1. xvi–xviii asrlarda Mo‘g‘uliston Jo‘ng‘or xonligining tashkil topishi


Download 45.02 Kb.
bet6/7
Sana31.01.2024
Hajmi45.02 Kb.
#1832062
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Ma\'ruza (4)

5.Indoneziya.
XVI asrda Indoneziya arxipelagidagi orollaraholisi uch million kishiga yaqin bo‘lgan. Arxipelagdagi xalqlartaraqqiyotning turli bosqichida edi. Borneo, Selebes orollaridayashovchi aholi hali matriarxat elementlari mavjud bo‘lgan ibti-doiy darajada bo‘lsa, Yava, Sumatra kabi boshqa orollarda davlattuzilmalari mavjud edi.XVI asrdan Indoneziyani islomlashtirish boshlandi. Yavaorolida Madjapaxit davlati tarqalib ketgandan keyin uningo‘rnida bir nechta musulmon knyazliklari paydo bo‘ldi. Bu davrdaPortugaliya orolda asosiy rol o‘ynaydi. Portugallar 1511 yilimintaqadagi savdo aloqalarida asosiy rol o‘ynaydigan Malak-kani zabt etishdi. Bu yerda mustamlaka boshqaruvi joriy qilinib,Portugaliya mintaqadagi knyazliklar, inglizlar va ispanlarga kuch-li raqobat paydo qildi.Asta-sekin Zond bo‘g‘ozi zonasida yangi davlat birikmalaripaydo bo‘lib, 1568 yili ular Batnam sultonligiga birlashdilar.XVI asr oxirlarida bu davlatning poytaxti Batnam shahri faqatJanubi-Sharqiy Osiyoda emas, balki butun Osiyo-Afrika dunyosi-dagi eng yirik savdo markazlaridan biriga aylandi. Soliqlardan tushadigan daromadlar evaziga Batnam hukmdorlari portugaliya-liklarga bas kela oladigan kuchli armiya tashkil qildilar.XVI asrda Indoneziya hududida tashkil topgan ikkinchi yirikdavlat Ache sultonligi edi. Bu sultonlik Sumatra orolining shi-moliy qismidagi yerlarda joylashgan. Orolning janubida Joxorsultonligi joylashgan bo‘lib, uning hukmdorlari orolda gegemon-lik uchun Ache sultonlari bilan raqobatlashar edilar. Ular o‘rta-sida butun XVI asrda bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlar ikkala sultonlikniham kuchsizlantirar va bu faqat portugallar uchungina foydali edi.1602 yili Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi paydo bo‘lib,u Ezgu Umid burnidan to Magellan bo‘g‘ozigacha bo‘lgan hududda den-giz qatnovi va savdo qilishning monopol huquqini qo‘lga kiritdi.Gollandlar 1609 yili Molukk orolidan o‘z raqiblari-portugallarva ispanlarni siqib chiqardi. 1619 yili Yava orolidagi Jakartashahrini bosib olishdi va uni keyinchalik o‘zlarining Indoneziyamustamlakalaridagi bosh ma’muriy markaziga aylantirdilar.Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi Molukk, Sulavesi, Yava,Sumatra va Siam orollarida faktoriyalar qurish bilan cheklandi.1619 yili gollandlarning floti Siam va Zond bo‘g‘ozlaridainglizlar floti ustidan qator g‘alabalarni qo‘lga kiritdi, 20-yil-lari esa inglizlarni Molukkdan quvib chiqdi. Shundan so‘ng ing-lizlar butun e’tiborini Hindistonga qaratdi.XVII asr o‘rtalarida Yava orolidagi eng yirik va kuchli dav-lat Mataram sultonligi bo‘lib, u orolning markaziy va sharqiyqismini egallagan edi. Mataramning davlat boshlig‘i susuxunandeb atalib («hamma bo‘ysunadigan shaxs» degani), u o‘zining ta’si-rini orolning g‘arbiy qismida joylashgan Bantam sultonligigaham o‘tgazishga harakat qilardi.XVII asr o‘rtalarida Sumatra orolining shimolida Ache sulton-ligi, sharqida – yevropalik mustamlakachilarga qaram bo‘lib qolganTidor va Ternate sultonliklari mavjud edi. Selebes orolida Govaknyazligi joylashgandi. Bu davlat birikmalari o‘rtasidagi o‘zaroqarama-qarshilikdan gollandlar juda yaxshi foydalanishdi. Ular1667 yili Govani bo‘ysundirishdi, uning sultoni Hasaniddin gol-landlarga katta miqdorda kontributsiya to‘ladi.1652 yili Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi Mataramknyazligi bilan shartnoma tuzdi. Unga ko‘ra gollandlarning Yavaorolidagi yerlarga egalik qilish huquqi tan olindi. 1677 yili__ Mataram hukmdori (susuxunan) mamlakatda boshlangan qo‘zg‘olonnibostirish uchun gollandlardan yordam so‘raydi va evaziga Ost-Indiyakompaniyasi bilan yangi shartnoma imzolaydi. Unga ko‘ra Matarambilan savdoda gollandlarga cheklanmagan huquqlar berildi; birqator hududlar gollandlarning ixtiyoriga berilib, u yerlarda den-giz portlari qurilishiga ruxsat berildi. Ushbu shartnomadan key-in golland qo‘shinlari Mataram hududiga kiritildi.Gollandlar e’tiborini jalb qilgan keyingi davlat Bantambo‘lib, u Yava orolida shu paytgacha inglizlar ta’siri ostida turganyagona davlat edi. Bantamning o‘zida Gollandiya tarafdorlari bilanAngliya tarafdorlari o‘rtasida kurash borayotgan bo‘lib, bu kurashdaGollandiya tomoni g‘olib chiqdi va 1683 yili Bantam bilan golland-larning Ost-Indiya kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolandi.Shartnomaga ko‘ra Bantam hududida savdo qilish uchun gollandlar-ga katta imtiyozlar berildi va inglizlar Bantamni tashlab chiqib,Sumatra orolining g‘arbida o‘rnashishga majbur bo‘ldilar. 1683yili gollandlar Ternate knyazligini ham o‘zlariga bo‘ysundirdi.XVII asr oxiri – XVIII asr boshlarida butun Yava orolida gol-landlar zulmiga qarshi xalq qo‘zg‘oloni bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa Mata-ramda Surapati boshchiligidagi qo‘zg‘olon kuchli bo‘ldi. Gollandlarbu qo‘zg‘olonni faqat 1720 yilga kelib bostira olishdi.XVIII asr boshlariga kelib Indoneziyada gollandlarning mus-tamlaka tizimi umumiy jihatdan shakllanib, bu tizim Ost-Indiyakompaniyasining faoliyati tugaguncha davom etdi.Angliya bilan Gollandiya o‘rtasidagi raqobat davom etib, XVIIIasrdan gollandlar asta-sekin o‘z pozitsiyalarini yo‘qota boshladi.1749 yili Mataram knyazligi ikkita mustaqil knyazlikka – Sura-karta va Jokyakarta knyazliklariga bo‘linib ketdi. Bu mustaqilknyazliklar gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasiga tobeliknitan oldilar.1780 –1784 yillardagi to‘rtinchi anglo-ispan urushi davridainglizlar Indoneziyadagi gollandlarga qarashli orollarni zabteta boshladi. Ular Sumatraning g‘arbidagi Padang davlatini bosiboldilar. 1784 yili tinchlik sulhi imzolangandan so‘ng Nechapatamknyazligi yerlari ham inglizlarga o‘tib, ularning kemalari Indone-ziya arxipelagidan erkin suzib o‘tish huquqini oldilar. Natijadagollandlarning Ost-Indiya kompaniyasi daromadlari keskin kamay-ib, 1799 yil oxirida kompaniya faoliyatining yakunlanishiga olibkeldi.



Download 45.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling