laos hududida hali 1353yili tashkil topgan, o‘ziga xos konfederatsiyadan iborat bo‘lganLang Sang davlati faoliyat ko‘rsatardi. Bu davlat yarim mustaqilhududlardan iborat bo‘lib, ularning markaziy hokimiyat bilan munosabati «syuzeren-vassal» tamoyiliga asoslangan edi. Oliy hukmdor tyausivit mahalliy hukmdorlar – tyaumnanglarning usti-dan nazorat o‘rnatgan. Tyaumnang hokimiyatga kelish paytida tyausi-vitga sodiqlik haqida qasamyod qabul qilgan.XV asr oxirlarida vetnamliklarning Miyang Puyen knyazligigabostirib kirishi va Lang Sangning poytaxtini bosib olishi na-tijasida Laos davlati kuchsizlanib qoldi. Faqat qirol Potisarat(1530 –1559) Siamga qarshi urush olib borib va Vetnam bilan tin-chlik munosabatlarini o‘rnatib, davlatni mustahkamlashga erishdi.Potisirat vafotidan so‘ng hokimiyatga kelgan Txao Sai Setxati-rat 1560 yili Ayutiya bilan ittifoqchilik shartnomasini imzo-ladi. 1563 yili mamlakat poytaxti Luang Prabang (Oltin Buddashahri) shahridan Ventyanga ko‘chirildi. Shu davrda hozirgi Birmahududida joylashgan Ava davlati bilan urush olib borildi. Urush-da laosliklar muvaffaqiyatsizlikka uchrab, XVI asr oxirlarigachabirmaliklarga qaram bo‘lib qoldi.1637 yili Sumin Vongsning hokimiyatga kelishi bilan LangSang yana kuchli davlatga aylanadi. Uning davrida bir qatorislohotlar o‘tkazilib, Lang Sang mintaqadagi boshqa davlatlar bi-lan raqobatlasha oladigan markazlashgan davlatga aylandi. SuminVongs o‘z hukmronligi yillarida Siam va Dayvet bilan do‘stonamunosabatlar o‘rnatishga erishdi.Shu davrda Laosga dastlabki yevropalik missionerlar – gol-landlarning kelishi boshlanadi. Biroq katolik iyezuitlar bo‘lganbu missionerlar hech qanday muvaffaqiyatga erishmadilar.1694 yili Suming Vongs vafot etdi. U o‘zidan voris qoldir-madi. Shu sababli zodagon guruhlarning vakillari o‘rtasida taxtuchun kurash boshlanib, Lang Sangni halokat yoqasiga olib keldi.XVIII asr boshlarida davlat bir necha qismlarga bo‘linib ketdi.Shimolda Luang Prabang, markazda Ventyan, janubda Tyampatsakva boshqalar. Bularning bir qismi Dayvetning vassaliga aylan-di.1750 yili Luang Prabang hukmdori vetnamliklarga o‘lponto‘lashdan bosh tortadi va bundan norozi bo‘lgan vetnamlikqo‘shinlarning hujumini qaytarishga muvaffaq bo‘ladi.XVIII asr o‘rtalariga kelib Laos yerlariga Birma o‘z qiziqishininamoyish qildi. Birmaliklar Ventyanning yordami bilan 1753yili Luang Prabang hududiga bostirib kirishdi. 1768 yili__ Ayutiyaning aralashuvi bilangina Luang Prabang birmaliklardanozod qilindi. 1774 yili Ayutiya bilan Luang Prabang o‘rtasidaBirmaga qarshi ittifoq tuzildi. Buning natijasida Luang Pra-bang Ayutiyaning vassaliga aylandi. Shuningdek, Ventyan ham70-yillarning oxiridan boshlab Siamga vassallikni tan olishgamajbur bo‘ldi.Myanma (Birma). XVI asr boshlarida hozirgi Myanma (Birma)hududida yagona markazlashgan davlat mavjud emasdi. Birmaningmarkaziy qismidagi Ava davlati aholisi birmaliklardan tash-kil topgan bo‘lib, aholisi birmalik bo‘lmagan xalqlardan iboratshanlar, monlar va karenlar davlatlari bilan doimiy urush olibborayotgan edi. 1507 yili Ava hukmdori yerlarining bir qisminishanlarga berishga majbur bo‘ldi. Biroq bu bilan qanoatlanmaganshanlar oradan yigirma yil o‘tgandan so‘ng Avani tor-mor qilib,uning monarxini o‘ldirdilar, aholining ancha qismi qul qilibolib ketildi, qolganlari esa tog‘li hududdagi Taunga knyazligigaqochib qutildi.Birmaning shimoliy va markaziy qismini shanlar, janubni –monlar, g‘arbni – Arakon nazorat qila boshladi. Bunday holat bir-maliklarni qanoatlantirmas edi. Shu sababli Taungu hukmdoriMinjino Shimoliy Birmada o‘z nazoratini o‘rnatish uchun kurasholib bordi. Kurash natijasida shanlar va monlarning bir qanchayerlarini egallab olishga erishdi. Ammo birmaliklarning 1548yili Ayutiyaga qarshi boshlagan urushi muvaffaqiyatsizlikka uchra-ganligi mamlakatda monlar qo‘zg‘oloniga olib keldi.Yangi davrda monlar taqdiri fojiali yakunlandi. Ularningbirmaliklar bilan kurashi navbatma-navbat ustunlik bilan olibborildi. Biroq, XVI asrda boshlangan va XVIII asrgacha davom et-gan birma-siam urushlari monlarning iqtisodini izdan chiqardi,ko‘plab monlar asir tushdilar yoki qo‘shni Siamga qochib ketdi-lar. Yangi davr oxirlariga kelib deyarli barcha mon shaharlario‘zlarining avvalgi qudratini yo‘qotdilar.Karenlar tog‘li hududlarda va past tekisliklarda yashardilarhamda asosan sholi yetishtirish bilan shug‘ullanar edilar. XVIIIasrda yagona Birma davlati tuzilgandan so‘ng ular vassal sifatidaqaraladigan bo‘ldi.Shanlar – Birmadagi kichik millatlar ichida karenlardan ke-yin ikkinchi o‘rinda turadi – mamlakatning shimoliy qismida yashaydi.



Download 45.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling