Tvm” fakulteti “ O’zbek tilini sohda qo’llanilishi ” fanidan


Download 61.14 Kb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi61.14 Kb.
#1211167
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
o\'zbek tili davlat tili




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
Namangan muhandislik qurulish insitituti
TVM” FAKULTETI
O’zbek tilini sohda qo’llanilishi ” fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: O’zbek tili davlat tili


Bajardi: 58-TVM(AT)-22 guruh talabasi Qutbiddinov Zohirjon Qabul qildi: Tojimatov R.G’.S


NAMANGAN – 2022




Reja :



  1. O’zbek tiliga davlat tili




  1. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun .

3. O‘zbekiston respublikasining qonuni O‘zbekiston respublikasining davlat tili to‘g‘risida.



Til insonlarning o’zaro aloqa vositasi bo’lib, yaratuvchining insonga bergan bebaho ne'matidir. Millatlarni millatlardan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir. Dunyoda har bir xalqning o’z tili uning bebaho boyligi, iftixori, najoti hisoblanadi. Hikmatli so’zlar, she'ru dostonlar, qo’shiqlar avvalo biror bir millatning ona tilida dunyoga keladi. Millat bor ekan, uning tili ham yashaydi, tili yashar ekan u millat boshqa millatlar orasida o’z nufuzi, obro’siga ega bo’ladi. Har bir xalqqa o’z tili aziz va ardoqli. Sho’rolar davrida rus tili Ittifoq tili sifatida rivojlantirildi. U jahon tillari darajasiga ko’tarildi. Ayniqsa, ko’p ming asrlik tarixga ega bo’lgan turkiy xalqlar ham o’z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo’ldagi sun'iy to’siqlarni pisand etmadilar. Mustaqillik arafasida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. O’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Davlat hujjatlari, davriy nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshlandi. Bu xalqimiz ruhini ko’tardi. Sho’rolar davrida ham o’zbek tilini tiklashga, uni Davlat tiliga aylantirishga intilish kuchli bo’lgan. Xususan, ona tiliga bag’ishlangan turli tadbirlar o’tkazishga harakat qilingan bunday tadbirlar ayniqsa, mustaqillik arafasida tez-tez o’tkazila boshlangan.1988 yil matbuotda yangi bayram — «Til bayrami» haqida ma'lumotlar paydo bo’la boshlagan. Bunday bayram Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Boltiq bo’yi va Kavkaz orti respublikalarida va mamlakatimiz poytaxtida ham o’tkazilgani haqida gazetalarda maqolalar bosilgan. Bu bayramlarning asosiy maqsadi — ona tilini e’zozlash, ona tili bilan birga boshqa tillarni ham chuqurroq o’rganishga da'vat qilish bo’lgan. O’zbekistonda ilk bor «Til bayrami» 1988 yil 3 dekabrda Toshkentning talabalar shaharchasida ToshDUning o’zbek filologiyasi, tarix fakul’teti, shuningdek, politexnika instituti va boshqa o’quv yurti talabalari tomonidan o’tkazilgan. Talabalarning «O’zbek tili bayrami» deb nomlangan bu tadbiri ko’proq miting-namoyishga o’xshab ketardi. Davraga notiqlar chiqib, ular ona tuproq, ona yurt, xalq, til haqida so’zlab, she'rlar o’qib, ularni asrashga da'vat qilishdi. Yig’ilganlar «Til — xalq boyligi», «O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilsin!», «Tilga hurmat — elga hurmat» kabi rang-barang shiorlarni ko’tarib olishgan edi. «Til bayrami»- da xonandalar xalqni, millatni, tilni ulug’lovchi qo’shiqlar kuylashdi. Yoshlarga alohida zavq-shavq baxsh etuvchi kichik kulguli sahna asarlari ijro etildi». 21-oktabrni o’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun sifatida nishonlab kelmoqdamiz. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1996-yil 10-sentabrdagi 311-qaroriga binoan «Davlat tili haqida»gi qonun qabul qilingan kundan e'tiboran har yili «O’zbek tili kuni»ni o’tkazish, uning 0.4. bandida 21 oktyabr barcha o’quv yurtlarida har yili — o’zbek tili kuni sifatida nishonlanishi ta'kidlandi. Shular asosida 21-oktabr — milliy tilimiz bayrami sifatida rasmiy tarzda nishonlanadi.Har bir yildagi bayram turli shiorlar ostida o’tkaziladi. «Ona tilim — jonu dilim», «Tilga e'tibor — elga e'tibor», «Til — millat ko’zgusi» shular jumlasidandir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasida til bayramini o’tkazish bo’yicha yaxshi tajriba to’plangan. Til bayramining mazmunli va qiziqarli o’tishi har bir o’quv yurti muallimlarining aql- zakovati, o’z kasbini qanchalik chuqur egallaganligiga bog’liq. Til bayramiga taniqli yozuvchi, shoirlar, tilshunos va adabiyotshunos olimlar taklif etiladi. Ular yoshlarga til bilish barcha muvaffaqiyatlarning garovi ekanligini, har bir inson avvalo o’z ona tilini, qolaversa boshqa tillarni sevib o’rganishlari zarurligini uqtirib o’tadi. Til bayramlarida til haqidagi hikmatli so’zlar, she’rlar, qo’shiqlar yangraydi. Shu kuni radio va televideniye orqali til bayramiga doir qiziqarli chiqishlar uyushtiriladi. Til bayrami insonni ona tiliga va o’z xalqiga bo’lgan mehr-muhabbatini jo’sh urdiruvchi betakror bayramdir. Til bayrami shuningdek xalqlar o’rtasida o’zaro totuvlik va do’stlik rishtalarini mustahkamlovchi muhim omildir.«Uchquduq ko’p millatli shahar, — deb yozadi «Xalq so’zi» gazetasi muxbiri A. Pirmatov, — bu yerda muomala madaniyatida davlat tili ustuvorligi yaqqol ko’zga tashlanadi. Yaqinda shahar madaniyat saroyida «O’zbek tilini o’rganish orqali o’quvchilarga konstitutsiyaviy bilim berish» mavzusida o’tkazilgan tadbir ham buni yana bir bor isbotladi. Tadbirda o’ttizdan ziyod millat va elat farzandlari huquqiy qomusimizni qanchalik bilishlarini o’zbek tilida ifodalashdi. Jonli tildagi savol- javoblar, o’tkir zehnlilar bellashuvi, huquqshunoslar va til mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi. Bu tadbir shaharda til bayramiga aylanib ketdi. Davlat tili o’z nomi bilan davlatning ramziy belgisiga aylanishiga hamma guvoh bo’ldi» («Xalq so’zi», 2001-yil, 25 oktabr).Toshkent Davlat yuridik institutida «Davlat tili to’g’risida»gi qonunning 12 yilligiga bag’ishlangan «Yuksak huquqiy madaniyat — komillik belgisi» mavzuida tadbir bo’lib o’tdi. Unda ona tilimizning huquqiy bilimlarni ifodalashdagi imkoniyatlari naqadar kengligi, go’zal va boyligi haqida so’z boradi. O’zbekiston xalq yozuvchisi O’tkir Hoshimov, adabiyotshunos A. Rasulov, shoir va tarjimon Yo’ldosh Parda bo’lg’usi huquqshunoslarga tilimizni puxta o’rganish fazilatlari haqida so’zlab berdilar. Xullas, til bayramining imkoniyatlari bitmas-tuganmasdir.
Ma’lumot: O’zbek xalq bayramlari. "Sharq”. T.2002.
Bugun «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinganiga 26 yil to‘ldi. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida Prezident Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida davlat tiliga huquqiy maqom berish masalasi kun tartibiga qo‘yildi va 1989 yil 21 oktabr kuni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi alohida qonuni qabul qilindi.
Har yili 21 oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi. Bu yil ham turli jamoat muassasalarida, maktablarda, kutubxonalarda, klinikalarda tegishlicha tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Qonunga asosan eng muhim qadriyatlardan biri hisoblangan til qonun darajasida huquqiy asosga ega bo‘ldi. Bu qonun bilan o‘zbek millatining ma'naviyatini, ruhiyatini, qadrini ko‘rsatadigan muhim omil, ya'ni tilning maqomi huquqiy mustahkamlandi. Mazkur huquqiy asos orqali yangi shakllanayotgan davlatning, hukumatning, uning yangi rahbarining elga, yurtga nisbatan e'tibori, ehtiromi namoyon etildi.
Til har bir millatning ulkan boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Har bir xalq, har bir elat, o‘zi hurmat va ehtirom qiladigan tilga ega. Tilda ana shu tilning ijodkori bo‘lgan xalq, elatning tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda, til ijtimoiy taraqqiyotda ulug‘vor ahamiyat kasb etadi. Til – har bir millat o‘zligining ajralmas belgisidir.
O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasi aholisining mutlaq ko‘pchiligi bo‘lmish o‘zbek xalqining ona tilidir. U O‘zbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi. O‘zbek xalqining, uning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilining har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va to‘liq ro‘yobga chiqarish muhim vazifadir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘zbek adabiy tilini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning natijasida o‘zbek tili davlat tili, davlat ramzi, milliy madaniyat va ma'naviyatni ifodalovchi hamda ularni kelajak avlodga yetkazuvchi muhim muloqot vositasi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi nufuzi oshib, faol muloqot vositasiga aylanib bormoqda. Turli darajadagi rasmiy uchrashuvlar, muzokaralarda tilimiz keng qo‘llanilayotgani, xorijdagi ko‘plab universitetlar, ilmiy muassasalarda o‘zbek tili markazlari tashkil etilib, ularda ona tilimizni o‘rganishga qiziquvchilar safi tobora ortib bormoqda.
O‘zbekistonda nafaqat o‘zbek tili, balki boshqa millat va elatlarning tillari, urf-odatlari hurmat qilinishi milliy qonunchiligimizda aks etgan. Uning amaliy isbotini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasidagi quyidagi norma misolida ko‘rish mumkin: «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasida qayd etilishicha, davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda o‘zbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi. Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta'minlaydi, shu jumladan, unga hamma e'tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta'minlaydi. Bu orqali davlat o‘zbek tilini asrash, boyitish va rivojlantirishda mas'ullikni o‘z zimmasiga olgan. Shu asosda yurtimizda o‘zbek tilining boyitish va takomillashtirishga doir ko‘plab ilmiy izlanishlar, loyihalar olib borilmoqda, turli sohalarga oid lug‘atlar, ilmiy risolalar muntazam nashr etilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha nashriyot matbaa-ijodiy uylari tomonidan ona tilimizning jozibasini bor bo‘y-basti bilan namoyon etishga doir nashrlar chop etilib, kitobxonlar e'tiboriga havola etilayotganini alohida qayd etish lozim.Shuningdek, yuqoridagi Qonunning 8-moddasida O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining boshqa hujjatlari davlat tilida qabul qilinishi va e'lon qilinishi belgilangan. Mazkur norma «Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida»gi Qonun 26-moddasining to‘rtinchi qismida yanada aniqlashtirilgan. Unga asosan, «qonun loyihasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar qonunchilik tashabbusi huquqi sub'yektlari tomonidan Qonunchilik palatasiga davlat tilida kiritiladi». Ushbu normalarning ijrosi amalda ta'minlanayotganini hozirgi kunda Qonunchilik palatasiga kirtitilayotgan qonun loyihalari misolida yoki Oliy Majlisda qabul qilinayotgan qonunlar o‘zbek tilida qizg‘in muhokama etilayotganligida ko‘rish mumkin. Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Sotsializmni, millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, xalqlarning milliy va baynalmilal o‘zligini anglashning o‘sishi milliy tillarni har tomonlama rivojlantirishni taqozo etadi.
Ushbu Qonun o‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasining butun xududida (maydonida) davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Qoraqalpog‘iston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi o‘z zaminida tilga oid barcha masalalarni hal qilish huquqiga egadir.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi barcha grajdanlar, qaysi til ularning ona tili ekanligidan qat’i nazar, tengdirlar.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublikada yashovchi boshqa millat va elatlarning o‘z ona tillarini qo‘llashdan iborat konstitutsion huquqlariga monelik qilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi grajdanlarning respublika davlat tilini, SSSR xalqlari tillarini hamda chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu Qonun norasmiy muomalada, harbiy qismlarda va diniy marosimlarda qo‘llanadigan tillarga tatbiq etilmaydi.

Download 61.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling