23-modda.
O‘zbekiston Respublikasida pochta-telegraf xabarlari grajdanlarning xohishiga ko‘ra respublika davlat tili yoki rus tilida rasmiylashtiriladi.
24-modda.
O‘zbekiston Respublikasidagi shaharlar, qishloqlar, maydonlar, ko‘chalar, bekatlar, tarixiy obidalar va boshqa jo‘g‘rofiy-hududiy o‘rinlarning nomlari yagona milliy shaklda beriladi va respublika davlat tilida yoziladi.
SSSR dagi va xorijiy mamlakatlardagi barcha jo‘g‘rofiy nomlar o‘zbek milliy-tarixiy an’alariga va o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlariga asoslangan holda o‘zbek tilida raqam etiladi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha tarixiy ismlar va joylarning nomlari xalqning milliy mulki hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
25-modda.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi grajdanlar millatidan qat’i nazar, o‘z ismini (bir yoki bir necha) ota ismi va familiyasini (bir yoki bir necha) tarixiy-milliy an’analarga muvofiq shaklda yozdirish huquqiga egadirlar. Ismlar, ota ismi va familiyalarining yagona to‘g‘ri shakli maxsus ma’lumotnomalarda qayd etiladi. O‘zbekcha, ismlar, ota ismi va familiyalar boshqa tillarda berilganda, ayni chog‘da, dunyoga mashhur kishilarning ota ismi va familiyasi o‘zbek tilida berilganda ularning asl yozilish xususiyati saqlanib qoladi.
Ismlar, ota ismi va familiyalarni yozishda o‘zbek tilining ifoda va talaffuz qonuniyatlariga rioya etiladi.
26-modda.
O‘zbekiston Respublikasida yashovchi barcha millatlar milliy-madaniy jamiyatlar va markazlar tuzish huquqiga egadirlar.
Oz sonli milliy guruhlar uchun ham o‘rta umumiy ta’lim maktablarida o‘z ona tilini o‘rganishga sharoit yaratiladi.
27-modda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga va boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Mansabdor shaxslarning respublika davlat tilini yoki millatlararo muomala tilini bilmaslikni ro‘kach qilib takliflar, arizalar va shikoyatlarni olishdan yoki ko‘rib chiqishdan bosh tortishi man etiladi; grajdanlarning o‘zaro muomala, ta’lim-tarbiya va o‘qish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi xatti-harakatlar sodir bo‘lsa, SSSR va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari belgilagan tartibda javobgarlikka tortiladi.
28-modda.
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va davlat boshqaruv muassasalarining, shuningdek korxonalar, tashkilotlar va idoralarning rahbarlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi soha doirasida ushbu Qonun talablariga rioya qilinishiga shaxsan javobgardirlar.
29-modda.
Davlat tili rasmiy amal qiladigan sohalarda o‘zbek adabiy tilining mavjud ilmiy qonun-qoidalariga to‘la rioya etiladi.
30-modda.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi mazkur Qonunning turmushga tadbiq etilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti va uning Doimiy til komissiyasi zimmasiga yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Raisi M. IBROHIMOV
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Sekretari L. BEKQULBEKOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |