Tvm” fakulteti “ O’zbek tilini sohda qo’llanilishi ” fanidan
Download 61.14 Kb.
|
o\'zbek tili davlat tili
14-modda.
O‘zbekiston Respublikasining hunar-texnika bilim yurtlarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida, ular qaysi mahkama ixtiyorida bo‘lishidan qat’i nazar, respublika davlat tilida, shuningdek, rus tilida, sharoitlar mavjud bo‘lgan joylarda boshqa tillarda ham mutaxassislar tayyorlash ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida, shuningdek, millatlararo muomala tili va respublikada qo‘llanilayotgan boshqa tillarda ham mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’minlanadi. 15-modda. O‘zbekiston Respublikasi darslar o‘zbek tilida o‘tilmaydigan umumiy ta’lim maktablarida, hunar-texnika bilim yurtlarining hamda o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarining darslar o‘zbek tilida o‘tilmaydigan bo‘lim va gruppalarida o‘zbek tilini o‘quv planining asosiy fanlaridan biri sifatida o‘rganishni ta’minlaydi, bu fandan bitiruv imtihoni topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi darslar rus tilida o‘tilmaydigan umumiy ta’lim maktablarida, hunar-texnika bilim yurtlarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida rus tilini o‘quv planining asosiy fanlaridan biri sifatida o‘rganishni ta’minlaydi. Bu fandan bitiruv imtihoni topshiriladi. 16-modda. Arab alifbosiga asoslangan qadimiy o‘zbek yozuvini o‘zbek umumiy maktablarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarining darslar o‘zbek tilida olib boriladigan bo‘limlarida o‘quv plani fanlaridan biri sifatida o‘qitish ta’minlanadi. O‘zbekiston Respublikasida bu yozuvni o‘rganishni istaydiganlarga har tomonlama imkoniyat yaratiladi. Buning uchun tegishli ilmiy-pedagogik kadrlar va darslik hamda metodik o‘quv qo‘llanmalari tayyorlanadi, qadimiy o‘zbek yozuvida adabiy-tarixiy yodgorliklar, kitoblar, gazeta va jurnallar nashr etiladi. 17-modda. O‘zbekiston Respublikasi respublika davlat tilida, shuningdek, millatlararo muomala tilida darsliklar, o‘quv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar nashr etilishini ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasida boshqa respublikalar bilan muayyan shartnomalar tuzgan yoki kelishgan holda rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa tillarda o‘qitiladigan maktablar darsliklar, o‘quv-metodik, badiiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ta’minlanadi. Shuningdek, qardosh respublikalarda yashayotgan o‘zbeklarni o‘zbek tilidagi o‘quv-metodik, badiiy va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi respublikadan tashqarida ham o‘zbek tilini asrash va rivojlantirishga, maorif va madaniyatni tariqqiy ettirishga yordam beradi. Download 61.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling